Karvonsaroy
Inson huquqlari

Qozogʻistondagi ocharchilik haqidagi film Oskarga daʼvogarlik qiladi

Kanat Altinbayev

1930-yillarda Qozogʻistondagi ocharchilik haqida hikoya qiluvchi “Dasht yigʻisi” filmidagi bu sahnada Qozogʻiston-Xitoy chegarasidagi Suyksoy qishlogʻi yaqinida yelkasida bolalarini koʻtarib, Qizil armiyadan qochayotgan ayol rolini ijro etgan aktrisa Sayajan Qulimbetova. Tabiiy sahnalar 2018-yilda suratga olingan. [Kanat Altinbayev]

1930-yillarda Qozogʻistondagi ocharchilik haqida hikoya qiluvchi “Dasht yigʻisi” filmidagi bu sahnada Qozogʻiston-Xitoy chegarasidagi Suyksoy qishlogʻi yaqinida yelkasida bolalarini koʻtarib, Qizil armiyadan qochayotgan ayol rolini ijro etgan aktrisa Sayajan Qulimbetova. Tabiiy sahnalar 2018-yilda suratga olingan. [Kanat Altinbayev]

OLMAOTA – Qozogʻistonda 1930-yillarda Stalin davriga oid ocharchilik dahshatlarini aks ettirgan film bu yil Oskar uchun daʼvogarlik qilmoqda.

Olmaotadagi “MG Productions” kompaniyasi suratga olgan “Dasht yigʻisi” filmi “xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasida Gollivudda har yili oʻtkaziladigan “Oskar” kinomukofotiga daʼvogarlik qiladigan boʻldi. Bu film dekabr oyi boshida “Oskar” uchun ilgari surilgan.

“Dasht yigʻisi” filmida 1930-yillarda Sovet Ittifoqi tarafidan qishloq xoʻjaligini majburiy kollektivlashtirish chogʻida oʻsha paytdagi Qozogʻiston SSR duch kelgan fojia tasvirlangan. Bu siyosat natijasida boy-badavlat qozoqlarning chorva mollari tortib olingan, ocharchilik yuzaga kelgan va aholining katta qismini oʻlgan.

Ogʻir hikoya

Filmni suratga olish uchun bir necha yil kerak boʻldi. Asosiy sahnalar 2018-yilda Qozogʻiston-Xitoy chegarasidagi Jungar-Olatov togʻ tizmasida suratga olingan. Bu yerlar tizza barobar qor yogʻishi va bahor oylarida ham qahraton qish hukmronlik qilishi bilan ajralib turadi.

Qozogʻiston-Xitoy chegarasidagi Suyksoy qishlogʻi yaqinida “Dasht yigʻisi” filmini suratga olish jarayoni. [Kanat Altinbayev]

Qozogʻiston-Xitoy chegarasidagi Suyksoy qishlogʻi yaqinida “Dasht yigʻisi” filmini suratga olish jarayoni. [Kanat Altinbayev]

“MG Productions” suratga olish jamoasi aʼzolari Qozogʻiston-Xitoy chegarasidagi Suyksoy qishlogʻi yaqinidagi togʻli hududlarda “Dasht yigʻisi” filmini suratga olish jarayonida aktyorlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatmoqda, 2018-yil, fevral.

“MG Productions” suratga olish jamoasi aʼzolari Qozogʻiston-Xitoy chegarasidagi Suyksoy qishlogʻi yaqinidagi togʻli hududlarda “Dasht yigʻisi” filmini suratga olish jarayonida aktyorlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatmoqda, 2018-yil, fevral.

Sovet hokimiyatidan qochgan qozoqlar aynan shu yerdan Xitoyga oʻtishlari kerak edi.

Turmush oʻrtogʻi Qizil Armiya tarafidan hibsga olingach, qizi va oʻgʻli bilan yolgʻiz qolgan Nuriya ismli qahramon rolini aktrisa Sayajan Kulimbetova ijro etgan.

U bolalari bilan xavfsiz boshpana izlab yoʻlga chiqadi. Safari davomida unga boʻrilar hujum qiladi va Nuriya hayotidagi eng mushkul tanlovni amalga oshiradi: qizini boʻrilarga tashlab, oʻgʻlini qutqaradi va qozoqlar uchun muhim boʻlgan naslni davom ettirish vazifasini ado etadi. Ona va oʻgʻil omon qolishadi.

Nuriya singari ocharchilik bilan toʻqnash kelgan boshqa qozoqlar ham qochishga majbur edilar. Kommunistlar ularning asosiy oziq-ovqat manbai boʻlgan chorva mollari – tuya, qoʻy va otlarini tortib olgan.

Koʻp boylar oʻz suruvlarini olis va xavfsiz joyga olib ketishga uringanlar.

Oʻsha vaqtlarda kommunistik rejim rahbari boʻlgan sovet diktatori Iosif Stalin ularni xalq dushmanlari deb atab, sudsiz va tergovsiz otuvga hukm qilgan.

Moskvadagi kommunistlar turli urugʻlardan tashkil topgan qozoq koʻchmanchi jamoalarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olishmagan, deydi Qozogʻiston Milliy universiteti tarixchisi Anuar Galiyev.

Qozoqlarning urf-odati boʻyicha qarindoshlar bir-biriga yordam berishi kerak edi.

“Boylar asosan jamiyatning ish beruvchilari va boquvchilari boʻlishgan. Qarindoshlari ularning mollarini boqqan, xoʻjaliklarida yordam bergan, bu mehnatlari uchun ularga oziq-ovqat bilan haq toʻlangan. Rossiya kommunistlari qozoq boylarining mol-mulkini musodara qilganlarida ular Rossiyadagi kabi “ekspluatatorlar” deb qaralgan. Oqibatda, nafaqat boylar, balki butun aholi jabr koʻrgan”, deb aytgan Galiyev.

Millionlab qozoqlar halok boʻlgan

Qozogʻistondagi ocharchilik qurbonlariga oid taxminlar turlicha. Rossiya rejimi oʻzidan avvalgi Sovet hokimiyatidan oʻrnak olib, vahshiylikni yoritmaslikka harakat qiladi va koʻp savollarga javob berishi mumkin boʻlgan statistik maʼlumotlarni ochiqlamaydi.

1930-yillarda qozoq milliy lideri Alixan Bukeyxan taqdim etgan yana bir taxminga koʻra, oʻlganlar soni 4 milliondan ortiq, deb yozgan Informburo.kz sayti 2014-yilda. Bukeyxanning oʻzi Moskvada 1937-yillardagi Stalin qatagʻonlarida qatl qilingan.

Qozogʻiston hukumatining raqamlari ancha past boʻlsa-da, voqealarning dahshatini aks ettiradi.

“Stalinning jinoiy kollektivlashtirish siyosati natijasida bir yarim million qozoq ochlikdan oʻlgan. Yana 1,3 millioni esa qatagʻonlar va mahrumlikdan qochib, Sovet ittifoqidan chiqib ketishga majbur boʻlgan”, degan edi 2015-yilning aprel oyida oʻsha vaqtdagi prezident Nursulton Nazarboyev.

“Dunyodagi hech bir mamlakat va xalq qozoq xalqichalik demografik vaziyatda bu kabi oʻzgarish yoki qirilib ketish xavfiga toʻqnash kelmagan”, deb qoʻshimcha qilgan Nazarboyev oʻshanda Qozogʻiston xalq maslahat kengashiga murojaatida.

Sovet respublikalari orasida ocharchilik sababli Qozogʻiston eng koʻp aholisini yoʻqotgan (22.4%), undan keyin Ukraina (13.3%), Rossiya (3.2%) va Belarus (1.3%) turadi, deb aytgan 2017-yilda ukrainalik tadqiqotchi Nataliya Levchuk Ukrainaning UNIAN yangiliklar agentligiga koʻra.

Hatto, bugun qozoq tarixchilari va demograflari ocharchilik qurbonlari yoki fojiagacha qozoq millati aholisining soni borasida yakdil fikrga kela olmaganlar.

Fojiani oʻrganish

Film ijodkorlari voqealarni qurbonlarning haqiqiy taqdirlari va hikoyalari orqali tasvirlashga harakat qildilar.

Prodyuserlik kompaniyasining tadqiqotchilari fojianing asl tabiatini hech qanday bezaklarsiz yetkazib berish uchun adabiyotlar, arxiv materiallarini oʻrganish, suhbatlar oʻtkazish bilan juda koʻp mehnat qildilar, deydi film rejissyori Marina Kunarova.

Ayniqsa, film ochlik tufayli aqldan ozganlarning odamxoʻrlik bilan haddan oshishi kabi dahshatli sahnalarni ham oʻz ichiga oladi.

“Bu har kim ham tirik chiqavermaydigan inson fojiasi haqidagi hikoyadir”, deydi Kunarova. “Shuningdek, film har qanday vaziyatda, hatto eng chidab boʻlmas holatlarda ham odam oʻz insoniyligini yoʻqotmasligi kerakligi haqida soʻzlaydi.”

Film umumbashariy insoniy qadriyatlar, vatanparvarlik va qozoq millatining bardoshi kabi mavzularni tilga oladi, qoliplardan tashqariga chiqqan hikoya qozoq va gʻarb tomoshabinlarga xush keladi, deydi Kunarova.

“Unutmasligimiz kerak”

Film prodyuseri Yernar Malikov uchun filmni moliyalashtirish alohida muammoga aylangan.

Filmni tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirish muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan soʻng, Malikov koʻpchilik xarajatlarini kraudfanding yordamida oʻzi qoplagan.

Hozirda oʻz iqtisodiy holatini oʻnglagan Qozogʻiston hukumati Malikovning filmi xalqaro festivalda ishtirok etishi uchun har qanday xarajatlarni toʻlashga vaʼda bergan, dedi u.

“Sovet hukumati davrida ushbu qaltis mavzu koʻp yillar taqiqda edi. Shu sababli ham qozoq yoshlari tarixning bu bosqichi haqida maʼlumotga ega emaslar, ammo biz oʻtmish saboqlarini unutmasligimiz kerak”, dedi Malikov.

Kreml bir necha yillardan beri 1930-yillardagi fojiani tarixiy masʼuliyat oldidagi qoʻrquv sababli oqlashga urinib keladi.

Masalan, 2019-yilda Qozogʻistondagi ocharchilik haqidagi hujjatli filmga javoban, Rossiya tashqi ishlar vazirligi ocharchilikka qurgʻoqchilik va qahatchilik kabi “tabiiy sabablar” taʼsir koʻrsatgani haqida bayonot bergan edi.

“Rossiyaga birodar Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy faktlarni “milliy oʻyinlar” yordamida buzib koʻrsatish harakatlariga aldanmasliklariga ishonamiz”, deb qoʻshimcha qilgan Tashqi ishlar vazirligi.

Hujjatli film muallifi, olmaotalik jurnalist Janbolat Mamayga koʻra, Kremlning ocharchilik borasidagi daʼvolari “ochiq yolgʻondan” boshqa narsa emas.

“Qozogʻistonda saqlab kelinayotgan materiallar qozoq zaminida sodir etilgan genotsidni tasdiqlaydi”, dedi Mamay. “Biroq, Kreml muhim arxiv hujjatlarini maxfiylashtirgan.”

Kreml qoʻlidagi bu hujjatlar oshkor boʻlsa, Moskva “Sovet hukumatining eng ulkan jinoyatlarini tan olishga” majbur boʻladi, dedi u.

Oʻtgan oy, Rossiyalik siyosatchilar va jurnalistlar modomiki Qozogʻiston oʻz hududining bir qismi “Rossiyaning sovgʻasi” boʻlganini tan olmas ekan, ehtimol Kreml ularni qaytarib olishi kerakdir, degan fikrni bildirishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya bilan solishtirgada xitoylar musichadek beozor; ular irqiy besabrlik sabab haqiqiy qatliom qilishgan.

Javob berish

Iosif Djugashvili - barcha zamonlarning eng yovuz odami.

Javob berish

Qani endi Kreml hujjatlarida chiqqan haqiqatni bila olsak. Golodomor vaqtida oʻlgan va yoʻq boʻlib ketganlarning xotirasi abadiy boʻlsin!

Javob berish

Rossiya yaqinda bir oʻzi qoladi

Javob berish

SSSR davlati rahbarlari ming yillardan buyon qardosh yashab kelgan Markaziy Osiyo xalqlari boshlarga bitmas tuganmas azob uqubatlarni solganlar

Javob berish

Qozoqlar qatliomini yashirish uchun yaratilgan ocharchilik boʻlgan

Javob berish