Karvonsaroy
Xavfsizlik

Suriya markazidagi Rossiya manzilgohi faollashmoqda

Volid Abul Xayr

Suriyaning sharqiy choʻlida (Badiya) qurollarini silkiyotgan “Vagner” guruhining yollanma askarlari. [Fayl]

Suriyaning sharqiy choʻlida (Badiya) qurollarini silkiyotgan “Vagner” guruhining yollanma askarlari. [Fayl]

Suriyadagi Palmira shahrining qachonlardan boʻm-boʻsh boʻlgan koʻchalarida tezlik bilan kengayib borayotgan rossiyaliklar manzilgohi paydo boʻlgan. Suriyalik faollarga koʻra, u yer Vagner guruhi va uning boʻlinmalariga mansub yollanma askarlar tomonidan nazorat qilinadi.

“Iroq va Shom islom davlati” (ISHID) tufayli koʻchishga majbur boʻlgan zamonaviy Palmiraning 50 ming kishilik aholisining aksariga tegishli joylarni yakunda Suriya rejimiga qarashli jangarilar, shu jumladan Vagner guruhi aʼzolari egallagan.

Qarovsiz va vayronaga aylangan Palmira oʻziga xos “arvoh shaharga” aylangan boʻlsa-da, hozirda bu yer taʼsir kuchi va daromadga ega boʻlish ilinjidagi rossiyalik yollanma askarlar, fosfat qazib oluvchilar va neft-gaz konlarining ishchilariga toʻlib ketgan.

“Vagner unsurlar bu hududda yangi harakatlarni amalga oshirmoqda”, deydi OAV faoli Ammor Solih Al-Mashariq nashri bilan suhbatda. “Bu amaliyotlar Palmira harbiy aeroporti va shaharning ayrim qismlarida kuzatilgan”.

Suriyaning Palmira shahriga qaragan tepalikni qoʻriqlayotgan Vagner guruhining rossiyalik yollanma askari. [Fayl]

Suriyaning Palmira shahriga qaragan tepalikni qoʻriqlayotgan Vagner guruhining rossiyalik yollanma askari. [Fayl]

Rossiya harbiy politsiyasining bosh qarorgohiga aylantirilgan Palmira mehmonxonasi. [Fayl]

Rossiya harbiy politsiyasining bosh qarorgohiga aylantirilgan Palmira mehmonxonasi. [Fayl]

Palmiraning arxeologik hududidagi Vagner guruhining rossiyalik yollanma askarlaridan biri. [Fayl]

Palmiraning arxeologik hududidagi Vagner guruhining rossiyalik yollanma askarlaridan biri. [Fayl]

Mahalliy aholi va faollar bu hududda samolyotlar va zirhli texnika bilan birga, kamida 100 nafar yangi yollanma jangarilarni koʻrishgan.

Aeroportga qoʻnib, hududda qolgan Rossiya harbiy samolyotlari orasida Suxoy Su-24 qiruvchi samolyotlari, Ka-226 va Mi-35M vertolyotlari bor, dedi Solih.

Mahalliy aholi Palmira shahri va aeroportida gʻayrioddiy faollikni payqagan, u yerda Vagner guruhi aʼzolari kompaniyaning “xavfsizlik maydonchasiga” tutashgan shimoliy kirish qismida toʻplanganlar”, deb qoʻshimcha qildi u.

Bu Vagnerning joriy yoʻnalishi va ustuvorliklarini aks ettiradi, dedi u va Palmiradagi guruh aʼzolari birinchi navbatda Rossiyaning mintaqadagi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishini taʼkidladi.

Daromad himoyasi

Vagner yollanma askarlari va Rossiya harbiy politsiyasi nazoratida boʻlgan Palmiradagi “xavfsizlik maydonchasida” Vagnerning harbiy qarorgohi va kazarmalari joylashgan, deydi suriyalik jurnalist Muhammad al-Abdulloh Al-Mashariq nashriga.

Oʻsha yerning oʻzida neft-gaz boʻyicha maslahatchilar hamda “Yevro Polis” – Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ittifoqchisi, Vagnerga ham egalik qiluvchi Yevgeniy Prigojinga tegishli Rossiya kompaniyasining texnik xodimlari istiqomat qiladi.

“Yevro Polis” Suriya rejimi bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzgan boʻlib, ular Vagner nazorati ostidagi hududlardan qazib olinadigan neft va gaz daromadining 25 foiziga egalik qilish huquqini beradi, dedi al-Abdulloh.

Uning soʻzlariga koʻra, daromadni maksimallashtirish uchun kompaniya texnik xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotlari va operatsiyalarni qayta boshlash bilan bogʻliq maxsus qoidalarni ishlab chiqqan.

Vagner guruhi texnik xodimlarni yashash joylarida va neft-gaz konlariga har kungi borish-kelishlarida qoʻriqlaydi, dedi u. Shuningdek, u maydonchalardagi xavfsizlikni ham taʼminlaydi.

Abdullohning soʻzlariga koʻra, “Vagner” yollanma askarlari Xoms chekkasidagi kimyoviy oʻgʻitlar zavodi va Palmiradagi koʻp sonli fosfat konlari tevaragidagi xavfsizlikni taʼminlamoqda.

“Toʻliq Rossiya hududi”

Dayr Az-zorlik faollardan biri Jamil al-Obidning aytishicha, Vagnerning xavfsizlik maydonchasi atrofi kengayib, “butunlay Rossiya hududiga aylangan”.

“Bu hududga kirganlar ruschadan boshqa tilni deyarli eshitmaydilar”, dedi u va taxminan uch oy oldin Vagner guruhi harbiy xizmatchilari Palmiradagi hududiga kirishga ruxsat berilgan suriyaliklar sonini kamaytira boshlaganini aytdi.

Hududga kirishga ruxsat berilgan shaxslarning aksariyati oziq-ovqat yetkazib beruvchilar, fuqarolik obyektlarida ruslar bilan ishlaydigan odamlar va haydovchilardir, deydi al-Obid.

Vagner guruhi va unga aloqador ayrim guruhlar, ayniqsa “ISHID ovchilari” uchun ishlaydigan suriyaliklar yuqori darajadagi xavfsizlikdan foydalanmoqda.

Ular kompaniya xavfsizlik maydonining chekkasida joylashgan boʻlib, hududni, asosan, sharqiy choʻl (Badiya) mintaqasining himoyasi uchun javobgar.

Sizdirilgan hujjatlarga koʻra, Vagner xodimlari Suriyadagi shoʼbada ishlaydiganlarga qaraganda ancha koʻp maosh olishadi, degan mish-mishlar keng tarqalgan, deydi al-Obid.

Vagner jangarilari ishtirokidagi Palmira hududidagi qadimiy ashyolarning oʻgʻirlanishi kabi boshqa mojarolarning fosh etilishi bilan kuchaygan bunday xabarlar qator noroziliklarga sabab boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500