BISHKEK – Aholisi Rossiyaga doʻst avtoritar rejimlardan charchagan mamlakatlardagi siyosiy gʻalayonlar fonida Moskva yana sinalgan taktikani qoʻllamoqda – aybni tashqi dushmanga agʻdarish.
10-noyabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotining onlayn sammitini ochar ekan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus, Qirgʻiziston va Moldovaga nisbatan “tashqi kuchlarning bosim oʻtkazishga urinishi” qabul qilib boʻlmaydigan holat ekanini aytdi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.
Belarusga “tashqi kuchlar taʼsir oʻtkazmoqda”, sobiq Ittifoqning boshqa ikki respublikasi – Qirgʻiziston va Moldova ham “tashqi bosimga” duch kelmoqda, dedi u.
Oktyabr oyida yuz bergan inqilobdan soʻng Bishkekda Kremlning aksilgʻarb tashviqoti kuchaya boshlagan.
4-oktyabr kungi parlament saylovining bahsli natijalari ortidan Qirgʻizistonda ommaviy noroziliklar boshlanib ketdi, namoyishchilar hukumat binolarini egallab oldilar, prezident Sooronbay Jeyenbekov isteʼfoga chiqdi, sobiq parlament deputati Sadir Japarov esa qamoqdan ozod qilinib, muvaqqat bosh vazir va prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Inqirozning avj pallasida Moskva Qirgʻizistonga moliyaviy yordamini toʻxtatib qoʻydi, bunga yangi hukumatning Kreml koʻrsatmalarini bajarmay, mustaqil qarorlar qabul qilgani, jumladan, Putinga sodiq Jeenbekovning isteʼfosini talab qilgani sabab boʻldi.
Bu voqealardan keyin, 23-oktyabr kuni Moskvada Rossiya va Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi matbuot anjumani chogʻida Rossiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Sergey Lavrov qirgʻiz tilida savol bergan qirgʻizistonlik jurnalistlarga qoʻpol javob qaytargan.
“Siz mezbonning hurmatini joyiga qoʻyishingiz kerak, maylimi? Har jihatdan”, dedi u haqoratomuz hazil ohangida.
“Mezbon” soʻzi rus tilida “xoʻjayin” maʼnosini ham anglatadi.
Qirgʻiz delegatsiyasi oktyabr oyidagi muzokaralarda hech qanday ahamiyatli natijalarga erisha olmadi.
“Tashqi kuchlar fitnasi”
Qirgʻizistondagi geosiyosiy muvaffaqiyatsizliklarini oqlashga urinayotgan Kreml aybni boshqalarga agʻdarish uchun dezinformatsiya kampaniyasi boshlagan koʻrinadi.
Qirgʻiziston xalqi 4-oktyabr kungi saylov natijalarini bekor qilish talabida namoyishlar boshlashi bilan, Rossiya rasmiylari va Kreml nazoratidagi OAV “tashqi kuchlarning Rossiyaga qarshi hiylalari” haqidagi fitna nazariyasini targʻib qila boshladilar.
“(Qirgʻizistonda) oʻtkazilgan parlament saylovlarining shaffofligiga hech qanday shubha yoʻq, norozilik namoyishlari esa tashqi kuchlarning rangli inqilobni amalga oshirishga urinishidir”, dedi Rossiya davlat dumasi deputati Mixail Sheremet. Bu haqda Rossiyaning “RIA Novosti” davlat axborot agentligi 5 oktyabr kuni xabar bergan.
“Aminmanki, biz eng yaqin qoʻshnilarimiz va ittifoqchilarimizning hududida yuz berayotgan demokratik jarayonlarga tashqi kuchlarning aralashishga urinayotganini koʻrmoqdamiz”, dedi Sheremet.
U Qirgʻiziston xalqiga murojaat qilib, provokatsiyaga berilmaslikka va Qirgʻizistondagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan har qanday tashqi urinishlarning oldini olishga chaqirdi.
Qirgʻiziston “Gʻarb demokratiyasi tamoyillarini unga begona zaminga majburan oʻtkazishga urinish bilan bogʻliq xavfli vaziyatga misoldir”, degan edi Rossiyalik jurnalist Anatoliy Nesimyan 5-oktyabr kuni oʻzining “Parafraz” mualliflik koʻrsatuvida Moskvaning pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlab.
“Namoyishchilar oʻzgarishlarni talab qilmoqdalar va endi eski qoidalar bilan oʻynashni istamayaptilar”, deb tan olgan Kreml tashviqotining taniqli jarchisi boʻlmish NTV telekanali 11-oktyabr kuni efirga uzatilgan lavhada.
Shunday boʻlsa-da, rossiyalik jurnalistlar “tashqi kuchlar”ning Rossiyaga qarshi kirdikorlari toʻgʻrisidagi asossiz fitna nazariyalaridan oʻzlarini tiya olmaganlar.
“Hozirda hammasi gʻalati tarzda Bjezinskiyning shaxmat taxtasini eslatib yuboryapti, Rossiyaning barcha chegaralarida, gʻarbda – Belorusiyada, janubda – Kavkazda va bu yer – Markaziy Osiyoda tanglik yuzaga kelgan”, deyiladi lavhada AQSHning milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi Zbignev Bjezinskiyni nazarda tutib.
Sovet zamonini eslatmoqda
Ammo Markaziy Osiyolik kuzatuvchilar bunday fitna nazariyalarini asossiz deb hisoblaydilar.
Rossiya rejimi oʻz geosiyosiy manfaatlari doirasidagi mamlakatlarda yuz berayotgan inqilobiy voqealarni mavhumlik bilan umumlashtirib baholayapti, deydi Bishkekdagi “Polis Aziya” tahliliy markazi rahbari Elmira Noʻgʻaybayeva.
“Mitingga chiqqan odamlar erkin boʻlishga intilmoqdalar”, dedi u Kremlning ayblovlari, eng avvalo, “ibrat boʻlishi uchun” rossiyalik auditoriyaga qaratilganini taʼkidlab.
“[Rossiyaning] bunday axborot urushi hamma muammolar “imperialistlar fitnasi” va “chet el josuslari” bilan izohlanadigan Sovet zamonini eslatib yubormoqda, lekin dunyo allaqachon oʻzgargan”, deydi Noʻgʻayboyeva.
Voqelik shuki, qirgʻizistonliklar hukumatdan tobora koʻproq norozi boʻlib bormoqda va oʻzgarishlarni istayapti, ommaviy noroziliklarga aynan shu narsa sabab boʻldi, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi Talgat Ismagambetov.
“Rossiyaning oʻzi larzaga kelmoqda, chunki uning oʻz muammolari bor, jumladan oʻz hukumatidan xuddi shunday charchagan xalq”, dedi u. “Putin rejimi oʻz imkoniyatlaridan foydalanib boʻldi va endi uni qayta formatlash kerak”.
Putinning avtoritar rejimi ikki narsaga tayanadi: iqtisodiy muvaffaqiyatlar va tashqi dushmanni belgilash, deydi Ismagambetov.
“Rossiyada hech qanday iqtisodiy rivojlanish yuz bermayotgani sababli, Putin Gʻarb sanktsiyalariga koʻproq mos keladigan ikkinchi omildan foydalanmoqda”, dedi Ismagambetov va Qrimni noqonuniy anneksiya qilganidan beri Moskvaga nisbatan amalda boʻlgan sanksiyalarga ishora qilib. “Bundan tashqari, Putinning ritorikasi bizni boshqa narsalar qatori qudratimiz sababli hurmat qilishlariga kerak, degan gʻoyaga qaratilmoqda.”
“Biroq, amalda esa Rossiya hattoki oʻz ittifoqchilari deb hisoblagan mamlakatlardagi inqirozni ham boshqara olmayapti, Qirgʻiziston, Belarus va Togʻli Qorabogʻdagi voqealar shuni koʻrsatmoqda: bu Rossiya razvedka idoralarining jiddiy xatolari oqibati”, dedi u.
Rossiya hurmatini yoʻqotgan. Oʻz xalqini sotdi. Boshqalarning ishiga burnini suqishni boshladi
Javob berishFikrlar 16
Rossiyaning siyosati aktual emas, fashizmga oʻxshab ketadi
Javob berishFikrlar 16
Rossiyadan chala oʻlikning hidi kelyapti.
Javob berishFikrlar 16
Bishkekning yangi hukumati Kreml koʻrsatmalariga boʻysunmagach, Moskva inqirozning avj pallasida Qirgʻizistonga moliyaviy yordamini toʻxtatdi. Nima boʻpti, [Qirgʻizistonga] Gʻarb homiy boʻlsin endi. Rossiyadan yordam soʻrab, keyin barcha muammolarda uni ayblash nega kerak? Jin urgur mugʻombirlarey, tumshugʻingizdan musht yeyishni xohlaysizmi
Javob berishFikrlar 16
Rossiya Osiyoning qandaydir bir iflos Axlatistonida biror avtoritetga egami-yoʻqmi, bunga tupurib qoʻygan. Agar maqtanishni boshlasalar, Rossiya bu ifloslarning ketiga tepib, uyiga joʻnatib yuboradi. Bu haromzodalar bilan shafqatsiz va qatʼiy ish koʻriladi! )) 30 yildan beri Rossiya bu sariqlar va qoralarni faqat qurilish va hojatxonada ishlashga loyiq boʻlgan arzon, qultabiat eshaklar kabi koʻrgan. Bu juhud Tetekin esa obroʻ haqida valdirayapti, masxaraboz tentak!!! ))) Rossiya bunaqa ifslos va sassiq migrantlar bilan emas, xitoyliklar, yankilar, fransuzlar, fritslarga oʻxshagan hurmatli davlatlar bilan gaplashganida obroʻ bilan gaplashishi kerak! Ana buni obroʻ desa boʻladi. Davlat ham katta ekanligidan bu ifloslarning tizzalari qaltirab, ichlari oʻtib ketadi! )) Axlatiston va boshqa MDH choʻchqaxonalaridagi marazlar buni qanchalar erta tushunsa, oʻzlari uchun shuncha yaxshi...
Javob berishAvval tumshuqlaringni goʻngdan tozalab ollaring, choʻchqabasharalar ))
Javob berishChoʻmilib ol, choʻchqa. Fitna qoʻzgʻama. Shundoq ham siyosatchilarning oʻzi atayin nizo chiqarmoqda.
Javob berishFikrlar 16
Moskva metrosida tojik fuqarosining 2-politsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan shafqatsiz kaltaklanishi https://www.youtube.com/watch?v=xTBA9KN9jqE
Javob berishFikrlar 16
Qirgʻizlarni Rossiya taʼsir doirasidan chiqqani bilan tabriklayman. Qirgʻiziston milliy manfaatlarini himoya qilishi kerak.
Javob berishFikrlar 16
Rossiya oʻz axmoqliligi uchun kuchsizlangan, endi esa oʻzining axmoqliligiga tashqi sabab qidirishyapti.
Javob berishFikrlar 16
Rossiya soʻnib bormoqda. Putin mamlakatni bankrot holatiga keltirib qoʻydi.
Javob berishFikrlar 16
Rossiya – bosqinchi va agressor.
Javob berishFikrlar 16
Qirgʻizistondagi hamma post-Sovet rahbarlar savodsiz boʻlgan. Ular doim iqtisodiyot, sogʻliqni saqlash sohasi, huquqni muhofazalash sohalariga putur yetkazish evaziga Gʻarbdan yordam soʻrashgan. Rossiya esa Qirgʻiziston imkoniyatlarini tiklash maqsadida yordam berga yagona davlat.
Javob berishFikrlar 16
Endi Rossiya hamma joyda siquvga olinadi. SSSRga kirishga majburlagani uchun Rossiya parchalanishi kerak.
Javob berishFikrlar 16
Ayni vaqtda Rossiyadagi vaziyat SSSRning inqirozdan oldingi holatiga oʻxshaydi. Rossiya hamma yerda oʻz taʼsirini yoʻqotmoqda. Kavkazda uning oʻrnini Turkiya egalladi. Juda yaqin orada Kavkaz erkin boʻladi. Ukraina Qrim va Kubanni qaytib oladi. Turkiy ittifoq Turkiyadan Tatariston va Yakutiyagacha boʻladi.
Javob berishFikrlar 16
Rossiyadagi xalq shunchaki qultabiat. U yerda uzoq vaqt krepostnoylik huquqi amalda boʻlgan va genetik jihatdan qarollar tarbiyalangan, qirgʻizlar esa hukumatning uzoq vaqt oʻgʻirlashiga qarab turmaydi.
Javob berishFikrlar 16