Karvonsaroy
Inson huquqlari

Ishini yoʻqotgan Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiyani tark etib, boshqa davlatlarga yoʻl olmoqda

Kanat Altinbayev

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Rossiyada ishlash va yashash ruxsatnomasini yangilashga shoshayotgan niqobdagi migrantlar, Sankt-Peterburgdagi migratsiya markazi. [Olga Maltseva/AFP]

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Rossiyada ishlash va yashash ruxsatnomasini yangilashga shoshayotgan niqobdagi migrantlar, Sankt-Peterburgdagi migratsiya markazi. [Olga Maltseva/AFP]

OLMAOTA – Rossiyadagi koʻpchilik Markaziy Osiyolik mehnat migrantlarining sabr kosalari toʻlgan.

Bunga ularning koronavirus karantini tufayli oʻz ishidan ayrilgani sabab boʻlgan, mamlakatda yashash sharoitlari yomonlashar ekan, koʻpchilik boshqa yurtlardan ish izlay boshlagan, deydi kuzatuvchilar.

Rossiyadagi Markaziy Osiyolik migrantlarning 40 foizi karantin vaqtida ishdan boʻshatilgan, deya xabar beradi Moscow Times nashri Rossiya prezidenti huzuridagi Milliy iqtisodiyot va davlat boshqaruvi akademiyasi (RANEPA) tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga asoslanib.

Ish joyini yoʻqotgan rossiyalik fuqarolar esa 23 foizni tashkil etgan.

Olmaotadagi xiyobonda ishlayotgan oʻzbekistonlik migrantlar, 23-may. [Kanat Altinbayev]

Olmaotadagi xiyobonda ishlayotgan oʻzbekistonlik migrantlar, 23-may. [Kanat Altinbayev]

Pandemiya vaqtida Rossiyadagi koʻplab mehnat migrantlari bamisoli qamalda qolib, oʻz mamlakatlariga qaytib keta olmadilar. Suratda: Moskvaning Vnukovo aeroportidagi Markaziy Osiyolik migrantlar, 24-mart. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Pandemiya vaqtida Rossiyadagi koʻplab mehnat migrantlari bamisoli qamalda qolib, oʻz mamlakatlariga qaytib keta olmadilar. Suratda: Moskvaning Vnukovo aeroportidagi Markaziy Osiyolik migrantlar, 24-mart. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Rossiyada mart oyi oxiridan maygacha davom etgan karantin davomida oʻz hisobidan taʼtilga chiqarilgan Markaziy Osiyoliklar 75 foizni tashkil etgan boʻlsa, Rossiya fuqarolari orasida bu koʻrsatkich 48 foizga teng boʻlgan.

Shu bilan birga, soʻrovnoma migrantlarning oʻz ishini yoʻqotganiga qaramay, mahalliy aholiga qaraganda koronavirus xataridan yaxshiroq xabardor boʻlganini va kasallik tarqalishining oldini olish siyosatiga koʻproq xayrixoh ekanini koʻrsatgan.

“Natijalar migrantlar virusni rossiyaliklarga nisbatan uncha jiddiy qabul qilmagan, degan gap-soʻzlarni puchga chiqardi”, deb xabar bergan Moscow Times nashri RANEPA tadqiqotchisi Yevgeniy Varsheverdan iqtibos keltirib.

Rossiya iqtisodiyotiga berilgan zarba

Ishsiz qolgan mehnat migrantlari chegaralar ochilishi bilan oʻz vatanlariga qayta boshlaganlar.

Rossiyada koʻplab migrantlar ishlagan qishloq xoʻjaligi, quruvchilik, uy-joy kommunal xoʻjaligi kabi sohalar ishchilarning ketishidan eng koʻp jabr koʻrdi, deb xabar bergan Eurasianet nashri iyul oyida.

Rossiya fermerlari aprel oyida qishloq xoʻjaligi vazirligiga mavsumiy ishchilar yetishmayotganidan shikoyat qilishgan. Ular xorijlik fuqarolar fermerlik sohasida ishlashi uchun hukumatdan maxsus kirish qoidalarini ishlab chiqishni soʻraganlar.

Ammo, bunday qonun-qoidalar ishlab chiqilganicha yoʻq.

Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hisobotiga koʻra, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi band boʻlgan ishchilarning sezilarli ulushi, yaʼni 20 foizi Markaziy Osiyolik – Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolaridan iborat boʻlgan.

“Ularning oʻrnini bosish qiyin – mahalliy aholi bunday past maosh va ijtimoiy kafolatlarsiz ishlashni istamaydi”, deyiladi hisobotda.

“Bu toifadagi ishchilarning kamayishi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi uchun jiddiy xatarlarni keltirib chiqaradi, chunki mamlakat ichida ularning oʻrniga boshqa odamlarni ishga olish imkonsiz”, deyiladi Qurilish vazirligining 31-mart kungi maktubida.

Rossiyadagi migrantlar uchun shundoq ham ogʻir boʻlgan ishlash va yashash sharoitlari bu yil yanada yomonlashdi, deydi Qirgʻizistonning Toʻqmoq shahridan Moskvaga ishlash uchun kelgan Ulan Oʻmorov.

“Ish yoʻq. Hatto rossiyaliklar orasida ham ishsizlar juda koʻpayib ketdi”, dedi u bandlik markazlari har kuni ish izlovchilar bilan gavjum ekanini aytar ekan.

“Qirgʻiziston va Qozogʻistonlik koʻpchilik tanishlarim hozirgi vaziyatdan hafsalasi pir boʻlgan va ortiq bu yerda qolishni istamayapti”, dedi Omorov.

Koronavirus boshlanguniga qadar ham, mehnat migrantlari tobora koʻproq Qozogʻistonga koʻchayotgan edilar, sababi u yerdagi maʼmurlar mehnat uchun yanada koʻproq imkoniyatlar yaratib, mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqda va “qardoshlik” muhitni yaratmoqda.

“Jirkanch shart-sharoitlar”

Mehnat migrantlari pandemiya sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlariga bekor qilingan reyslar uchun chipta sotgan va ularning pulini qaytarishdan bosh tortgan mahalliy aviakompaniyalar bilan kurashishga majbur boʻldilar.

Migrantlar, shuningdek huquq-tartibot idoralarining taʼqibiga ham uchraganlar.

Parijda yashovchi “Bi-bi-si” muxbiri Temur Varki oʻzining Facebook sahifasida Rossiyaning maxsus hibsxonalarida himoyasiz va oʻz holiga tashlab qoʻyilgan yuzlab tojik fuqarolari “oʻta ogʻir sharoitlarda, huquqlarsiz va umidsizlikda” ushlab turilgani haqida yozgan.

Moskvada karantin vaqtida migrantlar yotoqxonalarga qamab qoʻyildi, deydi “Utro Mira” jamoatchilik tashkiloti rahbari Valentina Chupik.

“Birgina migrant kasallik yuqtirganlikda gumon qilinsa ham, butun yotoqxona oʻrab olinar va odamlar tashqariga chiqarilmas edi”, dedi u.

“Ishidan ayrilgan migrantlar ovqatga ham pul topa olmay qolishgan, yotoqxona egalari esa ulardan ijara pulini talab qilar edi”, deb qoʻshimcha qildi Chupik.

Rossiyada Markaziy Osiyoliklar huquqlarining poymol etilishi oddiy holga aylanib borayotgani tufayli may oyida “Migrantlar maktabi” oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, u yerda migrantlar politsiya bilan qanday muomala qilish, noqonuniy hujjat tekshirishlarga qarshi kurash, firibgarlar tuzogʻiga ilinmaslik, ish haqini talab qilishni oʻrganishi va yordam soʻrab murojaat qilishlari mumkin, deb qayd etdi Chupik.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya shunchalik yomon ekan, nega bu erga yopirilib kelyapsizlar? Oʻz mamlakatingiz farovonligi uchun ishlang. Ha, biz “alkashlarmiz”, ichamiz... Sizga ham ish beramiz, va qisqacha aytganda, hayotdan zavqlanib yashaymiz. Bepoyon vatanimiz haqida gapirib, boshingizni balo orttirmang... Aks holda, “Ayiq” yana bir qancha hududlarni egallashi mumkin... Zulm haqida yolgʻon soʻzlamang, buyuk vatanimiz Rossiyada 96 millat vakillari yashaydi, sizga umuman muhtoj emasmiz.

Javob berish

Irqchi Rossiyada har qadamda migrantlar xoʻrlanadi, ammo migrantlarsiz axlatga botib ketishlarini unutmasinlar, axir ruslar aroqxoʻr va narkomanlar, oʻtaketgan dangasa odamlar-ku.

Javob berish

Shuning uchun ham Rossiyaning qulashi adolatli jazo boʻladi. Vatniklarning davlat qurishga haqqi yoʻq.

Javob berish

Rossiyaning tarixiy yerlari – bu Oltin Halqa hududidir. Qolgan hamma yerlar, turk, fin-ugor, Kavkaz, Sibir va Uzoq Sharq xalqlaridan tortib olingan.

Javob berish

Yevropalikka oʻxshamaganlar Rossiyada har kuni tahqirlanadi https://www.youtube.com/watch?v=Ab5Hgzc37gw

Javob berish

Rossiya qashshoqlashib boryapti, u yerda qiladigan ish ham qolmadi

Javob berish

Oʻz yurtdoshlaringizni ruslarga qullikka sotib turganingizda sizdan shikoyatlar eshitish gʻalati.

Javob berish

Qullik – sizning qismatingiz, slave – inglizchada qul degani, shunday ekan, slavyan qabilalari – qullar qabilalari demakdir. Koʻrnamaklik, tajovuz, soʻkish, pichoqbozlik – boringiz shu, janob qullar. Boʻlmagan gaplarni yozmang, migrantlaringizni qullikka sotdingiz deb. Hech kim hech kimni sotmagan, janob qullar.

Javob berish

Ruslar slavyan emas. Ular yarim moʻgʻul, yarim fin-ugor (erzya, mordva, xanti, mansi, komi, karel, muroma, mokshan va boshqalar)

Javob berish