Karvonsaroy
Energiya

Qatar bilan kelishuv orqali Germaniya Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirishga harakat qilmoqda

Karvonsaroy va AFP

Germaniyaning Lingen shahridagi gazda ishlaydigan elektrostansiyasining sovutish minorasi, 12-yanvar kungi surat. Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirishga urinayotgan Germaniya Qatar bilan yangi uzoq muddatli kelishuv doirasida ikkita suyultirilgan gaz terminali qurilishini “tezlashtirish” majburiyatini olgan. [Ina Fassbender/AFP]

Germaniyaning Lingen shahridagi gazda ishlaydigan elektrostansiyasining sovutish minorasi, 12-yanvar kungi surat. Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirishga urinayotgan Germaniya Qatar bilan yangi uzoq muddatli kelishuv doirasida ikkita suyultirilgan gaz terminali qurilishini “tezlashtirish” majburiyatini olgan. [Ina Fassbender/AFP]

DOHA – Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirishga intilayotgan Germaniya Qatar bilan yangi uzoq muddatli shartnoma doirasida ikkita suyultirilgan tabiiy gaz (STG) terminali qurilishini “jadallashtirish” majburiyatini oldi. Bu haqda yakshanba (20-mart) kuni Fors koʻrfazi davlati xabar bergan.

Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Dohada uning amiri va energetika vaziri bilan muzokaralar chogʻida bu borada kelishuvga erishdi. Ular oʻz taʼminotini kafolatlash uchun Yevropa davlatlaridan uzoq muddatli bitimlar tuzishni talab qilgan.

Soʻnggi oylarda Yevropa davlatlari Rossiya gaziga muqobil suyultirilgan tabiiy gaz izlab Qatarga murojaat qilgan.

Bosqindan oldin Germaniya qariyb 55 foiz tabiiy gazni Rossiyadan import qilar edi.

2017-yil 6-fevralda olingan suratda Qatarning Qatar Petroleum kompaniyasi tasarrufidagi suyultirilgan gaz va gazdan suyuqlik ishlab chiqarish boʻyicha asosiy hududi boʻlgan Ras Laffan sanoat shahrining koʻrinishi aks etgan. [Karim Jaʼfar/AFP]

2017-yil 6-fevralda olingan suratda Qatarning Qatar Petroleum kompaniyasi tasarrufidagi suyultirilgan gaz va gazdan suyuqlik ishlab chiqarish boʻyicha asosiy hududi boʻlgan Ras Laffan sanoat shahrining koʻrinishi aks etgan. [Karim Jaʼfar/AFP]

“Gazprom”ga tegishli gazining muayyan qismi Markaziy Osiyodan olinadi. “Gazprom” Rossiya konlaridan gaz qazib olishdan tashqari, Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan ham gaz sotib olib, Yevropaga qayta eksport qiladi.

“Bir tomondan, bizga vaqtinchalik va qisqa muddatda koʻproq suyultirilgan gaz kerak va biz ularning oʻzimizdagi terminallarga yetkazib berilishini istaymiz”, dedi Xabek ketish oldidan bergan bayonotida.

“Boshqa tomondan, biz endi anʼanaviy tabiiy gazdan yashil vodorodga oʻtishni tezlashtirishimiz zarur”, deb qoʻshimcha qildi u.

Uning aytishicha, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bu maqsadlarga erishishda “markaziy ahamiyatga ega”.

Tezkor STG terminallari

Xabek va energetika vaziri Saʼd Sherida al-Kaʼbiy oʻrtasidagi uchrashuvda “nemis tomoni Germaniya hukumati ikkita STG qabul qilish terminali qurilishini jadallashtirish yoʻlida tezkor va aniq choralar koʻrganini tasdiqladi”.

Qatar energetika vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu terminallar nemis hukumatining bevosita koʻmagida “Germaniyaga uzoq muddatli STG importini taʼminlash yoʻlidagi ustuvor vazifa doirasida” Germaniyada barpo etilmoqda.

Tomonlar “oʻzlarining tegishli tijorat tuzilmalari Qatardan Germaniyaga uzoq muddat davomida STG yetkazib berishga oid muzokaralarni qayta boshlashi va davom ettirishiga kelishib oldilar”.

Berlindagi Germaniya matbuot kotibi uzoq muddatli hamkorlikka erishilgani va kompaniyalar “aniq shartnoma boʻyicha muzokara boshlashini” tasdiqladi.

Xabek shuningdek, neft yetkazib berish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun BAAga joʻnab ketishdan oldin Doha amiri shayx Tamim bin Hamad Al-Taniy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi (ADNOC) dushanba kuni Germaniyadagi hamkasblari bilan toza vodorod boʻyicha hamkorlikni tezlashtirish va chuqurlashtirishga oid shartnomalar imzolaganini eʼlon qildi, deb xabar beradi amirlikning WAM axborot agentligi.

Mazkur kelishuvlar amirlikning Germaniya bilan energetika sohasidagi uzoq yillik hamkorligiga, shuningdek, 2021-yil noyabr oyida ikki davlat oʻrtasidagi tashkil etilgan vodorod boʻyicha ishchi guruhiga asoslanadi, deb xabar beradi WAM.

Mazkur kelishuvlar amirlikning Germaniya bilan energetika sohasidagi uzoq yillik hamkorligiga, shuningdek, 2021-yil noyabr oyida ikki davlat oʻrtasidagi tashkil etilgan vodorod boʻyicha ishchi guruhiga asoslanadi, deb xabar beradi WAM.

Gaz taʼminoti barqarorligini taʼminlash

Dohaga safari oldidan Deutschlandfunk radiosiga intervьyu bergan Xabek Germaniya keyingi qish mavsumi uchun gaz yetkazib berishni taʼminlash boʻyicha jiddiy xavotirda ekanini aytgan.

“Kelgusi qishda koʻproq gaz ololmasak va Rossiyadan gaz yetkazib berish toʻxtatilsa, barcha uylarimizni isitish va sanoatimiz ishini davom ettirish uchun gaz yetmay qoladi”, deb ogohlantirdi u.

Juma kuni Xabek yetkazib berish barqarorligini taʼminlash zarurligini aytar ekan, mamlakat anʼanaviy tabiiy gazdan yashil energetikaga oʻtish jarayonini tezlashtirishi kerakligini ham taʼkidlagan.

“Ishonchim komilki, Norvegiya, Qoʻshma Shtatlar, Kanada va Qatar bilan olib borilayotgan muzokaralar tufayli Yevropa va Germaniyaga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi ortishiga ishonchim komil”, deb aytgan Xabek ARD telekanaliga.

Germaniya yil oxirigacha Rossiyadan neft importining katta qismini toʻxtatishni moʻljallamoqda, ammo Rossiya gazidan voz kechish uchun koʻproq vaqt kerak boʻlishi mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya Yevropa neft-gaz bozoridan haydab chiqariladi.

Javob berish