Karvonsaroy
Salomatlik

Qirgʻizistonda COVID-19 holatlarining koʻpaygani va Rossiyaning moliyaviy bosimi qishning ogʻir kelishidan darak bermoqda

Munara Borombayeva

COVID-19ga chalinganlikda gumon qilingan bemorni Bishkekdagi shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib kelgan tibbiyot xodimlari, 20-avgust. [Fayl]

COVID-19ga chalinganlikda gumon qilingan bemorni Bishkekdagi shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib kelgan tibbiyot xodimlari, 20-avgust. [Fayl]

BISHKEK – Koronavirus holatlarining koʻpayib borayotgani va Rossiyaning vaʼda qilingan yordamni berishdan bosh tortayotgani manzarasida Qirgʻiziston uchun bu yil qish mavsumi ogʻir kelishi mumkin.

Payshanba (5-noyabr) kuni Qirgʻizistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 61309 taga yetgan.

Chorshanba (4-noyabr) kuni COVID-19 va kasalxonadan tashqari pnevmoniyaga chalinish bilan bogʻliq kamida 495 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi 24.kg nashri Respublika favqulodda choralar markaziga asoslanib.

Oʻtgan oy prezident Sooronbay Jeyenbekovning isteʼfoga chiqishiga sabab boʻlgan siyosiy inqiroz chogʻidagi ommaviy yigʻilishlardan soʻng vaziyat yanada ogʻirlashishi mumkin.

Pnevmoniyaga chalingan bemor uchun tomchidori hozirlayotgan hamshira Ajar Jantayeva, 14-avgust, Bishkek. [Fayl]

Pnevmoniyaga chalingan bemor uchun tomchidori hozirlayotgan hamshira Ajar Jantayeva, 14-avgust, Bishkek. [Fayl]

“Shu paytga qadar oʻtkazilgan saylovlar, namoyishlar va bayramlar hisobga olinsa... viloyatlar aholisi yozda dala va yaylovlarda ishlagani uchun endi ular orasida kasallanish holatlari koʻpayadi”, deydi Bishkekdagi “Sheriklik tarmogʻi” nodavlat tashkiloti rahbari, tibbiy ekspert Aybar Sultangaziyev.

“Buning ustiga, namoyishlar vaqtida ular shaharga kelishgan va uylariga qaytgach, boshqalarga ham kasal yuqtirishlari mumkin”, dedi u.

Sultangaziyev hukumatda COVID-19 bemorlarini davolash uchun dori-darmonga yetarlicha mablagʻ borligiga shubha bildirgan, chunki majburiy tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tugab boʻlgan.

Jamgʻarma shu paytga qadar sotib olingan COVID-19 dorilari uchun kasalxonalarga 300 million soʻm (3,5 million dollar) berishi kerak, dedi u.

Biroq, jamgʻarmaga bu mablagʻni faqat parlament ajratishi mumkin. Mamlakatdagi siyosiy inqiroz tufayli uning faoliyati toʻxtab qolgan.

“Yana 170 million soʻm (2 million dollar) qizil hududlarda ishlayotgan shifokorlarga kompensatsiya uchun sarflanishi kerak edi, ammo inqilob yuz berib, hamma ishlar toʻxtab qoldi”, dedi u.

Qishda vaziyat yomonlashishi mumkin, chunki odamlar yopiq joylarda yanada koʻproq toʻplanadi, deydi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Nurbolot Usenbayev 4-noyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Usenbayevning soʻzlariga koʻra, hukumat Bishkekdagi sogʻliqni saqlash muassasalarida koronavirus bilan kasallanganlar uchun 8168 ta joy hozirlagan boʻlib, ayni paytda bu yotoqlarning 2317 tasi band.

Mavsumiy respiratorli infeksiyalarning oldini olish lozim, gripp esa pandemiya vaqtida vaziyatni yanada ogʻirlashtirishi mumkin, deb taʼkidladi u.

Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻsh yotoqlar haqida toʻliq maʼlumot bermayapti, deydi dalillarga asoslangan tibbiyot boʻyicha mustaqil tahlilchi Bermet Barktabasova.

“Koronavirus bemorlari uchun moʻljallangan ikki shifoxona toʻlib boʻlgan, odamlar qayerga borishni bilmayapti”, dedi u.

Moskva yordam berishni istamayapti

Moskva Qirgʻizistondagi siyosiy va iqtisodiy inqirozdan foydalanib, bir qator strategik sohalarda oʻz nazoratini kengaytirishga urinmoqda, deydi kuzatuvchilar.

14-oktabr kuni “RBK” axborot agentligi Rossiya hukumatidagi manbalariga tayanib, Qirgʻizistondagi “siyosiy vaziyat barqarorlashmagunicha” Moskva Bishkekka moliyaviy koʻmak bermasligini maʼlum qildi.

2019-yilda Rossiya Qirgʻizistonga 30 million dollar (2,5 mlrd qirgʻiz soʻmi) ajratdi, 2012-yildan buyon esa umumiy qiymati 250 million dollardan (20,4 mlrd qirgʻiz soʻmi) ziyod grantlar taqdim etilgan, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Rossiya 2020-yil avgust oyida Qirgʻizistonga 100 million dollar (8,2 milliard qirgʻiz soʻmi) qarz berishga qaror qilgan Yevrosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamgʻarmasining (EBTJ) asosiy aksiyadori hisoblanadi.

YBTJ krediti toʻxtatilganmi-yoʻqmi, hali aniq emas, ammo fond nizom kapitalining 88 foizi Moskva nazoratida.

Siyosiy mavzularni sharhlaydigan bishkeklik jurnalist va jamoatchilik faoli Musurkul Qobilbekovning soʻzlariga koʻra, 28-sentabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida oʻtgan uchrashuvda Jeyenbekov Qirgʻizistondagi parlament saylovlari arafasida Putindan yordam soʻragan.

“Sizga maʼlumki, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotiga qarshi boʻlgan turli kuchlar, ayniqsa parlament saylovlari arafasida faollashdi”, deb aytgan Putin bilan uchrashgan Jeyenbekov Kreml saytida eʼlon qilingan bayonotga koʻra.

“Ular hatto Qirgʻiziston suverenitetiga tajovuz qilishga hamda bizning ittifoqimiz va strategik sherikligimizga putur yetkazishga urinmoqdalar”, deya oʻz soʻzini davom ettirgan Qirgʻizistonning sobiq prezidenti. “Albatta, biz bunga yoʻl qoʻymaymiz, ular niyatiga yetolmaydi, zero Rossiyaning qoʻllab-quvvatlovi biz uchun muhim... va buning uchun sizga minnatdorchilik bildiraman.”

“Jeyenbekov Putinning oldida oʻzini yerga urdi, ammo Putin unga yordam bermadi”, deydi Qobilbekov.

Qobilbekovga koʻra, Moskvaning qoʻshimcha moliyaviy koʻmak berishdan bosh tortishi Bishkekka bosim oʻtkazishning ishonchli mexanizmi boʻlib, bu bilan Kreml Qirgʻizistondagi taʼsirini kuchaytirib, iqtisodiyotning soliq va bojxona kabi strategik sohalari ustidan nazoratini kengaytirishi mumkin.

Qirgʻizistonning yangi rahbariyati Kreml vaʼda qilgan moliyaviy yordamdan umidvor ekan, xalqaro hamjamiyat pandemiya bilan kurashga koʻmaklashishdan toʻxtagani yoʻq.

Oktyabr oyi oxiri holatiga koʻra, Qirgʻiziston COVID-19ga qarshi choralar uchun xalqaro tashkilotlardan 343 million dollardan (28,7 milliard qirgʻiz soʻmi) ziyod moliyaviy koʻmak olgan, deyiladi 4-noyabr kuni AKIpress tomonidan eʼlon qilingan hukumat hisobotida.

Bu yil COVID-19ga qarshi kurash choralari uchun olinadigan xorijiy yordamning umumiy miqdori 431 million dollardan (36,1 milliard qirgʻiz soʻmi) oshishi kutilmoqda, deb xabar beradi AKIpress.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻzingizni moʻgʻullarning qaysi ajdodlari deb oʻylaysiz? Tarixga bir qarangchi nechanchi yildan boshlab birinchi marta qirgʻiz deb atalishni boshlagansiz. Ishlashni boshlash oʻrniga har yili yangi “rahbar” saylaysizlar.

Javob berish

Ey, qoramoʻndilar, qarzlar qaytarilishi kerak

Javob berish

Borib choʻchqangning ustini yop, boshmoqkalla qarol

Javob berish

Biz qirgʻizlar moʻgʻullarning avlodi ekanimizni unutdingizmi? Ular 300 yil bizning qoʻlimiz ostida edilar, keyin bizni aroq ichishga oʻrgatdilar va pul bilan bizni sotib oldilar. Bas, yetar! Uygʻoning! Chor Rossiyasi doim shunday boʻlgan va shundayligicha qoladi.

Javob berish

Rossiya – dushman

Javob berish