Karvonsaroy
Xavfsizlik

Afgʻonistonda uzoq kutilgan tinchlik muzokaralari uchun yoʻl ochadigan otashkesim eʼlon qilindi

Karvonsaroy

2018-yil 17-iyun kuni olingan surat: Afgʻoniston milliy armiyasining (AMA) Humvee zirhli mashinasi ustida turgan Tolibon jangarilari va mahalliy aholi hayitning uchinchi kuni otashkesimni bayram qilmoqda, Qandahor viloyati, Mayvand tumani. [JAVID TANVIR/AFP]

2018-yil 17-iyun kuni olingan surat: Afgʻoniston milliy armiyasining (AMA) Humvee zirhli mashinasi ustida turgan Tolibon jangarilari va mahalliy aholi hayitning uchinchi kuni otashkesimni bayram qilmoqda, Qandahor viloyati, Mayvand tumani. [JAVID TANVIR/AFP]

KOBUL – Seshanba (28-iyul) kuni Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “Tolibon bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar” bir hafta ichida – Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilinadigan otashkesim arafasida boshlanishini maʼlum qildi.

“Biz Tolibonni muzokaralar stoliga oʻtirib, zudlik bilan shoshilinch va keng qamrovli sulh bitimi tuzishga chaqiramiz”, dedi Gʻani.

Shu kunning oʻzida dari tilida bayonot bergan Tolibon oʻz jangarilariga juma (31-iyul) kuni boshlanadigan Qurbon hayiti vaqtida uch kunlik otashkesimga rioya qilishni buyurgan.

“Barcha mujohidlar (Tolibon jangarilari) Iyd al-Adhoning uch kechayu kunduzi davomida dushmanga qarshi hech qanday amaliyot olib bormaslikka buyurildilar”, deb bayonot bergan Tolibon vakili Zabiulloh Mujohid.

2018-yil iyundagi Ramazon hayiti otashkesimi vaqtida boʻlgani kabi, Tolibon jangarilarining fuqarolar va xavfsizlik kuchlari orasida bayramni birga nishonlash holatlari takrorlanmasligi uchun Tolibonlar oʻz aʼzolariga afgʻon hukumati nazoratidagi hududlarga kirishni taqiqlagan, oʻz navbatida rasmiylar ham xuddi shunday taqiqni joriy qilganlar.

Otashkesimdan keyin odatiy hayotda yashab koʻrgan koʻpchilik tolibon jangarilari jang maydoniga qaytishdan bosh tortganlar.

Afgʻoniston 19 yildan beri urush holatida.

Uzoqni koʻzlovchi oqibatlar

Afgʻoniston hukumati va Tolibonlar bilan ehtimoliy tinchlik kelishuvi nafaqat mintaqa, balki undan tashqarida ham uzoqqa boruvchi oqibatlarga ega boʻlishi mumkin.

Afgʻonistondagi tinchlik Markaziy Osiyo uchun anchadan beri mavjud boʻlgan xavfsizlik muammosini bir qadar yengillatishi mumin. Ayni damda himoyalanmagan afgʻon chegarasi jangarilarga Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikistonga nisbatan oson kirib chiqishga imkon berishi mumkin.

Kreml Rossiyaning mintaqadagi harbiy hozirligini kuchaytirish maqsadida Afgʻonistondagi beqarorlikdan Markaziy Osiyoda jangarilar xavfini boʻrttirish uchun foydalanib kelgan.

Markaziy Osiyoning qator davlatlari davlatlari, xususan Oʻzbekiston va prezident Shavkat Mirziyoyev Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlikni kuchaytirish saʼy-harakatlari doirasida Markaziy Osiyo davlatlari ham yillar davomida Afgʻoniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirib kelgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kremlning Afgʻoniston chegarasida beqarorligidan foydalanishi haqidagi fikrlar safsata. 90-yillardagi Moskva chegara pistirmasidagi qahramonlikni eslay olmaysizmi; nimaga bu haqida yozmaysiz? [Moskva chegara pistirmasi 47 kishidan iborat chegarachi otryadining nomi boʻlib, ular 1993-yilda Tojikiston-Afgʻoniston chegarsidagi afgʻon va tojiklar bilan jang qilishgan].

Javob berish