Xitoy koʻp yillar davomida bir qator davlatlar uchun strategik tahdid oʻlaroq baholab kelingan boʻlsa-da, soʻnggi vaqtlarda Pekinning dunyo boʻylab hatti-harakatlari oqibatida xavotir darajasi kuchaygan.
Xitoy rejimi olis Himolay vodiylaridan tortib kichik tropik orollarda har qachongidan ham qatʼiyroq tarzda ziddiyatlarni avj oldirmoqda.
Bu ziddiyatlar prezident Si Szinpinning bir paytlar kuchsiz boʻlgan Xitoyni goʻyoki dunyodagi hukmron oʻringa qaytarish va murosali diplomatiyadan voz kechishga qaratilgan millatchilik harakatining belgilari sifatida baholangan.
“Xitoy uchun quyosh ostida oʻz joyiga daʼvogarlik qilish vaqti kelgandek goʻyo”, deydi Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabining Xitoy instituti direktori Stiv Sang.
Uning aytishicha, bu Sining “qilichni yalangʻochlash” chaqirigʻiga ijobat qilish demakdir.
Hududiy bahslar
“Xitoyliklar oʻzlari uchun Hindistondan Yaponiyagacha, Avstraliyadan Kanadagacha butun dunyo boʻylab yoʻl ochmoqdalar”, degan edi Honkongning soʻnggi britaniyalik gubernatori Kris Patten 8-iyul kuni Britaniya parlamentariylari tomonidan tashkil etilgan onlayn muhokamada.
“Honkongda yuz bergan voqealar – barchamizning koronavirusga qarshi kurash bilan mashgʻul ekanimizdan foydalangan holda Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan qabul qilingan keng koʻlamli harakatlarning bir qismi, xolos”, dedi u shaharning ardoqli muxtoriyati va demokratiya qadriyatlarini yoʻqqa chiqarayozgan Honkongdagi xavfsizlikka oid bahsli qonunni nazarda tutib.
Markaziy Osiyo mintaqasi Rossiya va Xitoy rejimlari oʻz taʼsiri uchun kurashayotgan geosiyosiy oʻtish davrini boshdan kechirmoqda.
Pekinning Markaziy Osiyo davlatlari bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirayotgani Moskvani jiddiy xavotirga solmoqda.
Xitoy harbiy mansabdorlari muntazam ravishda Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston mudofaa vazirlari bilan uchrashib turadilar. Pekinning mintaqaga yordami turli shakllarda namoyon boʻlmoqda. Masalan, Turkmaniston Xitoydan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, dronlar va yengil zirhli mashinalarni oladi. Qozogʻiston va Oʻzbekistonga esa Xitoydan jangovar dronlar va harbiy-texnik yordam taqdim etiladi.
Pekin Xitoy bilan ham, Afgʻoniston bilan ham chegaradosh boʻlgan va Afgʻoniston bilan eng uzun umumiy chegaralarga ega Tojikiston bilan harbiy hamkorlikka alohida eʼtibor qaratmoqda.
Boshqa davlatlarning hududiy daʼvolari hisobiga janubiy Xitoy dengizida sunʼiy orollar barpo etayotgan Pekin surbetlarcha resurslar ortidan quvib, harbiy hozirligini kuchaytirmoqda.
“Biz dengiz hududlarining erkinligi va suvereniteti himoyasi uchun xalqaro hamjamiyat bilan birlashamiz va janubiy Xitoy dengizi yoki undan-da kengroq hududda “kuchli taraf haq” qabilidagi har qanday urinishlarni rad etamiz”, dedi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 13-iyul kuni.
Pekin Hind okeani boʻylab bir nechta portlar barpo etib, Janubiy Xitoy dengizidan Suvaysh kanaligacha yoqilgʻi quyish va taʼminot stansiyalari marjonini hosil qildi. Goʻyoki tijoriy xarakterga ega bu portlar juda tez rivojlanayotgan dengiz floti qamrovini kengaytirishga imkon beradi.
Pekin ayniqsa, Gvadar (Pokiston) va Jaskdagi (Eron) strategik hududlar va portlarni aniq harbiy maqsadlar uchun ishlatishda oʻz moliyaviy hukmronligidan foydalanmoqda.
Xorijdagi xatarli taʼsir choralari
Xitoy rejimi xorijda xatarli choralarini oʻz ichiga oluvchi oʻta murakkab kampaniya olib boradi, bunday choralar orasida pora berib ogʻdirish, dezinformatsiya kampaniyalari, shantaj va yashirin bitimlar bor.
Yangiliklar va axborotni cheklash uchun “Buyuk xavfsizlik devori”dan foydalanadigan Xitoyda Twitter, YouTube, Google va Facebook taqiqlangan boʻlsa-da, xitoylik diplomatlar va davlatga qarashli OAV ikkiyuzlamachilik bilan xorijdagi oshkoralikdan foydalanadi va soʻnggi yillarda Pekinning gʻoyalarini ilgari surish uchun bunday platformalarga yogʻilib kelmoqda.
Rossiya va xitoylik jurnalistlar tomonidan tarqatilayotgan koronavirus dezinformatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda dunyodagi yetakchi OAV kontentiga qaraganda kattaroq auditoriya qozonmoqda. Bu haqda Oksford Internet institutining 29-iyun kungi hisobotda maʼlum qilingan.
12-iyun kuni Twitter Xitoy hukumatinig dezinformatsiya kampaniyasiga aloqador 170 mingdan ortiq akkauntni oʻchirgani haqida xabar bergan.
10-iyun kuni Yevropa Ittifoqi (YI) eʼlon qilgan hisobotda Xitoy va Rossiya rejimlari “yoʻnaltirilgan taʼsir choralari va dezinformatsiya kampaniyalari” bilan COVID-19 koronavirus pandemiyasi vaqtida Yevropa demokratiyasiga putur yetkazish va uni obroʻsizlantirishga urinishda ayblangan.
Xitoy qoʻllovidagi xakerlar COVID-19 vaksinalariga oid tadqiqot va intellektual mulkni oʻgʻirlashga harakat qilmoqda, deb ogohlantirgan AQSH federal qidiruv byurosi (FQB) va AQSH kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi (CISA) may oyida.
Intellektual mulk oʻgʻirlash va josuslik
Superqudratli davlatga aylanish maqsadiga erishish uchun Pekin zamonaviy texnologiyalarda tezkor qadam tashlash kerak ekanligini tan oladi.
Ammo, innovatsiyalar ustida shiddat bilan ishlash oʻrniga, u intellektual mulkni oʻgʻirlab, ulardan oʻzi taʼqib qilayotgan kompaniyalarga qarshi raqobatda foydalanmoqda.
“Aslida bu ikki karra gʻirromlik”, dedi FQB direktori Kristofer Rey. U Pekinning harbiy qurilmalardan tortib shamol turbinalari, guruch va makkajoʻxori urugʻigacha har narsaning tadqiqotiga eʼtibor qaratayotganini qoʻshimcha qildi.
“Xitoy hukumati keng qamrovchli, turli-xil oʻgʻrilik va zararli taʼsir choralari bilan band va bu kampaniyani avtoritar samaradorlik bilan amalga oshirishi mumkin”, deb aytgan u 7-iyul kuni Gudzon institutidagi nutqida. “Ular hisob-kitobli, qatʼiy, sabrli. Ular ochiq va demokratik jamiyat hamda qonun ustuvorligining adolatli cheklovlari bilan hisoblashmaydilar.”
“Kommunistik partiya boshqaruvidagi Xitoy bizning gʻoyalarimizni noqonuniy oʻzlashtirishda, siyosatchilarimizga taʼsir etishda, jamoatchiligimiz fikrini manipulyatsiya qilishda va maʼlumotlarimizni oʻgʻirlashda davom etmoqda”, dedi Rey. “Ular barcha vositalar va barcha sektorlar yondashuvidan foydalanishadi, bu esa ularga javoban barcha vositalar va barcha sektorlar yondashuvidan foydalanishimizni taqozo etadi.”
“Minglab isteʼdodlar” dasturiga oʻxshash isteʼdodlarni toʻplashga qaratilgan dasturlar orqali, hatto maxfiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash yoki eksport nazorati va manfaatlar ziddiyati qoidalarini buzib boʻlsa ham, Xitoy hukumati olimlarni bilimlarimiz va innovatsiyalarimizni Xitoyga qaytarib olib kelishga undamoqda”, dedi u.
“Shu bilan birga, Xitoy hukumati korporativ va shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash uchun xakerlik usullaridan erkin foydalanmoqda, ular bu ishga harbiy va nodavlat xakerlarni ham jalb qilmoqdalar.”
Inson huquqlarining buzilishi
Xitoy rejimining “qilichni yalangʻochlash” boʻyicha dasturi mamlakat ichkarisida ham inson huquqlarining xavotirli buzilishiga oid holatlarni oʻz ichiga oladi.
Xitoy hukumati Shinjonda bir milliondan ortiq uygʻurlar va boshqa musulmon ozchiliklar vakillarini ushlab, keng qamrovli gʻoyaviy taʼsir oʻtkazish kampaniyasi doirasida ularni qayta tarbiyalash lagerlariga joylagan. Ayollarning tizimli ravishda majburan bichilayotganini tasdiqlovchi dalillar ham bor.
9-iyul kuni muxbirlarga soʻzlagan AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo vaziyatni “asr dogʻi” deb atab, Shinjondagi “dahshatli va tizimli qiynoqlar”, jumladan majburiy mehnat, ommaviy hibslar va tugʻishni majburiy nazorat qilishni qoraladi.
7-iyul kuni quvgʻindagi uygʻur faollari Haagada joylashgan Xalqaro jinoiy sudga (XJT) oʻz daʼvolarini qoʻllab-quvvatlovchi yirik hujjatlar toʻplamini topshirib, Xitoy rejimining qatliom va insoniyatga qarshi jinoyatlarini tergov qilishga chaqirganlar.
Pekin shuningdek, oʻz nazorati ostidagi fuqarolarning fikr erkinligini ham poymol qilmoqda.
Masalan, Hong-Kongdagi Xitoy maʼmurlari mustaqillik yoki muxtoriyatga chaqirish kabi ayrim fikrlar uchun jinoiy javobgarlikni koʻzda tutuvchi xavfsizlikka doir yangi qonun doirasida maktabdagi kitoblarni tekshiruv uchun yigʻib olishni buyurgan.
Moliyaviy markazdagi kutubxonalar AQSH “Oruellizm” deb atagan demokratiya uchun kurashuvchi bir guruh faollar qalamiga mansub asarlar musodara qilinayotganini aytgan. Bu harakat nomi Jorj Oruellning “1984” nomli kitobidan olingan boʻlib, unda hukumatning haddan ortiq nazorati, totalitarizm, ommaviy kuzatuv, jamiyatdagi barcha odamlar va qarashlarni repressiv tartibga solish bilan bogʻliq choralari tasvirlanadi.
Paygʻambarlik qilish Quroni Karimda yozilgan
Javob berishFikrlar 6
Xitoy – butun dunyoni yutib yuborishga umid qilayotgan bamisoli katta osminog. Oʻz vaqtida u SSSR hududining 1500 kv. kilometriga daʼvogarlik qilgan. Endi esa iqtisodiy taʼsir orqali Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarni qoʻlga kiritmoqda.
Javob berishFikrlar 6
Ha, zamonaviy Xitoy oʻzining makkorona tabassumi bilan dunyo, yaʼni butun insoniyat uchun xavfli. Barcha mamlakatlar bir butun boʻlib birlashishi, savdo va diplomatik aloqalarni toʻxtatishi qoʻyishi, talabalarni oʻz yurtiga qaytarishi va kengroq maʼnoda, Xitoyni hech boʻlmaganda koronavirus tarqalishidan toʻxtatishi va izolyatsiya qilishi kerak. Bu xavfli davlat. Xitoy butun dunyo uchun juda katta tahlikadir.
Javob berishFikrlar 6
Xoʻsh, tushunarli. Nima qilish kerak? 5
Javob berishFikrlar 6
Oʻzingiz ishlaydigan AQSH haqida nega bunday batafsil maqolalarni yozmaysiz?! Ular demokratiya va Afgʻoniston ortiga yashirinib, mintaqadagi oʻz manfaatlari haqida sukut saqlaydilar! Xitoy qayerda-yu, AQSH qayerda? Bu XXR geografik jihatdan Markaziy Osiyoga yaqinroq boʻlgani uchun AQShga qaraganda manfaatlari koʻproq. Voqealarni oz boʻlsa-da kuzatib boradigan odam biladi, hozir Markaziy Osiyoda taʼsir uchun kurash ketayotganini. AQSH siznikiga oʻxshash gʻarbparast ommaviy axborot vositalari yordamida mintaqaga oʻz siyosatini oʻtkazishga urinmoqda.
Javob berishFikrlar 6
Ertaga qulga aylantiradi bu xitoychalar
Javob berishFikrlar 6