Karvonsaroy
Jamiyat

AQSH va Turkmaniston terrorga qarshi kurash va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni jadallashtirmoqda

Jumaguli Annayev

Terrorizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurash Turkmaniston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan. [Turkmaniston mudofaa vazirligi]

Terrorizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurash Turkmaniston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan. [Turkmaniston mudofaa vazirligi]

ASHXOBOD – Rasmiylarga koʻra, Turkmaniston va Amerika Qoʻshma Shtatlari terrorizmga qarshi kurash, chegaralar xavfsizligi va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatmaslik kabi hamkorlikning yangi yoʻnalishlari ustida ishlamoqda.

Devid Maunt rahbarligidagi AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) delegatsiyasi yanvar oyi oxirida Ashxobodda Turkmaniston davlat bojxona xizmati rasmiylari bilan uchrashdi, deb xabar beradi bojxona idorasi oʻz veb-saytida.

CENTCOM kimyoviy, biologik, radiatsion va yadroviy qurollarga qarshi kurash boʻyicha tajriba almashish maqsadida bir haftalik dasturni rejalashtirmoqda, deyiladi bayonotda.

Oʻz ismini oshkor qilishni istamagan turkman rasmiylariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Turkmaniston gumanitar masalalar va qishloq xoʻjaligi, transport va savdo kabi sohalarda hamkorlik qilib kelgan boʻlsa-da, hozirgi vaqtda ular ikki tomon uchun manfaatli yoʻnalishlarni belgilab, xavfsizlik bilan bogʻliq masalalarga oʻzaro qiziqish bildirmoqdalar.

Oʻtgan yilning 27-iyun kuni AQSHning Turkmanistondagi yangi elchisi Mettyu Klimov Qipchoqdagi Turkmanboshi ruhi masjidiga tashrif buyurdi. [AQSHning Turkmanistondagi elchixonasi]

Oʻtgan yilning 27-iyun kuni AQSHning Turkmanistondagi yangi elchisi Mettyu Klimov Qipchoqdagi Turkmanboshi ruhi masjidiga tashrif buyurdi. [AQSHning Turkmanistondagi elchixonasi]

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 3-fevral kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan “C5+1” uchrashuvida Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan birga suratga tushmoqda. [Kevin Lamark/AFP]

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 3-fevral kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan “C5+1” uchrashuvida Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan birga suratga tushmoqda. [Kevin Lamark/AFP]

Ikki mamlakat terrorizmga qarshi kurash, chegaralar xavfsizligini mustahkamlash va qurol-yarogʻ tarqalishining oldini olish bilan bir qatorda, energetika bilan bogʻliq yirik sarmoyaviy loyihalar ustida ishlash hamda Turkmanistonga qoʻshni Afgʻonistondagi tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshishga intilmoqda, deydi rasmiylar.

Ashxoboddagi “pragmatik muloqot”

Davlat bojxona xizmati mutasaddilaridan biri Ogʻaniyoz M. ham yanvar oyida oʻtkazilgan muzokaralarning ahamiyatini alohida taʼkidladi.

“Amerikaliklar bizga CENTCOM dasturi haqida soʻzlab berishdi va turli ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi”, dedi toʻliq ismini oshkor qilishni istamagan Ogʻaniyoz. “Bu pragmatik muloqot va sermahsul fikr almashinuvi boʻldi.”

Turkmaniston notinch Afgʻoniston bilan 744 km va beqaror Eron bilan 990 km uzunlikdagi umumiy chegaraga ega.

Ashxobod mamlakat janubidagi qoʻshni davlatlardan kelib chiqadigan tahdidlarga qarshi kurashda Qoʻshma Shtatlar va boshqa davlatlarning yordamiga umid qiladi, deb qoʻshimcha qildi Ogʻaniyaz.

Uning soʻzlariga koʻra, Turkmaniston mustaqil davlat boʻlib, uning neytral maqomi Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan.

“Ammo terrorchilar, jangarilar, ekstremistlar, kontrabandachilar va boshqa badniyat kimsalar chegaralarni ham, betaraflikni ham tan olmaydilar”, dedi Ogʻaniyaz.

“Demak, biz oʻz xavfsizligimizni taʼminlash uchun barcha choralarni koʻrishimiz va boshqalarning yordamini minnatdorchilik bilan qabul qilishimiz kerak”, deb qoʻshimcha qildi u.

Munosabatlar rivojlanmoqda

AQSH bilan mudofaa va energetika kabi koʻplab sohalarda rivojlanib borayotgan aloqalar Turkmaniston uchun manfaatli boʻldi.

“Turkmanistondagi barcha samolyotlar hamda yigʻim-terim va shudgor texnikasi AQSHdan sotib olingan”, dedi Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vazirligi vakili.

Ismi oshkor qilinishini istamagan rasmiy Turkmaniston bu uskunalarga qancha mablagʻ sarflaganidan bexabar ekanligini aytsa-da, mamlakat yigirma yildan beri Amerikadan uskunalar sotib olishini tasdiqlagan.

Xitoy, Eron va Rossiyadan farqli oʻlaroq, AQSH Turkmanistonga gaz quvurlarini diversifikatsiya qilishda yordam bermoqda, dedi u.

“Albatta, bu hozirda mushkul ish, lekin biz birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan Afgʻoniston orqali Pokiston va Hindistonga, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Turkiya va Yevropaga gaz quvurlari barpo etish loyihalarini roʻyobga chiqarishga umid qilamiz”, dedi moliya vazirligi rasmiysi.

“2019-yilda Mettyu S. Klimov AQSHning Turkmanistondagi yangi elchisi etib tayinlangach, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqdi”, deydi anonim qolishni istagan Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi vakili.

Klimov oʻtgan yil mart oyida AQSH Senatida boʻlib oʻtgan eshituvlarda yangi lavozimdagi ustuvor yoʻnalishlarni bayon qilgan edi.

U Afgʻoniston va Eron bilan chegaradosh boʻlgan va dunyodagi eng yirik tabiiy gaz zaxiralaridan biriga ega Turkmanistonning geosiyosiy ahamiyatini alohida taʼkidlagan.

“Biz iqtisodiy va siyosiy maqsadlarini turkman xalqi hisobidan amalga oshirishga intilayotgan Rossiya va Xitoyga qarshi tosh bosuvchi va muqobil kuch boʻlishga qodirmiz”, degan edi Klimov eshituvlar chogʻida.

“Yangi elchi [Klimov] soʻzdan amalga oʻta boshladi”, deya qoʻshimcha qildi TIV vakili Turkmaniston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini nazarda tutib.

“C5+1” uchrashuvlarining alohida ahamiyati

Ayni paytda, Turkmaniston ham Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSH davlat kotibi ishtirokidagi “C5+1” uchrashuvlariga katta umid bogʻlamoqda.

AQSH davlat departamentiga koʻra, “C5+1 Qoʻshma Shtatlar va Markaziy Osiyoning besh davlati duch kelayotgan umumiy muammolarni hal qilishga qaratilgan qoʻshma platforma va muloqot formatidir”.

Eng soʻnggi “C5+1” anjumani dushanba (3-fevral) kuni Toshkentda boʻlib oʻtdi.

24-yanvar kuni Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov “Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish uchun mavjud salohiyatni roʻyobga chiqarishda” “C5+1” uchrashuvining muhimligini taʼkidladi, deb xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi (TDH).

TIV vakili ham “C5+1” formatidagi muzokaralarning muhimligini urgʻulagan.

Toshkentdagi uchrashuv muhim ahamiyat kasb etdi, sababi unda “Turkmanistonni qiziqtirgan masalalar: iqtisodiyot, energiya resurslarini diversifikatsiya qilish, zamonaviy tahdid va chaqiriqlarga qarshi turish hamda Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish” muhokama qilindi.

Chorshanba (5-fevral) kuni AQSHning Qozogʻistondagi elchixonasi Toshkentdagi uchrashuv yakunlari boʻyicha olti hukumatning qoʻshma bayonotini eʼlon qildi. Unda bir qator umumiy muammolar, jumladan “xorijiy terrorchi jangarilar tahdidi”, “ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishi, terrorizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi va giyohvand moddalar aylanmasi kabi transchegaraviy tahdidlar” hamda “Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni va vaziyatni siyosiy yoʻl bilan tartibga solish” kabilar sanab oʻtilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500