Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Xitoy josuslari global qoʻrqitish kampaniyasiga aloqadorlikda ayblanmoqda

Karvonsaroy

23-oktabr kuni Pekinda Xitoyning Koreya urushiga kirganining 70 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda Xitoy prezidenti Si Szinpinni olqishlab qarsak chalishmoqda. [Noel Celis/AFP]

23-oktabr kuni Pekinda Xitoyning Koreya urushiga kirganining 70 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda Xitoy prezidenti Si Szinpinni olqishlab qarsak chalishmoqda. [Noel Celis/AFP]

VASHINGTON – AQSHda Xitoy rejimi muxoliflarini qoʻrqitishga qaratilgan xalqaro operatsiyaga aloqadorlikda ayblangan sakkiz nafar xitoylik josus hibsga olindi. Bu haqda chorshanba (28-oktabr) kuni AQSH rasmiylari maʼlum qilganlar.

“Ayblanuvchilar XXR (Xitoy Xalq Respublikasi) hukumat mulozimlarining koʻrsatmasi va nazorati ostida harakat qilib, kuzatuv olib borishgan va AQSHning ayrim fuqarolarini XXRga qaytishga undab, ularni taʼqib qilgan, tazyiq va bosim oʻtkazgan. Bu dunyo miqyosida muvofiqlashtirilgan, “Tulki ovi” operatsiyasi nomli noqonuniy repatriatsiya choralaridir, deyiladi AQSH Adliya vazirligining bayonotida.

“Xitoy hukumatining Amerika zaminida doimiy va qonunan yashovchi fuqarolarimizni kuzatishi, taʼqib va tahdid qilishga urinishi – uning mamlakatimiz va butun dunyodagi buzgʻunchilik va zararli taʼsir koʻrsatish kampaniyasining bir qismidir”, deydi Federal tergov byurosi (FTB) rahbari Kristofer Rey.

“Federal tergov byurosi Xitoy hukumatining AQSHdagi ozodlik, inson huquqlari va qonun ustuvorligi gʻoyalariga zid keluvchi bu nomunosib xatti-harakatlarini tergov qilish va toʻxtatish uchun barcha vositalarni ishga soladi.”

Yuz bergan holatlarning birida xitoylik josus va uning bir nechta sherigi internet orqali kuzatuv va taʼqib qilish uchun bir shaxsning voyaga yetgan qizini nishonga olishgan.

Xususan, josus bosim oʻtkazish kampaniyasi doirasida suratga va videoga olish uchun qizni topish maqsadida xususiy izquvar yollashga uringan.

Taxminan shu vaqtning oʻzida uning nomaʼlum sheriklaridan biri ijtimoiy tarmoqlar orqali qiz va uning doʻstlariga nafratli xabarlar yuborgan.

Shuningdek, xitoylik josuslar muayyan shaxslarga xatlar va videofayllarni oʻz ichiga olgan joʻnatmalar yuborib, ularning hali ham Xitoyda istiqomat qilayotgan oila aʼzolariga zarar yetkazish bilan tahdid qilganlar.

“Bugungi ayblovlar Xitoyning davomli va keng tarqalgan noqonuniy xatti-harakatlarining yana bir namunasi boʻlib, bizning bunday holatlarga nisbatan toqatsiz ekanligimizni koʻrsatadi”, dedi Rey.

Payshanba (29-oktabr) kuni Pekin hibsga olingan josuslarining qilmishlarini xalqaro qonunchilikka muvofiq keluvchi hamda xorijiy mamlakatlar yurisdiksiyasi va suverenitetini hurmat qiluvchi xatti-harakatlar deya taʼriflagan.

“Yirtqichlik”

Qoʻshma Shtatlarda fosh etilgan bu fitna Pekinning xorijiy mamlakatlarning ichki ishlariga aralashayotganini yana bir karra isbotlaydi.

Pekin hududiy bahslarda tobora tajovuzkor boʻlib bormoqda va ustunlikka erishish uchun dezinformatsiya kampaniyalari, poraxoʻrlik, shantaj va intellektual mulkni oʻgʻirlash kabilarga qoʻl urmoqda.

Pekinning asosiy majburlov strategiyalaridan biri – qarzlar hisoblanadi.

U dunyodagi zaif mamlakatlar iqtisodiga koʻmak berish bahonasida ularga yirik kreditlar taklif qiladi, ammo bu mamlakatlar qarzni toʻlay olmasligi maʼlum boʻlganidan soʻng, Pekin ularga ogʻir shartlar qoʻyadi.

Xitoy manfaatlarini diplomatik qoʻllab-quvvatlash talabi yoki mamlakat tabiiy boyliklarini ommaviy tarzda oʻzlashtirish shular jumlasidandir.

Chorshanba kuni AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning kichik davlatlarga qarshi bunday xatti-harakatlarini “yirtqichlik” deb atagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500