Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning xususiy harbiy pudratchilarga tayanishi butun dunyoda xavotirga sabab boʻlmoqda

Kanat Altinbayev

“Vega” yoʻriqchilari Suriyadagi “Liva al-Quds” (Quddus boʻlinmasi) jangchilarini tayyorgarlikdan oʻtkazmoqda, 2019-yil yanvar oyida olingan surat. [VKontakte / Oleg Bloxin]

“Vega” yoʻriqchilari Suriyadagi “Liva al-Quds” (Quddus boʻlinmasi) jangchilarini tayyorgarlikdan oʻtkazmoqda, 2019-yil yanvar oyida olingan surat. [VKontakte / Oleg Bloxin]

OLMAOTA – Geosiyosiy manfaati mavjud mamlakatlardagi strategik muammolarni hal qilishda Rossiyaning tobora koʻproq norasmiy harbiy tuzilmalarga tayanayotgani bilan bogʻliq dalillar dunyo miqyosida xavotir uygʻotmoqda.

Ukraina sharqida, Suriya, Liviya, Sudan, Venesuyela, Madagaskar va boshqa mamlakatlardagi urushlarda ishtirok etib tanilgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin safdoshlari tomonidan tuzilgan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) qatorida yangi “Vega” XHK ham asta-sekin boʻy koʻrsatmoqda.

Rossiya rejimi bunday pudratchilar yordamida kimgadir zarar berishi yoki qurbonlarga sabab boʻlishi mumkin, biroq bu xunrezliklar Kremlning kitoblarida aks etmaydi.

2019-yil mart oyida ochiq manbalardan foydalangan holda urushlarni oʻrganuvchi mustaqil rus blogerlari guruhi – Conflict Intelligence Team (CIT) “Vega” yollanma askarlari Vagner guruhidagi hamkasblari qatori prezident Bashar Asadni qoʻllab-quvvatlash uchun Suriyada 2018-yildan beri faoliyat yuritayotganini koʻrsatuvchi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

“Vega” yoʻriqchilari Suriyadagi “Liva al-Quds” (Quddus boʻlinmasi) jangchilarini tayyorgarlikdan oʻtkazmoqda, 2019-yil yanvar oyida olingan surat. [VKontakte / Oleg Bloxin]

“Vega” yoʻriqchilari Suriyadagi “Liva al-Quds” (Quddus boʻlinmasi) jangchilarini tayyorgarlikdan oʻtkazmoqda, 2019-yil yanvar oyida olingan surat. [VKontakte / Oleg Bloxin]

“Vega” yoʻriqchilari Suriyadagi “Liva al-Quds” (Quddus boʻlinmasi) jangchilarini tayyorgarlikdan oʻtkazmoqda, 2019-yil yanvar oyida olingan surat. [VKontakte / Oleg Bloxin]

“Vega” yoʻriqchilari Suriyadagi “Liva al-Quds” (Quddus boʻlinmasi) jangchilarini tayyorgarlikdan oʻtkazmoqda, 2019-yil yanvar oyida olingan surat. [VKontakte / Oleg Bloxin]

Suriyadagi “Liva al-Quds” jangarilarini qoʻllab-quvvatlash

“Vega” avvaliga xavfli hududlarda xususiy shaxslar, shuningdek, turli kompaniyalarni, banklar va kemalarni qoʻriqlash bilan shugʻullangan.

Ammo u soʻnggi yillarda xavfsizlik sohasidagi faoliyatini kengaytirib, Rossiya nomidan jangarilar tayyorlashni boshlagan.

“Vega” Suriya hukumatini qoʻllab-quvvatlaydigan Halabdagi eng yirik jangovar tuzilma – asosan falastinlik jangarilardan tarkib topgan “Liva al-Quds” (Quddus brigadasi) nomi bilan mashhur jangchilarni tayyorlash bilan shugʻullanmoqda.

CIT mutaxassislari Suriyada Anna News va “Russkaya vesna” (“Rus bahori”) kremlparast internet nashrlari uchun lavhalar tayyorlaydigan jurnalist Oleg Bloxinning fotosuratlarini oʻrganib chiqib, shunday xulosaga kelishgan.

Rasmlarda “Vega Strategic Services” belgisi tushirilgan kiyimlardagi askarlar aks etgan.

Tekshiruvlardan maʼlum boʻlishicha, “Vega Strategic Services” 2011-yilda Ukrainada Rossiya va Ukraina maxsus kuchlari faxriylari tomonidan tashkil etilgan. 2012-yilda kompaniya asoschisi, Ukraina fuqarosi Anatoliy Smolin oʻz bosh qarorgohini Kiprga koʻchirar ekan, kompaniya nomi “Vegacy Strategic Services” deb oʻzgartirilgan.

Oʻtmishda Sovet Ittifoqi harbiy-dengiz floti va KGB, soʻngra Ukraina ichki ishlar vazirligi (MVD) boʻlinmalarida xizmat qilgan Smolin 2019-yil mart oyida Bi-bi-siga bergan intervyusida xususiy harbiy kompaniyalar faoliyati uchun qonunchilik muhiti qulay boʻlgani sababli, Kiprga koʻchib oʻtganini aytgan.

Kompaniya bosh ofisi Kiprda, boʻlinmalari esa Ukraina, Rossiya, Suriya, Shri-Lanka va Misrda joylashgan.

“Deutsche Welle”ning 2019-yil mart oyida Livanning Al-Modon onlayn-nashriga tayanib xabar berishicha, Rossiya 2019-yildan beri “Liva al-Quds”ni qoʻllab-quvvatlashni sezilarli darajada kuchaytirgan. Xabar qilinishicha, falastinliklardan iborat guruh tarkibiga yuzlab yangi aʼzolar, jumladan voyaga yetmaganlar ham qoʻshilgan.

2019-yil yanvar oyidagi hisobotlardan “Vega” ortida Rossiya turgani maʼlum boʻlgan.

CIT maʼlumotlariga koʻra, Suriyadagi “Liva al-Quds” jangchilarining harbiy mashgʻulotlarida shaxsan Smolinning oʻzi ishtirok etgan. Fotosuratlarda unga oʻxshash kishi aks etgani aytiladi.

Yaqin Sharqdagi yashirin faoliyat

Markaziy Osiyolik kuzatuvchilar Rossiya XHKlarini mintaqa mamlakatlari xavfsizligiga koʻp tomonlama tahdid deb biladilar.

Vagner guruhi kabi XHKlar Moskva rasman shugʻullana olmaydigan razvedka va harbiy topshiriqlarni bajaradi, deydi bishkeklik siyosatshunos va xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis Edil Osmonbetov.

“Bular xalqaro huquq normalariga mos keladigan muntazam qurolli kuchlar emas, ularni muvofiqlashtiruvchi davlatlar esa oʻz xatti-harakatlari uchun javob bermaydi”, dedi u.

“Vega” – Kremlning koʻrsatmasi bilan tuzilgan xususiy harbiy kompaniyalarning bittasi xolos, deydi Qozogʻiston armiyasining isteʼfodagi mayori, Olmaota viloyati garnizonining sobiq ofitseri Dauren Ospanov.

U Rossiyada rasman mavjud boʻlmagan, ammo Yaqin Sharqda xavfli missiyalarni bajarish uchun yoshlarni oʻz safiga jalb qiladigan boshqa XHKlar – “Shchit” (Qalqon) va “Patriot” nomlarini ham tilga oldi.

“Vagner guruhidan farqli oʻlaroq, “Vega” va Rossiyaning boshqa XHKlari harbiy texnika, zirhli mashinalar yoki artilleriyaga ega emas va odatda janglarda koʻrinmaydi”, dedi Ospanov. “Ular yashirin tarzda, qoʻriqlash va jangchilarni tayyorlash bilan shugʻullanadi, ammo bu harbiy jinoyatlarni yashirish uchun qalqon boʻlishi mumkin”.

Markaziy Osiyodan jangarilar yollash

Rossiya XHKlari bunday yashirin topshiriqlar bilan cheklanmay, buzgʻunchilik faoliyati bilan ham shugʻullanadi, dedi Ospanov. Ular nochor oilalardan chiqqan, asosan Rossiyada yashovchi yoshlarni oʻz safiga yollaydi va ularga Suriyada jang qilish uchun katta maosh taklif qiladi.

“Yollanma jangarilarning koʻpi oʻldirilgan, ammo buning uchun hech kim javobgar boʻlmaydi”, dedi u.

Yollash ishlari Markaziy Osiyo davlatlarida ham olib borilmoqda.

Avgustda Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) mamlakatda rossiyaparast ayirmachilar safida jang qilgan 15 nafar Vagner guruhi aʼzosi, jumladan 3 qirgʻiz fuqarosiga qarshi jinoiy ish ochgani maʼlum boʻldi.

Ikki yil avval Qozogʻistonning “Karavan” nashri UXXga asoslanib, Suriyadagi Rossiya xususiy harbiy kompaniyasi safida belaruslar, moldovanlar va qozoqlar jang qilayotgani haqida xabar bergan.

Rossiya XHKlari Rossiyaga “shikoyat kamroq boʻlishi uchun” xorijliklarni ham yollashadi, dedi Karvonsaroy bilan suhbatda boʻlgan kiyevlik siyosatshunos Andrey Buzarov shikoyatlar kimdan boʻlishini ochiqlamay.

Yollanma jangchilar moliyaviy sabablarga koʻra XHKlar safida ishlashga rozi boʻlishadi, dedi u.

Kreml qoʻllovidagi “qotil mashinalar”

Ospanov “Vega”ning Kremlga aloqador ekaniga shubha qilmayapti, chunki ular Rossiya qoʻllab-quvvatlagan guruhni tayyorlamoqda.

“Vega jangovar harakatlardan chetda turadi va XHKning xalqaro qoidalariga amal qiladi, deb oʻylamaslik kerak”, deydi u. “Kerak paytda Vega kabi xususiy harbiy kompaniyalar xuddi Ukrainada boʻlgani kabi istalgan shaklda gibrid urushga safarbar etilishi va Kremlning jangovar missiyalarini bajarishi mumkin.”

Rossiyaning gibrid urush boshlashi bilan bogʻliq tahdid Markaziy Osiyo, xususan Qozogʻiston uchun ham dolzarbdir, deydi Xavflarni baholash tadqiqot guruhi rahbari, olmaotalik siyosiy tahlilchi Dosim Satpayev.

Qozogʻistonda ichki muammolar koʻpaymoqda, Moskva esa bundan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishi mumkin, dedi u.

“Qozogʻistonda xorijiy XHKning paydo boʻlishi mamlakatimiz uchun jiddiy xavf tugʻdiradi, chunki siyosiy vaziyat oʻzgargan vaqtda ular qoʻporuvchilik bilan shugʻullanishi mumkin”, deydi Satpayev.

Oʻz navbatida Qozogʻiston hukumati XHK gʻoyasini yoqlamaydi va Qozogʻistonda bunday muassasalarning faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻymaydi.

2018-yil mart oyida oʻsha vaqtda senator boʻlgan sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning katta qizi Darigʻa Nazarboyeva Qozogʻistonda XHK tuzish gʻoyasini rad etgan edi.

“Men bu fikrni qoʻllab-quvvatlamayman. Bu tom maʼnoda xususiy qotillik mashinasidir”, degan edi u. “Bunday tashkilotlarga oʻrin yoʻq.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

XHK yetmay turuvdi bizga. Dunyoda shuncha jangarilar va qurolli odamlar turganida ularning nima keragi bor? Xalqimiz tinchliksevar va tarbiyali!

Javob berish

Bunga oʻxshagan XHKlar koʻp mamlakatlarda bor (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va h.k.). Rossiyaning ulardan nimasi kam? Bu XHKlar xalqaro hamjamiyatda oʻz huquq va majburiyatlariga ega. Rossiyada bu kabi XHKlar avvaldan bor ekan, nega endi ular birdan Markaziy Osiyo, jumladan Qozogʻiston uchun xavfli boʻlib qoldi? Balki bu rusofobiyadir? Janob Satpayev shunchaki kimningdir tegirmoniga suv quymoqdami (buyurmani bajaryaptimi)? Nazarboyevlar oilasining bayonotlariga kim eʼtibor qaratadi? Savol: Amerika XHKlari ham siz uchun terrorchilarmi? Yoki ular qoʻli Iroq, Afgʻoniston, Suriya, Liviya, Afrika mamlakatlari va h.k.lardagi tinch aholining qoniga botmagan, toʻgʻri (demokratik) XHKlarmi?

Javob berish

Rossiyalik bu yollanma jangchilar aslida hukumat qoʻllovidagi terrorchilardir.

Javob berish