Karvonsaroy
Xavfsizlik

Xitoy harbiylari xorijda agressivlashib borayotgan bir paytda Si mamlakat ichida shovinizmni avj oldirmoqda

Karvonsaroy va AFP

2020-yil sentabr oyi oxirida oʻtgan oʻquv mashqlari chogʻida ihotalangan orolga kirgan Xitoy maxsus qoʻshinlari shartli dushmanni qoʻlga olish uchun olgʻa siljimoqda. [Xitoy mudofaa vazirligi]

2020-yil sentabr oyi oxirida oʻtgan oʻquv mashqlari chogʻida ihotalangan orolga kirgan Xitoy maxsus qoʻshinlari shartli dushmanni qoʻlga olish uchun olgʻa siljimoqda. [Xitoy mudofaa vazirligi]

PEKIN – XXR raisi Si Szinpin oʻz chiqishlarida tobora koʻproq shovinistik ritorikaga urgʻu berar ekan, borgan sari tajovuzkor boʻlib borayotgan xitoylik harbiylar boshqa suveren davlatlar hududiga daxl qilmoqdalar – qoʻshni davlatlar, kuzatuvchilar va xalqaro hamjamiyat mazkur tendensiyadan jiddiy xavotirda.

Si soʻnggi haftalarda Pekinning “yangi Xitoyni” barcha tajovuzkorlardan himoya qilish yoʻlidagi jangovar qatʼiyatidan faxrlanib, ehtimoliy “bosqinchilarni” keskin ogohlantirgan.

Yaqinda, 23-oktabr kungi muhim chiqishlarining birida Si bosqinning oldini olish uchun urush olib borilishi va zoʻravonlikka zoʻravonlik bilan javob qaytarilishi kerakligini aytgan.

U oʻz nutqini Xitoyning Koreya urushiga qoʻshilganining 70 yilligiga bagʻishladi – bu urushda Xitoy va AQSH kuchlari ilk va yagona marta bevosita toʻqnash kelgan edilar.

20-oktabr kuni olingan surat: Tayvanning frontga yaqin Kinmen qirgʻogʻida kemalarning yaqinlashmasligi uchun oʻrnatilgan moslamalar. Olisda Xitoyning Syamen shahri koʻrinmoqda. [Sam Yeh/AFP]

20-oktabr kuni olingan surat: Tayvanning frontga yaqin Kinmen qirgʻogʻida kemalarning yaqinlashmasligi uchun oʻrnatilgan moslamalar. Olisda Xitoyning Syamen shahri koʻrinmoqda. [Sam Yeh/AFP]

Xitoyning yuzlab harbiy xizmatchilari 23-oktabr kungi nutqi chogʻida prezident Sini olqishlamoqdalar. [www.news.cn]

Xitoyning yuzlab harbiy xizmatchilari 23-oktabr kungi nutqi chogʻida prezident Sini olqishlamoqdalar. [www.news.cn]

Aslida qonli durang bilan yakun topgan urush Xitoyda gʻalaba va taraqqiy etgan dushmanga qarshi qatʼiyat va dadillik namunasi oʻlaroq olqishlanadi.

Sining vatanparvarlik ruhi bilan toʻyintirilgan va Xitoy qoʻshinlarining qahramonliklari haqidagi hikoyalarga boy uzun nutqida aytishicha, 1950-53-yillar nizosidagi “gʻalaba” uning mamlakati Xitoy ostonasida muammo keltirib chiqaradigan har kim bilan kurashishga tayyorligini eslatib turadi.

“Xitoy xalqi muammo keltirib chiqarmaydi va ulardan qoʻrqmaydi ham”, dedi Si qarsaklar ostida.

“Biz aslo milliy suverenitetimizga putur yetkazishlariga jimgina qarab turmaymiz ... va hech qanday kuchning muqaddas Vatanimiz hududiga bostirib kirishiga yoki uni boʻlib tashlashiga yoʻl qoʻymaymiz.”

Pekinning oʻz qoʻshnilari va boshqa mamlakatlar bilan nizolashuv istagi tobora kuchayib borayotganiga qaramay, Si “gegemon boʻlishga intilish yoki qoʻrqitish yaxshilikka olib kelmasligini” aytgan.

Urushga ruhlantirish

Xitoy rejimi oʻz qoʻshinlarining urushga qoʻshilganiga 70 yil toʻlishi bilan bogʻliq sanaga katta tayyorgarlik koʻrdi – bu mamlakat ichkarisi uchun moʻljallangan boʻlsa-da, aslida oʻz raqiblari boʻlmish qudratli davlatlar va qoʻshni mamlakatlar uchun ogohlantirishdir.

Yubiley sanasi arafasida Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari tashviqotga kirishib, har kuni praym-taym vaqtida urushdan omon qolgan xitoylik faxriylar bilan suhbatlar uyushtirdi.

23-oktabr kuni mamlakat kinoteatrlarida Xitoy kinematografiyasining uchta eng yirik namoyandasi tomonidan suratga olingan, urushning soʻnggi kunlarida chet el kuchlariga qarshilik qilgan bir guruh xitoylik askarlar haqidagi “Qurbon” jangovar trilleri namoyish etilgan.

Tahlilchilarning fikricha, yubiley bilan bogʻliq tantanalar – Sining bir paytlar zaif boʻlgan Xitoyni goʻyoki dunyodagi hukmronlik oʻrniga qaytarish yoʻlidagi millatchilik saʼy-harakatlarining bir qismi.

“Si keng maʼnoda urushga ruhlantirmoqda”, deydi Yevropa Ittifoqining xavfsizlik tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisa Ekman.

Tayvan boʻgʻozining narigi tarafida, Kinmen orolining sohillaridagi tankka qarshi tuzoqlar Tayvanning doimiy ravishda Xitoy bosqini tahdidi ostida yashayotganini eslatib turadi – bugun mojaro qoʻrquvi soʻnggi oʻn yilliklar ichidagi eng yuqori nuqtasiga yetgan.

Demokratik Tayvan Pekinning avtoritar liderlarining uni oʻz hududi sifatida koʻrishi va egallab olishga tayyor ekani toʻgʻrisidagi ogohlantirishlari bilan yashashni oʻrgandi.

Soʻnggi paytlarda Xitoy samolyotlari misli koʻrilmagan miqyosda Tayvanning mudofaa hududiga uchib oʻtayotgani, Xalq ozodlik armiyasining orolga bostirib kirishni va hatto AQSHning Guamdagi bazalariga hujumni mashq qilayotgani ortidan ushbu sezilarsiz manzarani ilgʻamaslik qiyin boʻlib qolgan.

“Xitoy Tayvanga gʻazab qilmoqda va oʻzini yanada shafqatsizroq tutmoqda”, deydi tayvanlik birinchi kurs talabasi Vang Juy-Shen.

21-oktabr kuni amerikalik harbiylar Xitoy bosqinidan himoyalanishda yordam berish uchun Tayvanga 1 milliard dollardan ortiq qiymatdagi raketalar sotishga rozi boʻlganini eʼlon qildi, 27-oktabrda esa 100 dona Harpoon qirgʻoq mudofaasi tizimiga oid umumiy qiymati 2,4 milliard dollarlik savdo bitimi maʼqullandi.

Global zoʻravon

Xitoy rejimi koʻp yillardan beri qator mamlakatlar tomonidan strategik tahdid oʻlaroq koʻriladi, ammo soʻnggi paytlarda Pekinning butun dunyodagi xatti-harakatlari bu xavotirlarni sezilarli darajada kuchaytirgan.

“Xitoy Hindistondan Yaponiyagacha, Avstraliyadan Kanadagacha butun dunyo boʻylab oʻzi uchun surbetlarcha yoʻl ochmoqda”, degan edi Gonkongning soʻnggi britaniyalik gubernatori Kris Patten 8-iyul kuni.

“Gonkongda yuz bergan voqealar – barchamizning koronavirusga qarshi kurash bilan mashgʻul ekanimizdan foydalangan holda Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan amalga oshirilgan keng koʻlamli saʼy-harakatlarning bir qismi, xolos”, dedi u amalda muxtoriyatning qimmatli anʼanalari va demokratik qadriyatlarini yoʻqqa chiqargan Gonkongdagi xavfsizlikka oid bahsli qonunni nazarda tutib.

Xitoyning tajovuzi qoʻshni Hindistongacha yetib borgan.

Iyun oyi oʻrtalarida Ladax viloyatida Xitoy va Hindiston harbiylari oʻrtasida shiddatli toʻqnashuvlar yuz bergan, natijada 20 nafar hind askari halok boʻlgan. Xitoy rejimi qurbonlar berilganini tan olgan boʻlsa-da, raqamlarni ochiqlamagan.

Oʻshanda Hindiston tashqi ishlar vazirligi soʻzchisi Anurag Shrivastava toʻqnashuv “Xitoy tomonining bir tomonlama tartibda chegaradagi mavjud vaziyatni oʻzgartirishga urinishidan” kelib chiqqanini aytgan edi.

Oʻshandan beri ikkala mamlakat togʻli chegara hududiga oʻn minglab qoʻshimcha kuch yubordi.

Chegara hududida sentabr oyi boshida yuz bergan boshqa bir hodisada 45 yildan beri ilk marta oʻq tovushlari eshitildi. Tomonlar bir-birlarini oʻt ochishda aybladilar.

Xitoyning Shinjon viloyatidagi lagerlarida bir milliondan ortiq musulmonlar azob chekmoqda, Pekin ularni oʻz jamiyatiga majburan moslashtirish va islomiy merosni tag-tugi bilan yoʻqotishga urinmoqda.

27-oktabr kuni AQSH senatorlari Xitoy rejimining uygʻurlar va boshqa turkiyzabon musulmonlarga qarshi genotsid siyosatini qoʻllayotgani haqidagi rezolyutsiyani qabul qilganlar.

Avtoritarizmga qarshi qoʻrgʻon

Markaziy Osiyo mintaqasi Rossiya va Xitoy rejimlari taʼsir uchun oʻzaro kurashayotgan geosiyosiy oʻtish davrini boshidan kechirmoqda.

20-oktabr kuni AQSH harbiylari hamkor davlatlar bilan ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash hamda Rossiya va Xitoyning global taʼsiriga qarshi kurashda oʻz qurolli kuchlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yangi usullarini topish masalasini muhokama qildilar.

“Xitoy va Rossiya jadallik bilan oʻz qurolli kuchlarini zamonaviylashtirmoqda va oʻsib borayotgan qudratini xalqaro qonunchilikka nisbatan bepisandlik, davlatlar suverenitetiga daxl qilish va kuchlar muvozanatini oʻzgartirish uchun qoʻllamoqda”, deb aytgan AQSH mudofaa vaziri Mark Esper.

Pekinning Janubiy Xitoy dengizidagi provokatsiyasi va Kremlning Ukraina bilan urushi “oʻzgalarning avtonomiyasiga, mamlakatlar va tashkilotlarning barqarorligi va birdamligiga surbetlarcha putur yetkazishga urinayotganini koʻrsatmoqda”, dedi u.

Shunday boʻlsa-da, Pekin va Moskva taʼsirga ega boʻlishdagi muhim vosita – sheriklarga ega emas.

“Xitoy va Rossiyaning ittifoqchilari birga qoʻshib hisoblaganda oʻntadan kam. Shuningdek, ularning qonunbuzarlik tabiati potensial sheriklarni choʻchitadi”, dedi Esper.

“Amerikaning ittifoqchilari va sheriklari tarmogʻi... bizga dushmanlarimiz tenglasha olmaydigan ustunlik beradi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Tushkun va qoloq Rossiyadan qancha uzoqroq boʻlinsa, shuncha yaxshi.

Javob berish

Fitnachilar! Bu maqolaning asosigacha hammasi yolgʻon, hammasi sotilgan va toʻlangan. Rossiyaga qashshoq Markaziy Osiyoning nima keragi bor??? Yarmi Rossiyaga koʻchib boʻlgan.

Javob berish

Siz amerikalikalar gʻalati odamsizlar – nasroniylar soʻnggi 30 yil ichida oʻn millionlab musulmonlarni oʻldirdilar, siz esa Xitoyni agressiyada ayblayapsiz

Javob berish