Karvonsaroy
Salomatlik

Qozogʻistonliklar boshqa tanlovlar borligi sabab Xitoy vaksinalaridan voz kechmoqdalar

Kanat Altinbayev

13-aprel kuni COVID-19 vaksinasini olish uchun Olmaotaga kelgan ayol bilan suhbatlashayotgan shifokor. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

13-aprel kuni COVID-19 vaksinasini olish uchun Olmaotaga kelgan ayol bilan suhbatlashayotgan shifokor. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

OLMAOTA – Qozogʻistonda ommaviy vaksinatsiya jadallashar ekan, koʻplab vaksinalar taklif etilayotgani bois qozoq fuqarolari Xitoy ishlab chiqargan vaksinalardan koʻra boshqa variantlarni maʼqul koʻrmoqdalar, deydi tibbiyot mutaxassislari va qozogʻistonliklar.

1-fevraldan ustuvor toifalar uchun moʻljallangan vaksinatsiyaning dastlabki bosqichidan soʻng, aprel oyi boshida keng doiradagi aholini emlash jarayoni boshlandi.

8-may holatiga koʻra, endigina 567 ming kishi yoki Qozogʻiston aholisining 3 foizi ikki doza bilan toʻliq vaksinatsiya qilingan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Endilikda qozogʻistonliklarda Olmaota viloyatida qozoq olimlari tomonidan ishlab chiqilgan QazVac vaksinasi bor.

14-aprel kuni Olmaotadagi klinikaga kiraverishda COVID-19 vaksinasini olish uchun navbatda turgan qozogʻistonliklar. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

14-aprel kuni Olmaotadagi klinikaga kiraverishda COVID-19 vaksinasini olish uchun navbatda turgan qozogʻistonliklar. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

“Hayat-Vax” qabul qiluvchilar kam

24-aprel kuni “Samuryq-Qazyna” milliy farovonlik jamgʻarmasi oʻz xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun 500 ming kishiga yetadigan 1 mln. dona “Hayat-Vax” vaksinasini sotib olganini aytgan, ammo ularni juda kamchilik qabul qilgan.

5-may kuni “Hayat-Vax” Nur-Sultondagi shifoxonalarga yetkazib berilgan boʻlsa-da, uni faqat toʻqqiz nafar qozogʻistonlik oldi, deydi Nur-Sultondagi 13-klinikaning boʻlim boshligʻi Saltanat Bekseitova.

Odamlar Xitoy vaksinasiga ishonmay, Qozogʻistonda ishlab chiqarilganini tanlamoqdalar”, deydi Bekseitova.

Kompyuter jihozlarini taʼmirlovchi Nur-Sultonlik mutaxassis Pavel Korobeynikov pandemiyani toʻxtatish uchun vaksinalar zarurligini tushunsa-da, Xitoyda ishlab chiqarilgan vaktsinani qabul qilmasligini aytadi.

“Xitoy olimlari yoki byurokratlari nima deyishidan qatʼi nazar, vaksina qanday yoki nimadan tayyorlanganini bilmayman”, deydi Korobeynikov. “Men ularga shunchaki ishonmayman.”

Aksilxitoy kayfiyatining kuchayishi

Qozogʻiston xorijiy vaksinaga pul sarflamay, oʻz vaksinasi bilan ham kifoyalansa boʻlar edi, deydi mahalliy “QazVac” vaksinasi bilan emlangan olmaotalik taksi haydovchisi Azamat Bekbay.

Xalq orasida aksil-Xitoy kayfiyati kuchayib borayotganligi sababli “Hayat-Vax” Qozogʻistonda ommalashmaydi, deydi u.

“Nimaga xalqimiz qozoq va boshqa millatga mansub musulmon birodarlarimiz, opa-singillarimizni taʼqib qilib, oʻldirayotgan davlatning vaksinasini qabul qilishi kerak?”, deydi Bekbay xalqaro hamjamiyat insoniyatga qarshi jinoyat deb tan olgan Xitoyning Shinjonidagi millionlab musulmonlarning qamoqqa olinishi va tahqirlanishini nazarda tutib.

“Jin ursin Xitoy vaksinasini. Unga qarshi boykot eʼlon qilishimiz kerak.”

Markaziy Osiyo mamlakatlari ham Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarga shubha bilan qaramoqda.

Xitoy 75 ming kishiga yetadigan vaksina yetkazib bergach, Qirgʻiziston mart oyi oxirida ommaviy emlash kampaniyasini boshlab yuborgan.

Ammo, Qirgʻizistonda ham Xitoy vaksinasiga nisbatan ishonchsizlik keng tarqalgan.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qirgʻiz xizmatiga koʻra, mart oyida Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibasi Burul Asikbekova ayrim shifokorlar Sinopharm vaksinasini olishdan bosh tortayotganliklari haqida xabar bergan edi.

Bu orada Turkmanistonda Xitoy yetkazib bergan vaksinani qabul qilgan ayrim odamlar “juda yomon nojoʻya taʼsirlarni” boshdan kechirganliklari haqida xabar berishgan, bu taʼsirlar orasida kuchli koʻngil aynishi, qayt qilish va ich ketishi kuzatilgan boʻlib, baʼzi hollarda bemorlarga tez yordam chaqirilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500