Karvonsaroy
Atrof muhit

Qirgʻizistondagi ikkita zaharli uran obyekti xavfsiz va yashash uchun yaroqli joylarga aylantirildi

Karvonsaroy

Qirgʻizistondagi sobiq uran koni, sanasiz surat. YTTBning moliyaviy koʻmagida Qirgʻizistonning Shekaftar va Min-Kush qishloqlari uran chiqindilaridan muvaffaqiyatli tozalandi. [YTTB]

Qirgʻizistondagi sobiq uran koni, sanasiz surat. YTTBning moliyaviy koʻmagida Qirgʻizistonning Shekaftar va Min-Kush qishloqlari uran chiqindilaridan muvaffaqiyatli tozalandi. [YTTB]

BISHKEK – Qirgʻizistonda bir vaqtlar zaharli boʻlgan ikkita uran obyekti Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) saʼy-harakatlari tufayli yana xavfsiz va foydalanishga yaroqli hududga aylantirildi.

Yaqinda hududni chiqindilardan tozalash ishlari yakunlandi, deb xabar bergan YTTB dushanba (28-mart) kuni. Bu joyning uzoq yillar davomida barqaror boʻlib qolishi Markaziy Osiyo uchun muhim ekologik afzallik hisoblanadi.

COVID-19 pandemiyasiga qaramay, ishchilar loyihani belgilangan muddatda va ajratilganidan kamroq mablagʻ sarflab yakunladilar. Bu ishlar Markaziy Osiyo uchun atrof-muhitni qayta tiklash boʻyicha fond (ERA) tarafidan moliyalashtirildi.

Ikki uchastkada tayyorgarlik ishlari 2019-yilda boshlangan, deb xabar beradi YTTB. Qirgʻiziston hukumati Shekaftar va Min-Kush konlarini chiqindilardan tozalash yakunlanganini mos ravishda 2021-yil dekabr va 2022-yil fevral oylarida tasdiqlagan.

Qirgʻizistondagi Min-Kush vodiysi, sanasi nomaʼlum surat. Oʻrtada – uranni qayta ishlash boʻyicha sobiq korxona. Bu hudud endilikda yana tabiatga qaytarilgan. [YTTB]

Qirgʻizistondagi Min-Kush vodiysi, sanasi nomaʼlum surat. Oʻrtada – uranni qayta ishlash boʻyicha sobiq korxona. Bu hudud endilikda yana tabiatga qaytarilgan. [YTTB]

Oʻzbekiston bilan chegaradosh Jalolobod viloyatidagi 3700 kishilik aholiga ega Shekaftar qishlogʻiga 1944-yilda asos solingan.

Konlarning aksari qishloqda, odamlarning uylariga yaqin joylashgan edi. Tiklash jamoalari konlarga kirish yerlarni yopib, chiqindilarni tozalagan va ishlab chiqarish korxonalarini buzib, zararsizlantirgan.

Shuningdek, ular koʻprik, yoʻllar va juda zarur suv bilan taʼminlovchi quvur yoʻllarini barpo etishgan.

Norin viloyatidagi Min-Kush qishlogʻi Bishkekdan 130 km masofada joylashgan. 1960 yillarda uran qazib chiqarish toʻxtatilganidan beri iqtisodiy tomondan ogʻir ahvolga kelib qolganiga qaramay, u yerda hali ham 3200 ga yaqin kishi yashaydi.

Ishchilar rudani qayta ishlashga ixtisoslashgan sobiq zavodni buzib tashlab, xavfni kamaytirdilar. Endi qishloqda jamoat ehtiyojlari uchun mos hududlar paydo boʻldi, ular sayyohlarni jalb qilishga yordam berishi mumkin.

Joriy yilda Qirgʻizistondagi yana bir sobiq konda ish boshlash rejalangan.

Oʻtmishdagi suisteʼmol holatlari

Ekologik muammolarga eʼtibor qaratmagan sovet konchilari radioaktiv moddalarni chiqindixonalar va ularni saqlash joylariga tashlab, tabiat va odamlar hayotini xavf ostida qoldirganlar.

Dehqonchilik uchun xavf soladigan suvning ifloslanishi shu xatarlar jumlasidandir.

Yevropa Ittifoqining (YI) 2017-yilgi hisob-kitoblariga koʻra, Markaziy Osiyoda 1 milliard tonna zaharli uran chiqindisi bor.

Uran qazib chiqarishdan zarar koʻrgan yana bir postsovet mamlakat – Tojikiston “qoʻlbola bombalar” ishlab chiqarish uchun yetarli boʻlgan uran qoldiqlari borligidan xavotir bildirgan.

2015-yilda YI tashabbusi bilan tashkil etilgan va YTTB tomonidan boshqariladigan ERA Markaziy Osiyoda sovetlardan qolgan uran sanoati chiqindilarini bartaraf etish bilan shugʻullanadi.

YI, Yevropaning turli mamlakatlari va Qoʻshma Shtatlar uning donorlari hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500