NUR-SULTON – Rossiyalik siyosatchilar Qozogʻistonni rusiyzabon aholiga nisbatan zulmda ayblashda davom etar ekan, Kremning sobiq postsovet mamlakatlarga nisbatan tajovuzkor pozitsiyasidan xavotirdagi qozoqlarning noroziligini keltirib chiqarmoqda.
9-noyabr kuni tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning “Rossiyskaya gazeta” davlat nashrida chop etilgan “Rossiya va Qozogʻiston: chegarasiz hamkorlik” nomli maqolasi qozoqlarning gʻazabini yanada kuchaytirgan.
Sarlavhadan anglashilganidek, ikki davlat oʻrtasidagi “doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro anglashuv”ga alohida eʼtibor qaratgan maqola qoʻshma yutuqlarga urgʻu beruvchi diplomatik rasmiyatchiliklar bilan toʻlib toshgan.
Biroq, maqola soʻngida Lavrov anchadan beri Qozogʻistonning gʻashiga tegayotgan Rossiyaning noroziligi ifoda etilgan – uning rusiyzabon fuqarolarga nisbatan zugʻumi.
“Afsuski, biz yaqinda Qozogʻistonning rusiyzabon fuqarolariga nisbatan ksenofobiya bilan bogʻliq bir qancha shov-shuvli holatlarning guvohi boʻldik”, deb yozadi Lavrov.
U nomaʼlum tashqi kuchlarni qoralar ekan, ularni ksenofobiyani qoʻllab-quvvatlayotganlikda ayblagan.
“Ushbu alohida hodisalar asosan... tashqi tashviqot usullarining mahsuli boʻlib, ular mahalliy millatchilikni yoyish va Rossiya bilan hamkorlikni obroʻsizlantirishga qaratilgan.”
Lavrov “xavotirli holatlar” yuzaga kelgan taqdirda qozogʻistonlik millatchilarga qarshi “tezkor choralar” koʻrish bilan tahdid qilgan.
“Biz bu ishga TIV, huquq-tartibot va adliya idoralari, prezident maʼmuriyatlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa kanallarini jalb qilamiz”, deb yozadi u.
Qozogʻiston konstitutsiyasiga koʻra, “rus tili rasmiy til maqomida boʻlib, qozoq tili bilan bir qatorda qoʻllaniladi”, dedi u.
Rossiya “Qozogʻistonning rus tilini biladigan pedagog va mutaxassislarni tayyorlaydigan maktablari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va universitetlariga har taraflama yordam koʻrsatishda davom etadi”, dedi u.
Ogohlik qoʻngʻirogʻi
Nur-Sulton bunga rasman javob bermagan boʻlsa-da, siyosatshunoslar, jurnalistlar va oddiy qozogʻistonliklar Moskvaning ushbu hujumiga jiddiy eʼtiroz bildirganlar.
Olmaotadagi “Delovaya nedelya” (Biznes haftaligi) gazetasi muxbiri Jildiz Aliyeva Lavrovning maqolasini “xavotirli signal” deb atagan.
“Oʻtmishda Qozogʻistonga qarshi tajovuzkor ritorika asosan hissiyotga beriluvchan deputatlar va kremlparast ommaviy axborot vositalaridan chiqqan boʻlsa, bu safar biz Rossiyaning xalqaro munosabatlar boʻyicha ikkinchi raqamli shaxsi – tashqi ishlar vazirining tanqidini koʻrib turibmiz. Buni Rossiyaning rasmiy pozitsiyasi deyish ham mumkin”, dedi u.
Aliyeva Lavrovning may oyida Qozogʻistonning “Xabar” telekanaliga bergan intervyusidan iqtibos keltirib, rossiyalik siyosatchilarning Qozogʻiston shimoli tarixan Rossiyaga tegishli ekanligi haqidagi provokatsion iddaolarini eslatdi. Oʻshanda u bunday ritorikadan uzoqroq turishga uringan edi.
Bu voqealar shunchaki siyosatchilarning jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga urinishi edi, dedi Lavrov intervyuda.
“Ammo Rossiyaning Qozogʻistonga nisbatan siyosatini belgilovchi odamlar tomonidan bu kabi bayonotlar berilmaydi”, degan edi u oʻshanda.
Ammo Lavrovning soʻnggi iddaolari Moskva Qozogʻistonning milliy oʻzlikni anglash jarayoniga ochiqdan-ochiq toʻsqinlik qilayotganidan dalolat beradi, deydi Aliyeva.
“Agar rus tilini yaxshi bilmaydigan va ularga oʻz ona tilida xizmat koʻrsatilishini istagan qozoq fuqarolari boʻlsa, ularning aybi nima va qanday qilib bu ksenofobiya boʻlishi mumkin?”, dedi u.
Qozogʻiston Lavrovning maqolasiga “tizimli va konstruktiv munosabat bildirishi lozim”, deydi Nur-Sultonlik siyosiy tahlilchi, investitsiyalar va rivojlanish vaziri oʻrinbosarining sobiq maslahatchisi Gaziz Abishev.
“Milliy media makonini tizimli, bilimga asoslangan holda himoya qilish milliy elita va davlat apparati oldidagi eng muhim vazifadir”, deb yozadi u 9-noyabr kuni Telegramdagi kanalida.
“Usiz mamlakat eski, yirtiq bayroqdek shamolda osilib turishga mahkum”.
Qozogʻistonda ksenofobiya yoʻq, dedi Abishev Karvonsaroyga.
Toʻgʻrirogʻi, bu sunʼiy “muammo”, dedi u Moskva Qozogʻistonga oʻz qarashlarini oʻtkazayotganini qoʻshimcha qilib.
“Rossiyada, ayniqsa, migrantlarga nisbatan shovinizm va irqchilik mavjud”, dedi u. “Bu tizimli muammo, ammo rasmiylar bunga koʻz yummoqdalar.”
Abishevga oʻxshagan qozogʻistonliklar nazarida, Rossiya rasmiylari Qozogʻistondagi alohida hodisalar bilan Rossiyadagi Markaziy Osiyolik migrantlarga nisbatan avj olgan zoʻravonlik va diskriminatsiya oʻrtasida axloqiy muvozanat oʻrnatishga harakat qilmoqda.
Hurmatsizlik
Kremlning ayblovlari qozoqlar Rossiya ularning davlat tilini mensimasligidan charchagan bir paytda yangramoqda.
Qozogʻistondagi bankomatlardan birining internetda tarqalib ketgan suratlari tufayli Rossiyaga qarashli “Sberbank” davlat tiliga hurmatsizligi uchun tanqidlar ostida qoldi.
Jumladan, avgust oyida qozoq tili faollaridan biri Kuat Ahmedov Qozogʻiston shaharlaridagi jamoat joylarida suratga olingan turkum videolavhalar chiqarib, ularda mijozlarga qozoq tilida xizmat koʻrsatilmayotganiga eʼtibor qaratgan edi.
Shundan soʻng Rossiyalik siyosatchilar Qozogʻiston hukumatidan “ushbu jaydari millatchilarning sharmandali qilmishlariga baho berishini” talab qilgan, Kreml nazorati ostidagi OAV esa qozogʻistonlik faollarni haqoratlagan.
OAV xabariga koʻra, Qozogʻistondan chiqib ketishga majbur boʻlgan Ahmedov hozirda Kiyevda yashamoqda.
Rossiya hukumatining oʻzi etnik nafrat deb atagan xatti-harakatlar haqida ogohlantirib kelgan.
Rossiya tashqi ishlari vakili Mariya Zaxarova 3-noyabr kuni Rossiyaning Lenta.ru veb-saytiga bergan intervyusida “Moskva Qozogʻistondagi etnik toqatsizliklarni diqqat bilan kuzatib borayotganini” aytib oʻtgan.
“Til patrullari Qozogʻiston hukumati tomonidan jazolanmasdan qolmaydi”, deb aytgan Zaxarova qozoq tilida gapirmaydigan yoki yozmaydigan tashkilotlar, hukumat idoralari va ularning xodimlari aybini agressiv tarzda kuzatib boruvchi Ahmedov kabi qozogʻistonliklarni nazarda tutib.
Agar Lavrov bunday bemaʼni gaplarni gapira boshlagan boʻlsa, bundan ham kattaroq muammolarni kutavering. Ukrainaga kamlik qilgandek... Suvli stakan ichida boʻron boʻlishini istashmoqda
Javob berishFikrlar 9
Lavrov masxaraboz Jirikka oʻxshagan shovinist! Kreml va uning siyosati xulosalar chiqarmayapti, eski xatolarni takrorlamoqda. Gruziya, keyin Ukraina bilan shunday boʻldi, endi esa Moldova bilan. Keyinroq, ular buni Qirgʻiziston va Oʻzbekiston bilan ham takrorlamoqchi. Rossiya tushunishi kerak; zamon oʻzgardi, fikrlash va dunyo oʻzgardi. Shovinizm va oʻta radikalistik siyosat Kremlga qimmatga tushadi.
Javob berishFikrlar 9
Rossiya bizni oʻzlashtirilgan hudud deb biladi, chunki bizning amaldorlar ularning changalida; Ruslar ularning hamma sirlarini bilishadi. Oddiy odamlar norozi, lekin bari befoyda, chunki hukumat pinagini buzmaydi. [Qolganlari qozoq tilida]
Javob berishFikrlar 9
Ha
Javob berishFikrlar 9
Lavrov oʻzining Rossiyasida shovinizmni jilovlasin; Biz bu yerda qaysi tildan foydalanishni oʻzimiz hal qilamiz.
Javob berishFikrlar 9
Mening fikrim bunday: mening onam ukrainalik, dadam qozoq; men har qanday davlatda natsizmga qarshiman.
Javob berishFikrlar 9
Bizni esa Rossiyadagi ksenofobiya xavotirga solmoqda.
Javob berishFikrlar 9
Rossiyadagi musulmon va turkiy xalqlarga yordam berish kerakki, toki ularga hech kim barmogʻini ham tekkizmasin. Rossiyadagi ksenofobiya va natsizm keragidan ortiq darajada.
Javob berishFikrlar 9
Maslahatlaring bilan daf boʻl, Lavrov
Javob berishFikrlar 9