MOSKVA – COVID-19 virusidan oʻlgan tibbiyot xodimlarining rasmiy soni mustaqil manbalarda keltirilgan raqamlardan keskin farqlanar ekan, bu Rossiya rejimi bayonotlarning toʻgʻriligini shubha ostida qoldirib, mamlakat sogʻliqni saqlash tizimining holati yuzasidan koʻplab savollarni keltirib chiqarmoqda.
Oʻtgan hafta Moskva koronavirusdan kamida 101 nafar tibbiyot xodimi vafot etgani haqida ilk marta xabar bergan edi, ammo shifokorlar tomonidan onlayn tarzda tuzilgan roʻyxatda ularning soni ancha koʻp.
Sogʻliqni saqlash vazirligining yuqori lavozimli vakili Lyudmila Letnikova parlamentning sogʻliqni saqlash qoʻmitasiga vazirlik tibbiyot xodimlarining oʻlimini qayd etib borayotganini aytgan boʻlsa-da, Kreml bu kabi raqamlarni ilk bor oshkor qilgan.
Shunga qaramay, rasmiy raqamlar shifokorlar tomonidan hamkasblar yuborgan maʼlumotlar asosida tuzilgan va 293 kishi qayd etilgan internetdagi roʻyxatdan ancha kam.
Yuqoriroq koʻrsatkich Rossiyada koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq voqelikning noqulay aksi hisoblanadi, zero mamlakatda COVID-19 inqirozi boshlanganidan beri eng yuqori kasallanish va oʻlim holatlari qayd etilmoqda.
Seshanba (2-iyun) kuni Rossiyada koronavirusdan oʻlganlar soni 5 ming nafardan oshdi, kasallikka chalinganlarning umumiy soni esa 420 mingtani tashkil qilib, dunyo boʻyicha uchinchi oʻringa chiqdi.
Shunday boʻlsa-da, tanqidchilar hukumatni oʻlimlarning real sonini yashirib koʻrsatayotganlikda ayblab, cheklovlarni olib tashlash infeksiyaning yangi toʻlqiniga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirmoqdalar.
Rossiyada virusning nazorat ostida ekani haqidagi tasavvur 24-iyun kuni Moskvada ommaviy harbiy parad va 1-iyul kuni oʻz hukmronligini 2024-yilga qadar uzaytirishga imkon beruvchi konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha ovoz berish jarayonini oʻtkazishni rejalagan Vladimir Putin uchun juda muhimdir.
Xotira roʻyxati
Aprel oyida bir guruh tibbiyot xodimlari Moskva davlat shifoxonasi kardiologi Aleksey Erlix tashabbusi bilan “Xotira roʻyxati” saytini ishga tushirganlar.
Roʻyxatni tuzuvchilar hukumatning bu ishga qoʻl urmasligini gumon qilib, tibbiyot xodimlarining oʻlimi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot berishni maqsad qilganlar.
Onlayn roʻyxat chiqqanidan soʻng, Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlari orasida koronavirus bilan bogʻliq oʻlimlar soni haqidagi AFP soʻroviga javob bermagan.
Oʻlimlar soniga oid shubhali rasmiy maʼlumotlar koronavirus haqida dezinformatsiya tarqatishga qaratilgan saʼy-harakatlarni kuchaytirgan Kreml mamlakatdagi sogʻliqni saqlash tizimida shu kabi adashtirish va chalkashlik taktikasini qoʻllay boshlagani va bu rossiyalik tibbiyot xodimlarining noroziligiga uchraganidan koʻp oʻtmay paydo boʻlgan.
Putin COVID-19 bemorlari bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlarini ogʻir mehnat va xavf-xatar uchun ragʻbatlantirish maqsadida ularga katta pul mukofotlarini vaʼda qilgan edi. Ularning koʻpchiligiga haligacha hech narsa berilmagan.
“Infeksiyaga chalinganlar bilan aloqada boʻlganim uchun qoʻshimcha pul olaman deb oʻylagandim”, deydi Moskva yaqinidagi shifoxonalardan birida ishlaydigan 24 yashar Mariya.
“Men virus yuqtirishim mumkin edi, ammo qoʻshimcha mukofot puli uyoqda tursin, odatdagidan kamroq maosh oldim”, degan edi u may oyida har bir smena uchun bittagina jarrohlik niqobi va bir juft qoʻlqop olganini aytar ekan.
Oʻlimlar bilan bogʻliq savollar
Rossiya ilgʻor oʻrinlarda pandemiyaga qarshi kurashayotgan shifokorlarga oʻz haqini bermay kelayotgan bir paytda, ayrim kuzatuvchilar koronavirus bilan bogʻliq kasallanish va oʻlim holatlarining rasmiy soniga shubha bilan qaramoqdalar.
Rossiyadagi oʻlim holatlarining soni kamroq kasallanish holatlarini qayd etgan koʻplab mamlakatlarga nisbatan pastroq boʻlgan, bu esa hukumat oʻlimlar sonini aniq qayd etmoqdami yoki yoʻqmi, degan savolni keltirib chiqarmoqda.
Rasmiylar ommaviy test oʻtkazish kampaniyalariga koʻra yengil koʻrinishdagi yoki asimptomatik kasallarni, shu bilan birga autopsiya natijalariga koʻra oʻlim holatlari qayd etilayotganini bunga sabab qilib koʻrsatganlar.
28-may kuni rasmiylar raqamlarning kamaytirib koʻrsatilayotgani haqidagi iddaolarga javoban aprel oyi uchun oʻlim holatlari statistikasini eʼlon qildi.
Sogʻliqni saqlash mutasaddilariga koʻra, aprel oyida Moskvada avval xabar qilinganidek 639 ta emas, balki 636 kishi hayotdan koʻz yumgan.
Moskva sogʻliqni saqlash departamenti aprel oyida 756 kishida koronavirus aniqlangani, ammo ular “boshqa sabablar bilan oʻlgani” haqida xabar bergan.
Rasmiy maʼlumotlar joylardagi haqiqiy holatdan keskin farq qiladi.
Masalan, Sankt-Peterburgdagi tibbiyot xodimlarining soʻzlariga koʻra, shifoxonalar bemorlarga toʻlib ketgan.
Pokrovskaya shahar klinikasi shifokori Sergey Sayapin mahalliy OAVga bergan intervyusida may oyi oxirlarida uning 540 oʻrinli shifoxonasida taxminan 650 nafar bemor davolanayotganini aytgan.
“Odamlar yotoqlar ustida koʻrpa-yostiqsiz yotar edi”, deb aytgan Sayapin chorshanba kuni. U AFP bilan gaplashishni istamadi.
“Tez yordam mashinalari koronavirus bilan kasallangan bemorni joylashtirish uchun yetti soatgacha kasalxonama-kasalxona yurishi mumkin”, deb aytgan shaxsi ochiqlanishini istamagan tez yordam mashinasi haydovchisi AFP nashriga.
“Kasalxonalar tiqilib ketgan. Men har kuni koʻrayotganlarimizga zid keluvchi rasmiy raqamlarga ishonmayman.”
Koronavirusga oid soxta iddaolar
Moskvaning Rossiyadagi virus taʼsirini kamaytirib koʻrsatishga urinishi mamlakat ichidagi muammolarni yashirish hamda boshqa davlatlar va mintaqalarni beqarorlashtirishga qaratilgan dezinformatsiya kampaniyalarida aks etadi.
Dunyo COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashayotgan bir paytda, Kreml halokatli virus haqida zararli dezinformatsiya tarqatishni davom ettirib, butun dunyodagi odamlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda, deyiladi Yevropa Ittifoqining (YI) aprelda eʼlon qilingan tadqiqotida.
Yevropa sogʻliqni saqlash tizimini obroʻsizlantirish orqali Gʻarbdagi inqirozni kuchaytirishni koʻzlagan Kremlparast ommaviy axborot vositalari COVID-19 haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqatmoqda, deb ogohlantirilgan mart oyida AFP ixtiyoriga kelib tushgan YI ichki hujjatida.
Kuzatuvchilar 22-yanvardan 1-aprelga qadar kremlparast ommaviy axborot vositalarining COVID-19 borasidagi 150 dan ortiq dezinformatsiya holatlarini qayd etganlar, deb xabar beradi Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS).
Dezinformatsiyadan maqsad – oʻnlab turli xil, ayrim hollarda bir-biriga zid xabarlar tarqatib, tartibsizlik va vahima keltirib chiqarish.
Rossiyada koronavirusga chalinganlar 500 mingga yetdi
Javob berishFikrlar 6
Hamma yuk mashina haydovchilari Rossiyadan kasallik yuqtirib kelmoqda. Hech kim hech qanday pulga Rossiyaga borishni xohlamayapti! Xitoyga yoki Turkiyaga borgan maʼqul, ammo Rossiya emas. Koronavirus butun Rossiyani yondirmoqda.
Javob berishFaktlar bormi??
Javob berishFikrlar 6
Putin shuningdek, parad ham oʻtkazmoqchi, orada “yuqumli polk” ham qadam tashlab oʻtadi
Javob berishFikrlar 6
Rossiya oʻta yolgʻonchi mamlakat.
Javob berishOʻchir ovozingni
Javob berishFikrlar 6