Karvonsaroy
Din

Markaziy Osiyodagi diniy arboblar Rossiyaning Ukraina xalqiga qarshi “gunohli” urushini qoralamoqda

Kseniya Bondal va AFP

Suratda: Ukrainaning Bucha shahridagi Moskva Patriarxiyasiga qarashli avliyo Andrey cherkovi hududidagi birodarlik qabristoni, 8-aprel. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Suratda: Ukrainaning Bucha shahridagi Moskva Patriarxiyasiga qarashli avliyo Andrey cherkovi hududidagi birodarlik qabristoni, 8-aprel. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

OLMAOTA – Rossiyaning asossiz bosqinidan aziyat chekayotgan Ukrainadagi fojia Markaziy Osiyodagi diniy arboblarning keskin eʼtiroziga sabab boʻlgan.

Rus pravoslav cherkovi rahbarlari Rossiyaning Ukrainadagi urushini goʻyoki maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish sifatida oqlamoqda.

Ammo oʻz mamlakatidagi eng yirik cherkovning faraziy taʼlimotlariga befarq boʻlgan Rossiya qoʻshinlari 24-fevral kuni mamlakatga bostirib kirganidan beri Ukrainadagi dindoshlarini qirgʻin qilmoqda.

Aprel oyi boshida Rossiya kuchlari Kiyev chekkasidagi Bucha va Irpen shaharlaridan chekinganidan soʻng, Ukraina hukumati u yerdan qiynoqqa solingan va qatl etilgan tinch fuqarolarning jasadlarini topgan.

Suratda koʻrsatilgan olmaotalik iyeromonax Iakov Vorontsov 21-yanvar kuni oʻzining Facebook sahifasida Rossiya agressiyasiga keskin qarshi chiqdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atadi. [Iyeromonax Iakov Vorontsov/Facebook]

Suratda koʻrsatilgan olmaotalik iyeromonax Iakov Vorontsov 21-yanvar kuni oʻzining Facebook sahifasida Rossiya agressiyasiga keskin qarshi chiqdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atadi. [Iyeromonax Iakov Vorontsov/Facebook]

Pravoslavlarning Verb yakshanbasida (17-aprel) zoʻravonliklar bir muddatga toʻxtagan, chunki Kiyevni ishgʻol qila olmagan Rossiya kuchlari Ukraina sharqiga hujum uchun hozirlanayotgan edi.

Kramatorskdagi Svyato-Pokrovskiy pravoslav cherkovida qirqqa yaqin odam – asosan yorqin rangdagi roʻmol oʻragan ayollar vaʼz boshlanganida boʻsh oʻrindiqlarni egalladilar.

“Hozir juda qiyin va qoʻrqinchli”, deydi toʻrtta yaltiroq gumbazli, qizil gʻishtli cherkovga kelgan ayollardan biri.

“Askarlarimizga kuch va iymon soʻrab ibodat qilishimiz kerak. Bu bizga ham, ularga ham kerak”, deb aytgan u AFPga ismini oshkor qilishni istamay.

Urushni qoralash

Dunyo mamlakatlaridagi diniy arboblar, jumladan, Moskva patriarxiyasining Ukrainadagi vakillari Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzini keskin qoralamoqda.

Bosqinning birinchi kunida Moskva patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkovi yepiskopi, mitropolit Onufriy Moskva bilan aloqalarni uzib, urushni qoraladi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning harakatlarini birodarkushlikka qiyosladi.

“Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qatʼiyan qoralaymiz va Xudodan uni tezroq tugatishini soʻraymiz”, dedi Litvadagi pravoslav cherkovi rahbari, Vilnyus va Litva mitropoliti Innokentiy 18-mart kungi bayonotida.

Moskva patriarxiyasining Estoniya pravoslav cherkovi mitropoliti Yevgeniy ham Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoralashga qoʻshildi.

“Estoniya cherkovlar kengashi tarkibiga kiruvchi cherkovlar rahbarlari sifatida biz gumanitar obyektlar, jumladan, ibodatxonalarning oʻqqa tutilishi va tinch aholi hayotining xavf ostida qoldirilishini qoralaymiz”, dedi u 1-mart kuni bir nechta ruhoniylar tomonidan imzolangan ochiq xatda.

29-mart kuni Polshaning Varshava shahridagi dunyo pravoslav xristianlari yetakchisi Ekumenik Patriarx Varfolomey I: “ushbu dahshatli bosqinning Ukraina va butun dunyoda qancha vayronagarchilik keltirganini tasavvur qilib boʻlmaydi”, deb aytgan.

AFP xabariga koʻra, 82 yashar qariya shuningdek, urushni “adolatsiz” va “asossiz” deya qoralagan.

Moskva patriarxiyasi yetakchichi Patriarx Kirill esa Kreml tarafini oldi.

“Birodarkushlik gunohi”

Qozogʻistonda bir guruh pravoslav cherkovi ruhoniylari va xodimlari “Ukrainadagi birodarkushlik urushini toʻxtatishga masʼul boʻlgan har bir kishini zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga” chaqirdi.

“Ukrainadagi birodarlarimiz boshiga tushgan sinovdan qaygʻudamiz”, deyiladi ularning 1-mart kungi, oʻldirishga buyruq bergan har kimni dahshatli hukm kutayotgani aytilgan bayonotida.

Bayonotga imzo chekkan ruhoniylardan biri olmaotalik iyeromonk Iakov Vorontsovdir.

Ukrainadagi urushning dastlabki kunlaridanoq Rossiya tajovuziga keskin qarshi chiqqan Vorontsov oʻzining Facebook sahifasida Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atagan.

“Harbiy jinoyatchiga boykot eʼlon qilish orqali biz oʻzimiz va Qozogʻistonimizni birodarkushlikka sherik boʻlish gunohidan himoya qila olamiz. Agar bu ishni qilmasak, minglab urush qurbonlarining qoni uchun masʼul boʻlamiz”, deb yozgan Vorontsov 3-mart kuni.

“Men bu Xudoning amrlarini buzish ekanligiga ishonishda davom etaman, ulardan biri hozirgi payt uchun mos keladi: “Oʻldirma”. Biz bu amrlarga rioya qilishimiz kerak. Urushni oqlash Xudoning amriga itoatsizlikdir”, dedi u Karvonsaroyga.

Olmaotalik ikonanavis Vladimir Kononov ham Rossiya armiyasining Ukrainadagi ishlarini ulkan gunoh deb hisoblaydi.

“Bilasizmi, menga zamondoshlarimizdan biri Ioann Burdinning aytgan gaplari yoqadi. Zoʻravonlik bilan yovuzlikni yengib, yer yuzida tinchlik oʻrnatib boʻlmaydi. Qotillik qilgan odam, hatto fidoyilik bilan, yaqinlariga nisbatan sevgi yoki ularning taqdiri uchun masʼuliyat hissi tufayli, oʻldirsa ham gunohkor boʻladi”, deydi u Karvonsaroyga.

“Alohida odam u yoqda tursin, butun bir davlat tinch aholini qasddan oʻldirishni oqlab, qoʻllab-quvvatlasa - bu eng ogʻir gunohdir”, deydi Kononov. “Rossiya armiyasi Ukrainada shunday qilyapti”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rus pravoslav cherkovi rahbarlari Rossiyaning Ukrainadagi urushini goʻyoki maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish deb oqlaydilar, ular u yerda nima boʻlayotganini koʻrishdimi oʻzi?

Javob berish

Oʻnta amrni eslasak, birinchisi – “oʻldirma”. Ular ukrainlarni oʻldirish va ukrain xalqini yoʻq qilish uchun urush boshladilar; bu nasroniylikning barcha tamoyillariga ziddir.

Javob berish