Karvonsaroy
Inson huquqlari

Oʻzbekistonda aksilsovet isyonchilarining oqlanishi Rossiya matbuotini gʻazabga soldi

Rustam Temirov

Suratda: Bosmachilikda ayblanganlarning ishiga oid materiallar. Ayblanuvchilarning sud hujjatlari tayyorlanib, 6-yanvar kuni sud majlisi oʻtkazildi. [Anora Sodiqova]

Suratda: Bosmachilikda ayblanganlarning ishiga oid materiallar. Ayblanuvchilarning sud hujjatlari tayyorlanib, 6-yanvar kuni sud majlisi oʻtkazildi. [Anora Sodiqova]

TOSHKENT – Oʻzbekiston hukumatining 1920-1930-yillardagi aksilsovet isyonchilarini oqlashga oid saʼy-harakatlari rossiyalik kremlparast sharhlovchilarning eʼtiroziga sabab boʻldi.

Shu oy boshida Oʻzbekiston Oliy sudi sovet davridagi qatagʻon qurbonlarining 120 nafarini oqlash haqida qaror chiqardi, Rossiya matbuoti esa buni “aksilrossiya chorasi” sifatida qoralagan.

6-yanvarda kuni sud tomonidan oqlanganlar 1910-1930-yillardagi bosmachilar harakati nomi bilan mashhur boʻlgan sovet hukumatiga qarshi isyonda ishtirok etishgan.

Dekabr oyida Oliy sud aksari Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) “uchliklari” tomonidan surgunga yoki qatlga hukm qilingan ayblanuvchilarga doir oltita jinoiy ishni koʻrib chiqqan. Uch kishidan tarkib topgan sudlar juda tezlik bilan, koʻp hollarda sirtdan va shikoyatga imkon qoldirmasdan otuvgacha boʻlgan shafqatsiz hukmlarni eʼlon qilgan.

6-yanvar kuni Oʻzbekiston Oliy sudi 120 nafar sovet qatagʻoni qurbonini oqladi. Toshkentdagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, 23-yanvar kungi surat. [Rustam Temirov/Karvonsaroy]

6-yanvar kuni Oʻzbekiston Oliy sudi 120 nafar sovet qatagʻoni qurbonini oqladi. Toshkentdagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, 23-yanvar kungi surat. [Rustam Temirov/Karvonsaroy]

15-noyabr kuni Moskvadagi “Memorial” huquqbon tashkiloti idorasida arxiv hujjatlarini koʻzdan kechirayotgan xodim. Rossiya Oliy sudi dekabr oyi oxirida ushbu tashkilotni tugatish haqida qaror chiqargan. 1990-yillarda Rossiya demokratlashuvining ramzi boʻlgan “Memorial” tarixiy haqiqat uchun kurash olib borib, Sovet davridagi jinoyatlarning ulkan arxivini yaratgan. [Aleksandr Nemenov/AFP]

15-noyabr kuni Moskvadagi “Memorial” huquqbon tashkiloti idorasida arxiv hujjatlarini koʻzdan kechirayotgan xodim. Rossiya Oliy sudi dekabr oyi oxirida ushbu tashkilotni tugatish haqida qaror chiqargan. 1990-yillarda Rossiya demokratlashuvining ramzi boʻlgan “Memorial” tarixiy haqiqat uchun kurash olib borib, Sovet davridagi jinoyatlarning ulkan arxivini yaratgan. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Ayblanuvchilar orasida 1925 va 1930-yillarda uchlik kengashlari tomonidan “qurolli qarshilik koʻrsatishda ishtirok etish” aybi bilan hukm qilingan bir guruh oʻzbeklar ham bor edi.

“Troyka”larning hukmlari xalqaro huquq meʼyorlariga zid boʻlgan, deydi Oliy sud majlislarida ishtirok etgan jurnalist Anora Sodiqova.

“Bu inson huquqlarining buzilishi edi... Ularning barcha hukmlari noqonuniy boʻlgani uchun ayblanuvchilarning barchasi oqlanishga haqli”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

Oʻtgan yil avgust oyida Oliy sud yana oltita jinoiy ishni koʻrib chiqib, 1920-1930-yillarda qatl etilgan yoki Sovet GULAGiga yuborilgan 115 nafar ayblanuvchini oqlagan edi.

2020-yil oktabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qatagʻon qurbonlari merosini yanada chuqur oʻrganish va xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi bilan Respublika ishchi guruhi tashkil etilib, qatagʻon qurbonlarining roʻyxati tuzilgan.

Hozirga qadar oqlangan ayblanuvchilarning toʻliq roʻyxati Oʻzbekiston Oliy sudi saytida eʼlon qilingan.

Sodiqovaning soʻzlariga koʻra, bu Iosif Stalin rejimi tomonidan qatl etilgan, qamoqqa tashlangan yoki surgun qilinganlarning oz qismi, xolos.

Rossiya arxivlarida bu kabi koʻplab jinoiy ishlar bor va hali qilinadigan ishlar koʻp, deydi u.

“Qatagʻon qurbonlarining yaqinlarida tegishli hujjatlar boʻlsa, ular moddiy zarar undirish uchun daʼvo qilish imkoniyatiga ega boʻldilar”, dedi Sodiqova Karvonsaroy bilan suhbatda.

Qarshilik harakati

Bosmachilik harakati Oʻrta Osiyoda sovet tuzumini agʻdarishga va mustaqil davlat yaratishga qaratilgan edi. “Bosmachi” soʻzi “bosma” soʻzidan olingan boʻlib, qurolli yurish yoki hujum degan maʼnoni bildiradi.

Ibrohimbek qoʻrboshi nomi bilan tanilgan Ibrohimbek Chakaboyev ushbu ozodlik harakati yetakchilaridan biri boʻlgan.

U 1919-1931-yillarda hozirgi Oʻzbekiston va Tojikiston hududida sovet tuzumiga qarshi uyushgan qarshilikka rahbarlik qilib, Afgʻonistondan transchegaraviy reydlarni amalga oshirgan.

OGPU Ibrohimbekni 1931-yil iyun oyida qoʻlga olib, ikki oydan keyin otib tashlagan. U 42 yoshda edi.

Postsovet davrning ilk yillarida ayrim tarixchilar bosmachilik harakatini qayta koʻrib chiqish haqida gapira boshladilar, ammo uning aʼzolarini oqlash masalasiga hali jiddiy kirishilmagan edi.

Bosmachilar harakatiga sovet tuzumiga nisbatan qarshilik harakati sifatida qarash lozim, deydi bu mavzuda tadqiqot olib borgan toshkentlik Mavlon Shukurzoda.

“Bosmachilar turli-tuman odamlardan tashkil topgan boʻlishiga qaramay, u oʻz vatanini bolsheviklardan ozod qilib, mustaqillikka erishmoqchi boʻlgan xalq ozodlik harakati edi”, dedi Shukurzoda Karvonsaroy bilan suhbatda.

Oqlash amaliyoti bosmachilik harakati aʼzolarigagina qaratilmasligi kerak, dedi Shukurzoda.

“Shuningdek, “quloq”qa tortilib, Sovet Ittifoqining boshqa hududlariga badargʻa qilinganlar ham oqlanishi zarur”, dedi u Stalin tomonidan oʻldirilgan yoki surgun qilingan badavlat dehqonlarni nazarda tutib.

Jurnalist Sodiqovaning fikricha, hozirgi kundagi tarix darsliklari “zamondan ortda qolmoqda”.

“Oʻzbekistonning yangi tarixi” postsovet davrida ishlab chiqilgan boʻlsa-da, unda bosmachilar harakati yoki Stalin qatagʻonlariga yetarlicha oʻrin ajratilmagan, deydi u.

“Yoshlar XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi, Buxoro amirligi hamda Xiva va Qoʻqon xonliklarida yuz bergan qonli urushlar haqida juda kam maʼlumotga ega”, dedi u Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni oʻz mustamlakasiga aylantirgani haqida gapirib.

“Oʻzbek yoshlari ota-bobolarimizning rus bosqinchilariga qarshi qanday kurashganini bilishi lozim”, dedi Sodiqova.

“Aksilrossiyaviy”

Oʻzbekistondagi oqlash amaliyotlari Kremlning nafaqat Rossiyaning buguni, balki oʻtmishini ham tobora kuchliroq nazorat qilishga urinayotgan bir paytda sodir boʻlmoqda.

Oʻtgan yilning dekabrida Rossiya Oliy sudi “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi bahsli qonunni buzganlikda ayblab, Stalin davridagi siyosiy qatagʻon qurbonlarini oqlash bilan shugʻullangan “Memorial” xalqaro tashkilotini tugatish haqida qaror chiqardi.

Ayni paytda Rossiyaning ayrim ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston sudi qarorlarini Rossiyaga qarshi harakat sifatida talqin qilmoqda.

“Oʻzbekistonning 1920-yillarda bolsheviklarga qarshi kurashgan bosmachilarni oqlash toʻgʻrisidagi qarori aksilsovet va tabiiyki, qisman aksilrossiyaviy hamdir”, deb yozadi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati instituti direktori Vladimir Lepexin 7-sentabr kuni “Vzglyad” gazetasida chop etilgan maqolada.

U avgust oyida chiqarilgan sud qarorlariga javoban shunday fikrlarni bildirgan.

Shuningdek, sentyabr oyida kremlparast “Ritm Yevrazii” sayti 1920-yillardagi bosmachilar “vahhobiylik” harakatining bir koʻrinishi boʻlganini daʼvo qilib, Ibrohimbekni Britaniya razvedkasi qoʻllab-quvvatlaganini taʼkidlaydi.

“Mamlakat Oliy sudining qarori Islom shiorlari ostiga yashiringan shafqatsiz banditlar qoʻlida halok boʻlganlar xotirasini tahqirlashdir”, deyiladi saytdagi muallifsiz rukn maqolasida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hukm 200 foiz toʻgʻri. Bosmachilar harakati vahobiylik emas. Nima, sizlar GULAG tarafdorimisizlar???

Javob berish

Turkiston mustaqilligi uchun kurashganlarni qanday qilib bosmachi deyish mumkin?! Bu xuddi Napoleon bosqini va Gitler agressiyasi vaqtidagi rus partizanlarini bosmachi deb atagandek gap...

Javob berish

Rossiyada axlat qutilari ham qulflab qoʻyiladigan boʻldi, chunki mahalliy aborigenlar ovqat izlab axlat qutisiga shoʻngʻishni odat qilishdi.

Javob berish

Rossiya yovuzlik va tajovuzkorlik demakdir! \Kreml\ shovinistlari tinchlanib, oʻz muammolari bilan mashgʻul boʻlishsin. Bu sizning ishingiz emas! Oʻzbekiston prezidenti sovet oʻtmishiga qanday munosabatda boʻlishni yaxshi biladi! Menga Shavkat Mirziyoyevning siyosati yoqadi! Alloh unga salomatlik bersin!

Javob berish

SSSRda yaxshi vaqtlar ham boʻlgan, lekin mudhish jinoyatlar ham boʻlgan. Ularni ortiqcha siyosat va tarafkashliksiz tergov qilish kerak.

Javob berish

Sovet davrida Markaziy Osiyoda ko‘p odamlar o‘ldirilgan

Javob berish

Banderaga shon-sharaflar, Ibrohimbekka shon-sharaflar, Kreml fashistlariga esa uyat

Javob berish

Nega endi Rossiya urushqoqlik qilyapti? Stalin manyak edi; bu fakt.

Javob berish