Karvonsaroy
Xavfsizlik

Kuzatuvchilar: Togʻli Qorabogʻ nizosidan soʻng Rossiya qurollarining obroʻsi tushdi

Kanat Altinbayev

Stepanakert shahri yaqinidagi chegara nazorat punktida “Suratga olinmasin!” deb baqirayotgan Rossiya tinchlikparvar askari, 2020-yil, 13-noyabr. (Aleksandr NEMENOV/AFP)

Stepanakert shahri yaqinidagi chegara nazorat punktida “Suratga olinmasin!” deb baqirayotgan Rossiya tinchlikparvar askari, 2020-yil, 13-noyabr. (Aleksandr NEMENOV/AFP)

OLMAOTA – Shu yil kuzda olti hafta davomida Ozarbayjonning Togʻli Qorabogʻ hududi va Armanistonga qarshi olib borgan urushi Turkiya va Rossiya qurollari uchun sinov maydoniga aylanar ekan, Rossiya kurashni boy berdi, deydi tahlilchilar.

Deyarli toʻliq etnik armanlar yashovchi va qoʻshni Armaniston qoʻllovidagi Togʻli Qorabogʻ Rossiyaning havo mudofaasi tizimlariga tayandi, Ozarbayjon esa Turkiya va Isroilda ishlab chiqarilgan dronlardan foydalandi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi va boshqa ommaviy axborot vositalari xabar berganidek, yil boshida Suriya va Liviyada Rossiya harbiy texnikasidan foydalanib, turklarning dronlaridan talafot koʻrgan boshqa mijozlar kabi bu urushda ham Togʻli Qorabogʻ va Armaniston magʻlub boʻlgan.

Yil davomida Rossiya harbiy texnikasi bir nechta jabhada tor-mor boʻlar ekan, Kremlning oʻtmishdagi “misli koʻrilmagan” va “yengilmas” qurollari bilan maqtanishi har qachongidan ham puch boʻlib koʻringan.

2017-yil oxirida Rossiya Tojikistonga ZU-23 zenit qurollarini yetkazib bergan. 1960-yilda ishlab chiqarilgan bu harbiy texnika zamonaviy samolyotlarga qarshi ishonchli himoya boʻla olmaydi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

2017-yil oxirida Rossiya Tojikistonga ZU-23 zenit qurollarini yetkazib bergan. 1960-yilda ishlab chiqarilgan bu harbiy texnika zamonaviy samolyotlarga qarshi ishonchli himoya boʻla olmaydi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy transport vositasi, Olmaota yaqinidagi Qaskelen darasi, iyul. (Kanat Altinbayev)

Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy transport vositasi, Olmaota yaqinidagi Qaskelen darasi, iyul. (Kanat Altinbayev)

Armaniston va Togʻli Qorabogʻ qurolli kuchlari asosan Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy texnika va qurollar, jumladan S-300 zenit-raketa majmualari bilan jihozlangan. Bu tizim Rossiya ommaviy axborot vositalarida havo hujumiga qarshi samarali vosita sifatida qayd etilgan.

Armaniston Moskva yetakchiligidagi Yevroosiyoni qamrab olgan harbiy blok – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) aʼzosidir. Bu ittifoq Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonni ham oʻz ichiga oladi.

Armaniston KXSHTga aʼzoligi va uzoq vaqtdan beri Kremlga qaramligi tufayli oʻzining zarariga Rossiya qurollaridan foydalanishga majbur boʻldi.

“Dron qiruvchilari” muvaffaqiyatsizlikka uchradi

1994-yilda tugagan Togʻli Qorabogʻdagi birinchi urushdan keyin Ozarbayjon oʻz neft mablagʻlarini harbiy sohada Armanistondan oʻzish uchun sarfladi. Ozarbayjon Turkiyadan faol ravishda qurol sotib oldi, bu yilgi toʻqnashuvlarda qoʻllangan “Bayraktar” dronlari shular jumlasidandir.

Bu dronlar Rossiyaning S-300 tizimidan ustunligini yaqqol namoyish qildi. Endilikda u Kreml daʼvo qilgan texnologik moʻjizaga oʻxshamay qolgan.

27-sentabr kuni boshlangan toʻqnashuvning dastlabki uch kunida Ozarbayjon qurolli kulari Armaniston yoki Togʻli Qorabogʻning 130 ta tanki yoxud boshqa zirhli texnikasi, 25 ta havo mudofaasi tizimi va boshqa harbiy uskunalarni yoʻq qilgan. Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi rasman bayonot bergan.

Ikki hafta oʻtib, Baku Armaniston foydalanayotgan S-300 zenit tizimining yoʻq qilinishi aks etgan videolavhani tarqatdi. 9-noyabr kuni esa Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilgan yana bir zarbada Rossiya harbiy texnikasining durdonasi boʻlmish Tor-M2KM zenit-raketa tizimi yoʻq qilindi.

Ozarbayjon foydalangan turk dronlari muntazam ravishda Rossiya havo mudofaasi tizimlarini hamda ularga bogʻliq boʻlgan Armaniston va Togʻli Qorabogʻ askarlarini portlatgan.

“Videodan koʻrinib turibdiki, Tor-M2KM majmuasi masofa yaqin ekaniga qaramay, oʻzi yoʻq qilishga moslashgan nishonlarni (dronlarni) payqamagan”, deb aytgan tahlilchilardan biri harbiy mavzularni yorituvchi Avia.pro axborot agentligiga.

“Bu holat qanday va nima sababdan yuz bergani nomaʼlum, ammo bu dunyodagi eng zamonaviy zenit-raketa majmualaridan biri boʻlib, aynan dronlarga qarshi kurash uchun yaratilgan.”

Rossiyaning zamonaviy havo mudofaasini muhokama qilgan tahlilchilar S-300ning keyingi avlodi boʻlgan S-400 zenit-raketa tizimining zaifliklarini qayd etganlar.

“Turkiya S-300ga qarshi kurasha olishini koʻrsatib qoʻydi. S-400 majmuasi S-300 asosida ishlab chiqilgani inobatga olinsa, Triumf (S-400) ham aynan shunday zaifliklarga ega ekanligi haqida xulosa qilish mumkin va bu fakt Rossiyaning mudofaa salohiyatiga jiddiy putur yetkazadi”, deydi Avia.pro tahlilchisi.

Moskva qurollaridan shubhalanish

Rossiya harbiy texnikasining kamchiliklari kuzatuvchilarda Moskvaning Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib berayotgan qurollari qiymatiga nisbatan shubha uygʻotmoqda.

Voqea joyida boʻlgan askarlardan birining aytishicha, Qirgʻiziston harbiy kuchlari oʻzaro otishmalarga sabab boʻlgan Tojikiston bilan chegara nizosida eskirgan sovet harbiy texnikasidan foydalangan (ularning ayrimlari 1690-1970-yillarda ishlab chiqarilgan).

“Rossiya bizga oʻzi hech qachon ishlatmaydigan texnikani yuboryapti”, deb aytgan anonim qolishni istagan harbiy xizmatchi. “Ularni jangda qoʻllash emas, balki utilizatsiya qilish kerak.”

Farovonroq qoʻshni Qozogʻiston esa oʻz mudofaa texnikasini zamonga mos ravishda yangilashga intiladi, ammo Rossiya Qozogʻiston hukumatidagi mansabdorlar yordamida oʻz manfaatlarini ilgari surmoqda.

Natija esa oʻsha-oʻsha: Markaziy Osiyo davlatlari eskirgan texnika bilan qolmoqda.

Qozogʻiston hukumati Rossiyaning eskirgan 30 ta BTR-80 zirhli transport vositalarini sotib olishga taʼsir qilgan armiya mutasaddilarini tergov qilmoqda, deb yozgan edi yanvar oyida Olmaotaning “Karavan” gazetasi harbiy muxbiri Vladimir Severniy.

Uning aytishicha, bu model “sovet muhandislari tomonidan 1950-yillarda ishlab chiqarilgan”.

“Rossiyaning quruqlikdagi qoʻshinlari sobiq qoʻmondoni, general-polkovnik Aleksandr Postnikovning oʻzi ham ochiqdan-ochiq bu modelning (BTR-80) “zamonaviy gibrid urushlar uchun yaroqsiz ekanligini” aytgan boʻlsa, nima uchun Qozogʻiston oʻz qurolli kuchlari uchun oʻtgan asr texnikasini gʻamlashi kerak?”, deb yozgan Severniy.

Kremlning Markaziy Osiyo davlatlariga oʻtqazayotgan eski qurollari favqulodda vaziyatlar uchun yaroqsiz, deydi Kiyevdagi Armiya, konversiya va qurolsizlanish boʻyicha tadqiqotlar markazining Osiyo-Tinch okeani hududi boʻyicha rahbari Yuriy Poyta.

“Bunday qurollar kuchsiz davlatlarga yoki noqonuniy qurollangan guruhlarga qarshi chegaralangan, oʻrtacha intensivlikdagi janglarda ozmi-koʻpmi samara berishi mumkin”, deydi u.

Hozirgi kunda esa “razvedka, boshqarish va nishonga olishda zamonaviy uskunalar, uchuvchisiz robotlashtirilgan transport vositalari va aniq nishonga oluvchi qurollar” zarur, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Muammo nima, nega eski nusxalarni sotib olasizlar? Siz ularni sotib olmayapsiz – ularni sizga Rossiya sovgʻa qilyapti. S-300 oʻz xususiyatlariga koʻra dronlarga qarshi kurashish uchun moʻljallanmagan; moddiy qismdan xabardor boʻlish kerak. Bu chumchuqlarga qarshi zambarakdan oʻt ochishga oʻxshaydi. Qorabogʻda “Pansir”lar ishlatilmadi. Qanday urishishni ham bilish kerak; balalayka va laptilar bilan ham dunyo yerlarining oltidan bir qismiga egalik qilyapmiz. 44 kun ichida 5000 kishining halok qilishdi...

Javob berish

:))))))))) Ha-ha

Javob berish

Rossiya butun dunyoda tengi yoʻq metallolomlarini qanday sotarkin endi :))

Javob berish

Turkiya NATO qurollari bilan Pantsirlarning sovutlariga zarba berib tashladi. Boʻlmagʻur S-300larning rasvosi chiqdi. Rossiya qurollari chirigan metall qoldiqlari ekanligini hamma koʻrib boʻldi. (Ruslar) balalayka va laptilar bilan jang qilgani yaxshiroq))

Javob berish

Ajoyib gap boʻldi.

Javob berish