Karvonsaroy
Saylovlar

Kuzatuvchilar: Putin va Lukashenko bitta choʻkayotgan kemada

Kanat Altinbayev va AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko 2019-yil 30-iyun kuni Minskda Yevropa oʻyinlarining yopilish marosimida ishtirok etmoqdalar. [Sergey Gapon/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko 2019-yil 30-iyun kuni Minskda Yevropa oʻyinlarining yopilish marosimida ishtirok etmoqdalar. [Sergey Gapon/AFP]

OLMAOTA – Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko iqtidorda qolishga intilgan holda oʻzaro aloqalarni mustahkamlamoqda, zotan ikkala rahbar ham saylovchilar va xalqaro hamjamiyatning tobora kuchayib borayotgan bosimiga duch kelishgan.

Dushanba (14-sentyabr) kuni Putin jangovar holatdagi Belarus liderini qoʻllab-quvvatlar ekan, 1,5 milliard dollarlik kredit vaʼda qildi. Lukashenko ham Moskva bilan aloqalarni mustahkamlashga vaʼda bergan.

Putinning Sochidagi qarorgohida ikki davlat rahbarlari yakkama-yakka muzokaralar oʻtkazdilar, ular taxminan toʻrt soat davom etdi.

Bu Lukashenkoning 9-avgust kungi bahsli prezident saylovlaridagi gʻalabasi keng omma noroziligini keltirib chiqarganidan beri uning ilk xorijiy safari boʻldi. Shunday namoyishlarning biri yakshanba (13-sentyabr) kuni Minskda boʻlib oʻtgan va unda oʻn minglab odam qatnashgan.

13-sentyabr kuni Minskda prezident saylovi natijalariga qarshi norozilik namoyishi chogʻida huquq-tartibot idoralari xodimlari oldida tiz choʻkkan belaruslik ayol. Beloruslar bir oydan beri prezident Aleksandr Lukashenkoning mojaroli qayta saylanishiga qarshi namoyish oʻtkazmoqdalar, toʻrt hafta davomida 100 mingdan ortiq odam Minsk koʻchalariga chiqqan. [TUT.BY/AFP]

13-sentyabr kuni Minskda prezident saylovi natijalariga qarshi norozilik namoyishi chogʻida huquq-tartibot idoralari xodimlari oldida tiz choʻkkan belaruslik ayol. Beloruslar bir oydan beri prezident Aleksandr Lukashenkoning mojaroli qayta saylanishiga qarshi namoyish oʻtkazmoqdalar, toʻrt hafta davomida 100 mingdan ortiq odam Minsk koʻchalariga chiqqan. [TUT.BY/AFP]

Mazkur uchrashuv Rossiyada avgust oyi oxirida muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishidan keyin muxolifat liderlari tomonidan ramziy gʻalaba deb eʼlon qilingan mahalliy saylovlar ortidan oʻtkazilgan. Hozirda Navalniy Germaniyada davolanmoqda.

“Katta ogʻa” yonida turish

Lukashenkoning siyosiy kelajagini maʼqullagan Putin Belorusiyaning muxolifatni tinchlantirishga qaratilgan konstitutsiyaviy oʻzgarishlarga oid rejalarga yuqori baho bergan.

Belaruslik hamkasbi bilan birga televideniye orqali chiqish qilgan Putin “uning tajribasini hisobga olgan holda” bu “mamlakat siyosiy tizimi rivojida yangi marralarni zabt etishga imkon berishiga ishonishini” aytgan.

26 yildan beri iqtidorda boʻlgan Lukashenko bir necha yil avval konstitutsiyani oʻzgartirish masalasini koʻtara boshlagan edi.

Putin iqtisodiy yordam taklif qilar ekan, Moskva Belarusga 1,5 milliard dollar miqdorida kredit ajratishini aytdi.

Belarusliklar siyosiy inqirozni “mustaqil, tinch yoʻl bilan va oʻzaro muloqot orqali, tashqaridan koʻrsatma va bosimsiz” hal qilishlari kerak, dedi u.

Lukashenko Putinga oʻzini “munosib tutgani” uchun minnatdorchilik bildirar ekan, Belarus “katta ogʻasi bilan yaqin boʻlishi va barcha masalalarda hamkorlik qilishi” kerakligini aytdi.

“Keyingisi Rossiya boʻladi”

Agar Belarus rejimi keng miqyosli noroziliklar tufayli qulaydigan boʻlsa, keyingisi “Rossiya boʻladi”, deb ogohlantirdi Lukashenko 8-sentyabr kuni Rossiya telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiyaning “RIA Novosti” davlat axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Minskda rossiyalik jurnalistlar bilan uchrashgan Lukashenko yaqin orada Rossiyaga taʼsir qiladigan “ayrim siyosiy voqealarni” hisobga olgan holda doimiy saʼy-harakatlarni amalga oshirishga chaqirgan.

“Rossiya rahbariyati bilan nima xulosaga kelganimizni bilasizmi?” dedi u. “Bugun Belorussiya qulaydigan boʻlsa, keyingisi Rossiya boʻladi”.

Rossiyani hatto Belarusnikidan mustahkamroq iqtisodiy barqarorlik ham qutqarib qololmaydi, dedi u.

“Boy Rossiya bunga bardosh beradi deb oʻylayotgan boʻlsangiz, adashasiz”, dedi Lukashenko. “Men koʻplab prezidentlar va eski doʻstim Putin bilan gaplashdim ... va bunga qarshi turish imkonsiz ekanligi haqida ogohlantirdim.”

Butun Rossiya boʻylab juma-yakshanba (11-13-sentyabr) kunlari boʻlib oʻtgan saylovlarga koʻra, Lukashenkoning soʻzlarida jon borga oʻxshaydi.

Mamlakatning jami 85 ta mintaqasi orasidagi oʻnlab hududlarda rossiyaliklar viloyat va shahar kengashlari deputatlari va gubernatorlarni sayladilar, shuningdek xalq deputatlarini saylash boʻyicha oʻtkazilgan qoʻshimcha saylovlarda ovoz berdilar.

Soxtalashtirilgani daʼvo qilingan saylovlarda Kremlparast nomzodlar ustunlik qilgan. Muxolifat lideri Navalniyning Tomsk (Sibir) shahridagi zaharlanishi ham saylovlarga soya solgan.

Hukmron “Yagona Rossiya” partiyasi soʻnggi yillarda Putin bilan birga oʻz reytingini yoʻqotgan boʻlsa ham, uning nomzodlari koʻp oʻrinlarga ega chiqqan.

Navalniyning ittifoqdoshlari Novosibirsk va Tomskda uzoq kutilgan shahar kengashi uchun saylovlarda misli koʻrilmagan yutuqlarga erishib, ramziy gʻalabani nishonlaganlar.

Frantsiya va Shvetsiyada oʻtkazilgan laboratoriya sinovlari Kreml tanqidchisi asabni falajlovchi “Novichok” moddasi bilan zaharlanishdan omon qolganini tasdiqladi, deb xabar bergan Germaniya hukumati 14-sentyabr kuni. Rossiya rejimi Navalniyni zaharlagani haqidagi ayblovlarni rad etgan.

Zaruriy islohotlar

Markaziy Osiyolik siyosiy tahlilchilar Belarus va Rossiyadagi voqealarni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Ularga koʻra, Belorussiyadagi siyosiy inqirozni zoʻravonlik yoʻli bilan hal qilish nomaqbul: ham Rossiya, ham Belarusning avtoritar rejimi oʻz siyosiy tizimida tegishli oʻzgarishlarni qabul qilishi zarur.

Lukashenko namoyishchilar bilan til topishishi, muzokaralar stoliga oʻtirishi hamda oʻzining va halqning manfaatlari oʻrtasidagi mushtaraklikni aniqlashi kerak, deydi oʻtmishda Qirgʻiziston bosh vaziri va milliy xavfsizlik vaziri lavozimlarida ishlagan “Or-nomus” siyosiy partiyasi rahbari Feliks Kulov.

Moskva Minskka oʻz geosiyosiy manfaatlaridan kelib chiqib yordam bermoqda, chunki Kreml uning yonida turadigan barqaror, boshqariladigan davlatga muhtoj, deydi u.

Shu bilan birga, Rossiyada ham norozilik kayfiyati avj olgan, deydi Kulov.

“Shu kunlarda u yerdagi odamlar oʻz prezidentlari Vladimir Putindan norozi”, dedi u. “Biz dunyo tezkorlik oʻzgarib turadigan davrda yashayapmiz va odamlarning oʻzgarishlarga intilishi tabiiy.”

“Shunday ekan, Putin xalq manfaatlari bilan hisoblashishi, iqtisodiyotni rivojlantirishi va oʻz fuqarolari farovonligini oshirishi kerak”, dedi Kulov.

“Mentalitet inqilobi”

Diktatorlar muayyan muddat hokimiyatni ushlab turishga muvaffaq boʻlsa-da, ular bunday tizimni abadiy saqlab turolmaydi va oxir-oqibat barcha avtokratik rejimlar qulaydi, dedi Qozogʻistonning Risklarni baholash markazi rahbari, olmaotalik Dosim Satpayev.

“Odamlar eski siyosatdan charchagan”, dedi u Qozogʻistonning “Forbs” internet-nashriga bergan intervyusida. “Rossiyada ham Putinning anʼanaviy elektorati kamayib bormoqda. U yerda odamlar Putindan charchagan.”

Yangi avlod Belarus va Rossiyada norozilik harakatlarining tayanchiga aylandi – ular oʻzgarishlarga intiluvchi ilgʻor yoshlar, dedi u.

“Bu mentalitet inqilobi, internet texnologiyalari inqilobidir”, dedi Satpayev. “Omma ongini boshqarish imkonsiz boʻlib qolgan”.

“Lukashenkoning oʻzi yaqinda bergan intervyusida davlat ommaviy axborot vositalari endi oldingidek samarali faoliyat yurita olmasligini aytdi”, dedi u. “Bu borada internet hukmronlik qilmoqda.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

“Dunyoni titratuvchi”ning qoʻyni torlik qiladi. Endi Makronning oʻzi Batkadan bu qulay joyni boʻshatishni soʻrayapti ...

Javob berish

“Yangi avlod, progressiv yoshlar...” osh-non, uy-joy, ijtimoiy qulayliklarga boʻlishni istaydi va qandaydir “Betxoven batalyoniga” aʼzolikni orzu qiladi.

Javob berish

Oʻldirish mumkin emas zaharlash. Vergulni kim qoʻyadi?

Javob berish

“Batkani” oʻldirib ham, zaharlab ham boʻlmaydi. (“Batka”, “chol” – ruslar tarafidan Lukashenkoga berilgan, asosan Belarusdan tashqarida ishlatiladigan laqab]. “Oʻyiqdagi loy” kabi 26 yillik chayqalishdan soʻng “kichik sol”

“Batkani” oʻldirib ham, zaharlab ham boʻlmaydi. Ssilla va Xaribda oʻrtasida “oʻyiqdagi loy” kabi 26 yillik chayqalishdan soʻng, Odissey taxtni tanladi. Shu yerdan Lu shvedlarga tahdid soladi. [A.Pushkinning “Bronza odam” asaridan iqtibos keltirilgan]. Kim Chen Ir yaponlarni qoʻrqitgani kabi...

Javob berish

“U “olamni titratuvchi” qoʻltigʻida moʻjizaga umid qilib tinchlandi”. Lekin u yer juda tor ekan. “Eshak oʻlganida” yoki Sheyker taxtni boʻshatganida...

Javob berish

Oʻtgan asrda injiq, gʻazabnok va jizzaki choʻloq qul egasi boʻlgan quldorlikka asoslangan Rutiniya taxtiga ulkan kemani bogʻlab qoʻygan edi. Oʻshandan beri “Yovuz imperiya”dan ajralish boʻyicha jiddiy urinishlar kuzatilmagan.

Javob berish

Kichkina solda Stsilla va Xaribda oʻrtasida suzib yurardi. Ammo bizning asrimizda hamma yoʻllar ming yillik Moskvaga, quldor Rutiniyaga olib boradi.

Javob berish

Putin Lukashenko = Pukashenko. Oxirgi ikkita diktator prezident.

Javob berish