Karvonsaroy
Tahlil

Eron qoʻllovidagi jangarilar Suriya rejimining qiynoq va tazyiqlariga aloqador boʻlishi mumkin

Karvonsaroy

Rejim qamoqxonasidan ozod qilingan suriyalik mahbus Aleppo janubidagi Al-Ays nazorat-oʻtkazish punktida muxolifat jangarilariga oʻz jarohatlarini koʻrsatmoqda, 2018-yil, 19-iyul. [Omar Haj Kadour/AFP]

Rejim qamoqxonasidan ozod qilingan suriyalik mahbus Aleppo janubidagi Al-Ays nazorat-oʻtkazish punktida muxolifat jangarilariga oʻz jarohatlarini koʻrsatmoqda, 2018-yil, 19-iyul. [Omar Haj Kadour/AFP]

Eron oʻz ekspansiyaviy rejalarini koʻzlab, prezident Bashar al-Asad rejimini qoʻllab-quvvatlash uchun Suriyaga koʻngilli askarlar yuborgan va rejimning suriyalik tinch fuqarolarni oʻldirishiga sherik boʻlgan.

Eron Suriya mojarosi boshlanganidan beri Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining “Al-Quds” kuchlari (IIPK-QK) yordamida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ushbu boʻlinma qoʻmondoni Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni Bagʻdodda AQSH zarbasi natijasida oʻldirilgan.

Uning oʻlimi Tehronning butun mintaqada jangovarlik va ixtiloflarni avj oldirishga qaratilgan koʻp yillik kampaniyasida burilish yasadi.

Hozirda IIPK-QK Ismoil Qaʼniy qoʻmondonligi ostida harakat qilmoqda. Koʻpchilik kuzatuvchilarning fikricha, uning xarizmasi va mintaqaga oid bilimlari Sulaymoniynikidek boʻlmasa-da, oʻz oʻtmishdoshining yoʻlini davom ettirish niyatida.

Idlib viloyatining shimoli-gʻarbidagi muxolifat nazoratida boʻlgan Dana shahrida IIPKning “Quds” kuchlari qoʻmondoni Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishi munosabati bilan bolalarga shirinliklar taklif qilayotgan suriyalik erkak, 3-yanvar. [Aaref Watad/AFP]

Idlib viloyatining shimoli-gʻarbidagi muxolifat nazoratida boʻlgan Dana shahrida IIPKning “Quds” kuchlari qoʻmondoni Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishi munosabati bilan bolalarga shirinliklar taklif qilayotgan suriyalik erkak, 3-yanvar. [Aaref Watad/AFP]

Ayblanuvchi Iyyad al-Gʻarib (chapda) Suriyada davlat homiyligida qoʻllanilgan qiynoqlarda ayblanayotgan ikki suriyalik mahkum ustidan sud jarayoni oldidan kapyushoni bilan yuzini berkitmoqda. 23-aprel, Gʻarbiy Germaniya, Koblents. [Thomas Lohnes / AFP / POOL]

Ayblanuvchi Iyyad al-Gʻarib (chapda) Suriyada davlat homiyligida qoʻllanilgan qiynoqlarda ayblanayotgan ikki suriyalik mahkum ustidan sud jarayoni oldidan kapyushoni bilan yuzini berkitmoqda. 23-aprel, Gʻarbiy Germaniya, Koblents. [Thomas Lohnes / AFP / POOL]

IIPK-QK tomonidan tuzilgan va boshqariladigan koʻngilli askarlar, shu jumladan afgʻon jangarilaridan iborat Fotimiyun boʻlinmasi ham Suriya rejimini iqtidorda ushlab turish va uning raqiblarini yoʻqotishga ham yashirin, ham oshkora aralashgan.

Bu mojaroni kengaytirish va murakkablashtirish bilan bir qatorda, Suriya rejimiga oʻz xalqiga qarshi yaxshi hujjatlashtirilgan shafqatsizliklarni davom ettirishga imkon berdi, tinch aholiga qarshi kimyoviy hujumlar va qamoqxonalardagi qiynoqlar shular jumlasidandir.

Suriya rejimini shu va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish va chet el, xususan Eron va Rossiyaning aralashuviga toʻsqinlik qilish uchun AQSH hukumati 2019-yil iyun oyida kuchga kirgan Suriya fuqarolarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Sezar qonunini qabul qilgan.

Qonun-2013 yilda Suriya qamoqxonalaridagi vahshiyliklar aks etgan 55 mingta fotosurat bilan chet elga qochgan va AQSH Kongressida guvohlik bergan “Sezar” taxallusli suriyalik sobiq harbiy fotosuratchining sharafiga shunday nomlangan.

Ular orasida Asad qamoqxonalarining ichida olingan, peshonalariga raqamlar qoʻyilgan mahbuslarning qiynoqlar tufayli dahshatli holga kelgan jasadlari aks etgan fotosuratlar ham bor edi.

Shu yilning mart oyida yana koʻrsatma bergan Sezar AQSH va xalqaro hamjamiyatni Asad rejimini qilmishlari uchun javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Asad ittifoqchilariga qarshi sanksiyalar

Sezar qonuni kuchga kirganidan beri AQSH Moliya vazirligi rejimga yaqin shaxslar, jumladan, Asadning rafiqasi va oʻspirin yoshidagi oʻgʻliga nisbatan qator sanksiyalar joriy qilgan.

Bu sanksiyalar Suriyaning neft sektori, qonun chiqaruvchilari va razvedka xodimlariga qaratilgan. Noyabr oyidagi jazo choralari esa 2015-yil oktyabrda Duma shahridagi bozor portlashida 70 dan ortiq tinch fuqaroning halok boʻlishi munosabati bilan joriy etilgan.

Shuningdek, rejimning chet ellik vositachilari ham sanksiya ostiga tushgan.

Qonun Asadni javobgarlikka jalb qilish bilan bir qatorda, Eron va Rossiyaning aralashuviga toʻsqinlik qilish va ularning qayta qurishga doir manfaatli shartnomalar orqali Suriya xalqi ezishdan foyda koʻrishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ishlab chiqilgan.

U Fotimiyun boʻlinmasi va IIPKga aloqador boshqa guruhlarni, shuningdek, Rossiya tomonidan moliyalashtiriladigan, jumladan mamlakatning janubiy qismida Suriya rejimini qoʻllovchi qurolli kuchlarga qaratilgan.

Fotimiyun boʻlinmasining Tsezar qonuniga muvofiq nishonga olinishi “IIPK va uning qurolli kuchlariga qattiq zarba beradi”, dedi Eron masalalari boʻyicha mutaxassis Sheyar Turko.

Jangari guruh IIPK bilan aloqalari va terrorchilik hujumlari uchun 2019-yil yanvaridayoq AQSH Moliya vazirligining sanksiyalariga duchor boʻlgandi.

Yangi sanksiyalar IIPKga “ekpansiyaviy maqsadlarini amalga oshirish uchun” xorijiy vositachilardan foydalanishni taqiqlaydi va Fotimiyun kabi jangari guruhlar oldiga yangi toʻsiqlar qoʻyadi.

Jangari guruh Suriyaning Damashq, Dayr Az-zor, Halab va Palmira singari strategik hududlariga joylashtirilgani rejimning hozirga qadar iqtidorda boʻlishini taʼminladi, dedi Turko.

Fotimiyun qoʻmondonlari va jangchilariga qarshi sanksiyalar qoʻllash orqali uni zaiflashtirish, oʻz navbatida, IIPKning mintaqadagi rejalariga zarba beradi va tabiiyki, rejimga koʻrsatiluvchi yordamga chek qoʻyadi.

IIPK tomonidan moliyalashtiluvchi qurolli guruh Suriyadagi mojaroni avj oldirishda va uni Asad rejimini hokimiyatda ushlab turish uchun mazhablararo kurashga aylantirishda yetakchi rol oʻynadi, deydi “Ash-Sharq” mintaqaviy va strategik tadqiqotlar markazining Eron masalalari boʻyicha mutaxassisi Fathi al-Said.

Uning aralashuvisiz Suriya rejimi bugungi kunga qadar hokimiyat tepasida qolmagan boʻlardi, dedi u qurolli guruhlarni sodir etilgan jinoyatlarga sherik deya taʼriflab.

Rejim jinoyatlarining yangi dalillari

Suriya inson huquqlari observatoriyasi hisob-kitoblariga koʻra, rejim qamoqxonalaridagi qiynoqlar va mudhish sharoit natijasida kamida 100 ming kishi oʻlgan. 2011-yildan beri Suriya qamoqxonalariga yarim million odam tushgan.

Bu orada Suriya rejimi sodir etgan jinoyatlarni tasdiqlovchi yangidan-yangi dalillar boʻy koʻrsatmoqda.

Dushanba (21-dekabr) kuni nemis prokuraturasi Suriyada insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinib, iyun oyida hibsga olingan Germaniyada yashovchi suriyalik shifokorga nisbatan qoʻshimcha ayblovlar ilgari surilishini eʼlon qildi.

AFP xabariga koʻra, Alaʼ M. ismli shaxs ilk dafʼa 2011-yilda Xoms shahridagi Suriya razvedka xizmati tasarrufidagi qamoqxonada mahbuslarni qiynoqqa solish bilan bogʻliq ikki holatda ayblangan.

Ammo prokurorlarning taʼkidlashicha, u endi avvalgidan koʻproq qonunbuzarliklarda, jumladan, bir kishini oʻldirish va 18 nafarini qiynoqqa solishda ayblanmoqda.

Alaʼ M. bu jinoyatlarni sodir etgan vaqtda (jumladan, oʻsmirning jinsiy aʼzolariga oʻt qoʻyganida) Homs shahridagi harbiy qamoqxonada shifokor boʻlib ishlagan.

2012-yilda u jarohatlari ogʻirlashib, harbiy gospitalga yuborilgan mahbusni qidirib topgan. Gumon qilinishicha, u boshqa ikki zobit bilan mahbusni tepib kaltaklagan va uni yoqib yuborishdan oldin jarohatlariga alangalanuvchi suyuqlik quygan. Natijada mahbus hushini yoʻqotgan.

Alaʼ M. bu voqeadan bir necha kun oʻtgach, mahbusning qamoqxonadagi kamerasiga borgani va u yerdagi boshqa 20 mahbusni doʻpposlab, tepganlikda ayblanmoqda.

Mahbuslardan biri oʻzini himoya qilishga uringan.

“Bu voqeadan koʻp oʻtmay, sudlanuvchi zaharli modda bilan oʻziga ukol qilib, bir necha daqiqadan soʻng vafot etgan”, deb xabar beradi prokuratura.

Jabrdiydalar gumonlanuvchilar haqida koʻrsatma bergach, aprel oyida Germaniyada Asad rejimining davlat miqyosidagi qiynoqlari boʻyicha ilk sud jarayoni boshlangan.

Ikki ayblanuvchi – Suriya razvedkasining sobiq zobitlari Anvar Raslan va Eyad al-Gʻarib xorijiy mamlakatga insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlarni javobgarlikka tortishga imkon beruvchi universal yurisdiktsiya tamoyili boʻyicha sudlanmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500