Karvonsaroy
Xavfsizlik

Ukraina fuqarolari Rossiya tajovuziga qarshi jang qilishga tayyor

Daniil Martinyak va AFP

2022-yilning 20-fevral kuni Kiyevda urush faxriylari va koʻngillilar tomonidan fuqarolar uchun ochiq mashgʻulotlar tashkil etildi, unda quroldan foydalanish va birinchi yordam koʻrsatish oʻrgatilgan. [Jenya Savilov/AFP]

2022-yilning 20-fevral kuni Kiyevda urush faxriylari va koʻngillilar tomonidan fuqarolar uchun ochiq mashgʻulotlar tashkil etildi, unda quroldan foydalanish va birinchi yordam koʻrsatish oʻrgatilgan. [Jenya Savilov/AFP]

KIYEV – Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuzini davom ettirib, payshanba (24-fevral) kuni mamlakatga bir necha yoʻnalishdan bostirib kirar ekan, keng koʻlamli urushning boshlanishi ukrainaliklarning oʻz vatanini himoya qilish qatʼiyatini yanada mustahkamlagan.

Rossiya tanklari va boshqa ogʻir texnikalari qator shimoliy hududlar, jumladan, janubda Kreml tarafidan anneksiya qilingan Qrim yarimoroli chegarasini kesib oʻtdi, Rossiya harbiy samolyotlari va qanotli raketalari esa Ukraina hududi ichidagi nishonlarga zarba berdi.

Rossiya kuchlari 2014-yildan beri Kreml qoʻllovidagi ayirmachilar 14 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan sharqiy front boʻylab Ukrainaga kirib borgan.

Ukraina rasmiylariga koʻra, Rossiya birinchi navbatda harbiy infratuzilma va bunkerlarni nishonga olib, qator aerodromlar, jumladan Kiyevdagi Borispol aeroportiga ham zarba bergan, deya xabar qiladi Qurolli kuchlar.

Vitaliy Klichko rahbarligidagi “Udar” siyosiy partiyasidan Kiyev shahar kengashi deputati, huquqshunos Olesya Zubritskaya ham bir chekkada turgani yoʻq – u 19-fevral kuni Kiyev hududiy mudofaa batalyoni safiga yozilish uchun ariza topshirmoqda. [Kiyev shahar kengashi matbuot xizmati]

Vitaliy Klichko rahbarligidagi “Udar” siyosiy partiyasidan Kiyev shahar kengashi deputati, huquqshunos Olesya Zubritskaya ham bir chekkada turgani yoʻq – u 19-fevral kuni Kiyev hududiy mudofaa batalyoni safiga yozilish uchun ariza topshirmoqda. [Kiyev shahar kengashi matbuot xizmati]

Tahlilchilarga koʻra, aholining qarshiligi Ukrainaga qoʻl kelishi mumkin – agressor Ukraina hududini katta yoʻqotishlarsiz egallay olmaydi. Kiyevliklar 19-fevral kuni tayyorgarlikdan oʻtmoqda. [Marat Sayfulin/Karvonsaroy]

Tahlilchilarga koʻra, aholining qarshiligi Ukrainaga qoʻl kelishi mumkin – agressor Ukraina hududini katta yoʻqotishlarsiz egallay olmaydi. Kiyevliklar 19-fevral kuni tayyorgarlikdan oʻtmoqda. [Marat Sayfulin/Karvonsaroy]

19-fevral kuni tayyorgarlikdan oʻtayotgan kiyevliklar. 5-13-fevral kunlari Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Ukraina fuqarolarining 37 foizdan ortigʻi Rossiya hujum qilgan taqdirda oʻz vatani himoyasi va jang qilishga tayyorligini maʼlum qilgan. [Marat Sayfulin/Karvonsaroy]

19-fevral kuni tayyorgarlikdan oʻtayotgan kiyevliklar. 5-13-fevral kunlari Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Ukraina fuqarolarining 37 foizdan ortigʻi Rossiya hujum qilgan taqdirda oʻz vatani himoyasi va jang qilishga tayyorligini maʼlum qilgan. [Marat Sayfulin/Karvonsaroy]

Bosqin shuningdek, Rossiya qurolli kuchlari shu oylarda taxminan 30 ming askar ishtirokida yirik harbiy mashgʻulotlar oʻtkazgan Belarusdagi bir nechta pozitsiyalardan ham amalga oshirilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jahon yetakchilari bilan favqulodda telefon suhbatlaridan soʻng oliy harbiy rahbariyat majlisini chaqirgan.

Zelenskiy “tajovuzkorga maksimal darajada talafot yetkazishga buyruq berdi”, dedi Ukraina harbiy qoʻmondoni, general-mayor Valeriy Zalujniy.

Ukraina qoʻshinlari “shiddatli janglar olib bormoqda” va ayrim hududlarda Rossiya bosqinini qaytarmoqda, dedi prezident maslahatchisi Mixailo Podolyak.

Payshanba kuni tongda Ukraina sharqiy frontdagi Schastye shahri nazoratini qaytarib olish vaqtida 50 tacha “rus bosqinchisi” oʻldirilgani, kamida oltita Rossiya samolyoti va bir vertolyot urib tushirilgani va toʻrtta tank yoʻq qilinganini aytgan.

Jang qilishga tayyor

Soʻnggi bir necha oy ichida kuchayib borayotgan tanglik va urush tahdidi koʻplab ukrainalik fuqarolarni oʻz yerlarini himoya qilish uchun qoʻllariga qurol olishga ruhlantirgan.

Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan (KXTsI) 5-13-fevral kunlari oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Ukraina fuqarolarining 37 foizdan koʻprogʻi Rossiya keng koʻlamli urush boshlasa, jang qilishga tayyorligini maʼlum qilgan.

Qoʻliga qurol olib, Rossiya tajovuziga qarshi kurashishga tayyor fuqarolar soni dekabr oyidan beri toʻrt foizga oshgan, deyiladi soʻrovnomada. Bundan tashqari, ukrainaliklarning 57,5 foizi har qanday yoʻl bilan qarshilik koʻrsatishga tayyor.

Yanvar oyida Ukrainada milliy qarshilik toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi, qurolli kuchlar tarkibida hududiy mudofaa qoʻshinlari tashkil etildi. Hududiy mudofaa boʻlinmalari safiga barcha yosh va jismonan sogʻlom ukrainaliklar yozilishi mumkin.

“Hozirda koʻpchilik qiziqish bildirmoqda”, dedi Kiyev shahar xavfsizlik boshqarmasining mudofaa boʻyicha rahbari oʻrinbosari Mixail Shcherbina.

“Har kuni 200-300 nafar Ukraina fuqarolari: Kiyev hududiy mudofaasiga qoʻshilishni istagan erkaklar, ayollar va hatto xorijliklar ishonch telefonlari orqali bizga murojaat qilmoqda”, dedi u. “Ukrainada juda vatanparvar va intizomli odamlarimiz bor”.

Siyosatchilar ham bu borada oʻrnak boʻlmoqda.

Kiyev meri Vitaliy Klichko harbiy kiyimda Ukraina poytaxtidagi jamoat joylarida oʻrnatilgan ekranlardan xalqqa murojaat qilib, ularni hududiy mudofaa kuchlariga qoʻshilishga chaqirdi.

Vitaliy Klichkoning “Udar” siyosiy partiyasidan Kiyev shahar kengashi aʼzosi, huquqshunos Olesya Zubritskaya ham oʻz shahri batalyoni safiga qoʻshilish uchun ariza topshirgan.

U Ukraina armiyasiga yordam berish uchun har qanday vazifani bajarishga tayyorligini aytdi.

“Men vatanparvar oilada tarbiya topganman: bobom va buvimlarni quloq qilib, Sibirga surgun qilishgan”, dedi u. “Bu bizning oilamiz xotirasiga muhrlangan.”

“Oʻylashimcha, har bir fuqaro oʻz mamlakatini himoya qilish, undan qochmaslik majburiyatga ega va harbiy harakatlar vaqtida armiyaga qanday yordam berishini aniq tushunishi kerak”, dedi u.

Ukraina endi sakkiz yil avvalgi davlat emas, dedi Zubritskaya.

“2014-yilda biz hududiy mudofaani yoʻlga qoʻymadik. Oʻz shahar va qishloqlarini himoya qilishga tayyor boʻlgan koʻngillilar koʻp edi, lekin ular tegishli tarzda muvofiqlashtirilmadi”, deydi u. “Maʼlum tartibsizlik hukmronlik qildi, armiya esa zaif edi.”

Fuqarolarni tayyorgarlikdan oʻtkazish

2014-yilda Mariupol va Ilovaysk uchun janglardan soʻng koʻngilli sifatida frontga ketgan kiyevlik Marat Sayfulin yana oʻz vatani uchun jang qilishga tayyorligini aytadi.

“Urush sakkiz yildirki davom etmoqda, motivatsiya esa 2014-yildagidek saqlanib qolgan – vatanni bizga hujum qilganlardan, yaʼni Ukraina xalqini yoʻq qilishga, Ukrainani dunyo xaritasidan oʻchirishga urinayotgan Rossiyadan himoya qilish”, deydi harbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil etgan Sayfulin.

Uning qoʻl ostidagilarning aksariyati harbiy tayyorgarlikka ega emas, shu sabab ular bilan tajribali yoʻriqchilar ishlamoqda, dedi u.

“Biz taktika asoslarini, janglar vaqtida harakatlanish qoidalarini oʻrgatamiz”, dedi Sayfulin bosqin oldidan 60 ga yaqin mahalliy fuqaro ishtirokida oʻtkazilgan mashgʻulot paytida.

“Harbiy tayyorgarlik kurslarini boshlash juda oson – xohish boʻlsa boʻlgani”, dedi u.

“Ayni paytda Kiyevda koʻplab turdagi mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda”, dedi u. “Koʻngillilar batalyonlari ham tuzilmoqda. Ular barcha xohlovchilarni tayyorgarlikdan oʻtkazadi.”

Aholining qarshiligi Ukrainaga qoʻl kelishi mumkin, deydi tahlilchilar.

Ukraina qurolli kuchlari soni 250 mingta, hududiy mudofaa kuchlari esa 130 mingga yaqin askardan iborat, dedi Shcherbina.

“Yaʼni, hududiy mudofaa kuchlari amalda dushmanga qarshi qarshilik koʻrsatish tizimini yaratishga oid topshiriqlarni bajarishga tayyor boʻladigan boshqa armiyadir”, dedi u.

Oʻz yerlarini himoya qilishga shaylik darajasining oshishi bilan ukrainaliklar orasida mamlakatning NATO va Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlash ham kuchaymoqda.

Ukrainaliklarning 62% ga yaqini Ukrainaning NATOga integratsiyalashuvini maʼqullaydi – bu 2014-yildan beri eng yuqori koʻrsatkich. Soʻrovda qatnashgan ukrainaliklarning 68 foizi esa mamlakatning Yevropaga qoʻshilishi tarafdori, deb xabar beradi Ukrainaning “Reyting” ijtimoiy soʻrov markazi 17-fevral kuni.

“700 yildirki, Moskva Ukrainani yoʻq qilishga urinmoqda”, deb oʻz soʻziga yakun yasaydi harbiy tayyorgarlik kurslari tashkilotchisi Sayfulin. “Baxtga koʻra, ukrainaliklar qanday qilib qarshilik koʻrsatishni, mushtini tugib, dushmanni qaytarishni biladi. Bugun biz har qachongidan ham jipsroqmiz”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kiyevni bombalashmoqda, dunyo esa indamay qarab turibdi!!! Shunday boʻlishi mumkinmi axir? Sizning BMT, NATO, Yevroittifoqlaringizdan nima foyda? Nega kerak ular???

Javob berish

Endi Ukraina, barcha oddiy davlatlar singari, BMTning natsizmni ulugʻlashga qarshi kurash toʻgʻrisidagi rezolutsiyasi uchun ovoz berishini tasavvur qila olmayapman.

Javob berish

NATO rahbariyati Ukrainaning NATOga aʼzo davlat boʻlish istagi uchun bombardimon qilinayotganini kuzata turib, qanday fikrda ekanligini bilish qiziq.

Javob berish

Bu – Putim rejimi intihosining boshlanishi.

Javob berish

Yevropa Lavrovga va Putlerning oʻziga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi. Hamma birlashib, yirtqich Rossiyani tugatishi kerak.

Javob berish

Ukrainaga shon-sharaflar. Rossiya bu urushda magʻlub boʻladi va xuddi SSSR kabi parchalanib ketadi.

Javob berish

Chunki ukrainlar ruslarga oʻxshagan krepostnoy qarol emas.

Javob berish

Siz ukrainlar yoki biz, ruslar kimga ham kerakmiz... Urush – Yevropa mamlakatlarining ishi. Biz – shunchaki toʻp yemi. “Men vatanparvar oilada tarbiyalanganman: buvilarim va bobolarim quloq qilingan va Sibirga surgun etilgan”, deydi u. “Har bir fuqaro oʻz vatanini himoya qilishga, undan qochmaslikka majbur, deb oʻylayman”. Lekin qochayotganlar oligarxlar, Sibirdan nima foyda hozir? Kulgili. Hamma oligarxlar xorijga qochib ketishyapti. Xalq esa oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Ruslarga ham, ukrainlarga ham tinch yashashga berishmayapti.Hamma narsani biznes hal qiladi.Demak ular bizdek birodarlarni bir-biriga qarshi qoʻyib, oʻz niyatlariga yetdilar, oʻz qoʻllarini iflos qilmaslik uchun. Bizni masxara qilishmoqda.Biz ahmoqlar esa ularning hiylasiga uchdik. Shundoq ham faqir edik, ammo maʼnaviy qaygʻularimiz, jismoniy va moddiy charchoqlarimiz tufayli yanada qashshoqlashamiz. Siyosatchilar milliardlar uchun xizmat qilib, choʻntaklarini qappaytirdilar.Bizga xiyonat qilishdi va sotib yuborishdi.Butun rus xalqi boʻlayotgan voqealardan shokda, Yevropa esa vaziyatni yumshatishni istamayapti. Yoʻq, bu ularga foyda keltiradi. Ular ukrainaliklar ruslar kabi qarol emasligini bahona qilib, shunday yoʻllar bilan oʻz tartibini oʻrnatadi”. Ular sizdan foydalanmoqda. Ular hech qachon oʻzlarini xavf ostiga qoʻymaydilar. Bizni ham shunday qismat kutayotgan boʻlishi mumkin. :(((((((((((((((((

Javob berish