TOSHKENT – Moskva xavfsizlikka tahdidlarni boʻrttirib, oʻz taʼsirini kuchaytirishga intilayotgan boʻlsa-da, Oʻzbekiston Rossiya rahbarligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) qoʻshilmay kelmoqda, deydi yuqori martabali amaldorlardan biri.
Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov 12-iyul kungi brifingda mamlakatning bu boradagi pozitsiyasini aniq bayon qildi. 15-16-iyul kunlari Toshkentda AQSH va mintaqaviy rasmiylar ishtirokida yuqori darajadagi xalqaro konferensiya oʻtkazilgan.
“Oʻzbekiston KXSHTga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqmayapti”, dedi u UzDaily xabariga koʻra.
“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumani ishtirokchilari mintaqaviy aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan yangi toʻrt taraflama diplomatik platformani tuzishga kelishib oldilar.
Ushbu hamkorlik Oʻzbekiston Gʻarb tomon burilayotganining soʻnggi belgilaridan biri, deydi kuzatuvchilar.
Oʻzbekistonning olti postsovet respublika: Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus va Armanistondan tarkib topgan, Rossiya rahbarligidagi harbiy blok bilan munosabatlari murakkab boʻlib kelgan.
U Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin 1990-yillarda KXSHTga qoʻshilgan, lekin 1999-yilda uni tark etgan. 2006-yilda ittifoqqa qaytib kirdi, ammo 2012-yilda yana chiqib ketdi.
Munosabatlar avval-boshdan murakkab boʻlgan, deb xabar beradi Bi-bi-si rus xizmati 2012-yilda. Aynan shu yili Oʻzbekiston harbiy ittifoq tarkibidan chiqish istagini bildirgan. Hatto bu jarayon ham qiyin kechgan, sababi buning uchun olti oy avval xabardor qilish shart edi.
Toshkent uzoq yillar davomida KXSHT harbiy mashqlarida ishtirok etishdan bosh tortib keldi va Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solishda kollektiv kuchlardan foydalanishga qarshi chiqib, ikki tomonlama kelishuvlarga tayanishni afzal koʻrdi.
KXSHTga aʼzolikning keragi yoʻq
Oʻzbekistonning KXSHTdan chiqish qarori Toshkentning tashqi siyosatga oid ustuvor tamoyillari bilan bogʻliq, degan edi oʻshanda Tojikiston tashqi ishlar vazirligining oʻsha vaqtdagi matbuot vakili Vafo Niyatbekov Bi-bi-si rus xizmatiga.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston rasmiylari ichki beqarorlik uchun hech qanday sabab koʻrmagan va Gʻarb bilan yaqinlashishga ham urinib koʻrmoqchi edi.
Toshkentning “Bilimlar karvoni” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Farhod Tolipovning aytishicha, Oʻzbekiston yetarlicha harbiy salohiyatga ega va KXSHTsiz ham xavfsizlik tahdidlari, jumladan, Afgʻonistondan keluvchi tahdidlarga qarshi tura oladi.
“Oxirgi 30 yil ichida Markaziy Osiyoning KXSHTga alohida ehtiyoji yoʻqligi oydinlashdi”, deydi u. “Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonning ham Oʻzbekiston kabi bu harbiy blokni tark etadigan vaqti keldi.”
Tolipovga koʻra, KXSHT oʻz aʼzolarini real tashqi tahdidlardan himoya qilishdan koʻra, koʻproq hiyla-nayrang va geosiyosiy mojarolar bilan ovora boʻlib qolgan.
Nazariy jihatdan KXSHT huquqiy jihatdan teng sheriklar tashkiloti boʻlsa ham, Moskva blok doirasida bir tomonlama qarorlar qabul qiladi, dedi u.
Tolipov oʻtgan yil yozda Belarusda boʻlib oʻtgan xalq gʻalayonlarini misol qilib keltirdi – oʻshanda Rossiya prezidentni Vladimir Putin KXSHT orqali oʻzining belaruslik avtoritar doʻstiga “muammolarni hal etishda yordam” taklif qilgan edi.
“Nima uchun Putin butun KXSHT uchun qaror qabul qilishi kerak? Harbiy blokning boshqa aʼzolari ham yordamga tayyorliklarini eʼlon qildilarmi?”, deydi Tolipov.
Rossiyaning mintaqaviy ambitsiyalari
Rossiya rasmiylari KXSHTni mustahkamlashda davom etmoqdalar.
Moskva xalqaro siyosiy va iqtisodiy strategiyalar instituti (RUSSTRAT) rahbari, Rossiya dumasi aʼzosi Yelena Panina 21-iyul kungi maqolasida Afgʻonistondan chiquvchi tahdidlarga toʻxtalib oʻtgan.
“Garchi Tolibon (Rossiyada taqiqlangan tashkilot) oʻz faoliyatini mamlakat chegaralaridan tashqariga yoymaslik vaʼdasini bajarsa ham, ichkaridagi hokimiyatning mustahkamlanishi katta sondagi qochqinlarning paydo boʻlishiga olib keladi va ularning hammasi ham tinch fuqarolardan iborat dehqonlar boʻlmasligi mumkin”, deb yozadi u.
Uning aytishicha, mintaqada xavfsizlikni taʼminlash uchun KXSHTga aʼzo davlatlar qurolli kuchlari “Rossiya bosh shtabiga qatʼiy boʻysunishi” kerak, “jangovar va taktik tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan keskin choralar koʻrilishi zarur”.
Paninaning maqolasi ODKBga aʼzo davlatlar jamoatchiligining keskin tanqidiga uchragan.
“Rossiya armiyamizni oʻziga qatʼiy boʻysundirmoqchi”, deydi bishkeklik Altinbek Kaparov. “Bu bizning milliy xavfsizligimiz uchun hatto toliblardan ham xavfliroqdir.”
Tahlilchilarga koʻra, Moskva mintaqada oʻz geosiyosiy manfaatlarini koʻzlamoqda. Maqsad – mintaqadagi davlatlar suverenitetini cheklash, ularni Rossiyaga qaram qilish va satellit davlatlarga aylantirishdir.
Kiyevdagi Armiya, konversiya va qurolsizlanish boʻyicha tadqiqotlar markazining Osiyo-Tinch okeani hududi boʻyicha rahbari Yuriy Poytaga koʻra, Rossiya shu yil yuz bergan qirgʻiz-tojik chegara nizosi yoki doimiy afgʻon tahdidi kabi qulay bahonalardan mintaqada oʻzining qoʻshimcha harbiy bazalarini tashkil etish uchun foydalanishga intiladi.
Bu Rossiyaga katta dividendlar berishi mumkin, dedi u.
Masalan, Qirgʻizistonning Botken viloyatidagi baza Rossiyaga Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi ustidan nazorat oʻrnatishga yordam berishi mumkin, dedi u Kremlning bundan-da kattaroq maqsadlari borligini taʼkidlab.
“Rossiyaning Markaziy Osiyoda qoʻshimcha harbiy kuch joylashtirishi Moskvaning bu respublikalar hukumatlariga, shuningdek, qoʻshni Oʻzbekistonga taʼsirini kuchaytirish uchun dastak boʻlishi mumkin”, dedi Poyta.
U yerga uni hech kim chaqirmayapti ham
Javob berishFikrlar 34
Yashasin Oʻzbekiston,biz turkiy zabon qardoshlarimiz bilan qoʻshilishimiz kerak! TURON!
Javob berishFikrlar 34
Ahmoqlar! Xoʻroz qichqirganda Putinning oldiga yugurish kech boʻladi
Javob berishFikrlar 34
Oʻzbekistonni mana biz oʻzbek oʻgʻlonlari qoʻriqlaymiz, Rossiya ham kerakmas jonimiz FIDO VATAN UChUN
Javob berishFikrlar 34
Eh, odamlar, bunchalik sodda boʻlmasangiz :) Hammasini vaqt koʻrsatadi. ODKBga ishingiz tushmasin ilohim.
Javob berishFikrlar 34
Bizga umuman bunaqa tashkilot kerak emas.
Javob berishFikrlar 34
Pulni bekorga sovurish bu
Javob berishFikrlar 34
Bizga bunaqa loʻttiboz tashkilot kerak emas.
Javob berishFikrlar 34
Aslida, KXSHT yillar davomida faqat qogʻozda mavjud boʻlgan; uning faoliyati KXSHTga hech qanday yangilik qoʻshmaydigan turli bemaʼni sammitlar va majlislardan iborat. Shu bilan bir vaqtda KXSHT Turkiya rahnamoligida birlashgan turkiy dunyosi yetakchilik qilishi haqidagi gʻoyaga doimiy tarzda toʻsuvchi taʼsir koʻrsatadi. Agar KXSHT yoʻq qilinsa bu qarash gʻoya tezda amalga oshadi. Qozogʻiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston ham Rossiya bilan doʻst boʻlmay dushman lageriga oʻtadi. Natijada, Toshkentda joylashgan Bilim Karvoni ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Farhod Tolipov kabi shaxslar siyosiy maydonga kirib kelmoqda. Unga koʻra, KXSHT tomonidan yordam taklif qilinishi bir tomonlama qaror boʻlgan. Ammo u, yakuniy qarorni kollektiv organ qabul qilishini unutib qoʻydi. Belarus vaziyatiga kelsak, xuddi Ukrainada boʻlgani kabi Belarusiyani Gʻarbga qarshi qoʻyish yoki uni slavyan dunyosida ushlab qolish borasida katta nizo bor. Bu slavyan dunyosini rivojlantirish va umuman olganda Sharqiy sivilizatsiya uchun muhim. Jiddiy muammo bilan vujudga kelsa Oʻzbekiston Rossiyaga yuzlanishida shubha yoʻq. Ammo sobiq Sovet tuzumining yakuniy parchalanishi natijasida Rossiya na Oʻzbekiston va na boshqa sobiq Sovet respublikalariga ahamiyat bermaydi.
Javob berishHar tomon oʻzi hal qilsin. Odamlarni tashqi dushmanlar bilan qoʻrqitmang. Siz slavyan dunyoga boqing, biz turkiy dunyoga boqamiz!
Javob berishFikrlar 34
Hech qachon rossiyani kiritmasligimiz kerak... Oʻzimiz dushmanlar bilan soʻnggi tomchi qonimizgacha kurashamiz... Yetar shuncha vaqt ruslar ustimizdan hukmronlik qilgani...
Javob berishFikrlar 34
Rossiya avvalgi sobiq Ittifoq davrini, SSSRni platformasida ketishni xohlayapti, bu ishni sekinlik bilan qilishni xohlayapti, KXSHTga qoʻshilish bizga qimmatga tushadi, bizning Oʻzbekiston harbiy sohada ham, boshqa siyosatlarda ham biror davlatga qaram boʻlmaydi, deb oʻylayman. Bizda hammasi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan.
Javob berishToʻgʻri
Javob berishFikrlar 34
Oʻzbekistonni armiyasi juda zoʻr, oʻzini himoya qila oladi.
Javob berish[Oʻzbekistonda] dushmanlarga qarshi kurashish uchun hamma narsa bor
Javob berishFikrlar 34
Itga beshinchi oyoq qanchalik kerak boʻlgan, Oʻzbekistonga ham ODKB shunchalik kerak.
Javob berishFikrlar 34
Mayli rahmat, hammaga omad
Javob berishFikrlar 34
Iloyim hammasi yaxshi boʻlsin, lekin ochigʻini aytsam menga baribir
Javob berishEng yomoni ham shu. Befarqlik.
Javob berishFikrlar 34
rasiyani tasirini kamayishi kerak
Javob berishNega
Javob berishFikrlar 34
Rossiya Oʻzbekistonga yaxshilik olib kelgan davlat emas. Bunga tarix guvoh
Javob berishTarixni yaxshiroq oʻqish kerak
Javob berishFikrlar 34
KXSHT faqat Rossiyani himoya qiluvchi tuzilma. Uning asosiy vazifasi – boshqa aʼzolarning zarariga boʻlsa ham, Rossiyaning manfaatlariga xizmat qilish.
Javob berishFikrlar 34
Putin Rossiyadan imkon qadar uzoqroq yurgan maʼqul.
Javob berishFikrlar 34
ODKB – Markaziy Osiyodagi barqarorlik kafolati
Javob berishFikrlar 34
Men Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlayman! Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Rossiya taʼsiridan uzoqlashib, mustaqil siyosat olib boradigan vaqt keldi.
Javob berishFikrlar 34
Qayerda Rossiya boʻlsa, oʻsha yerda urush va nochorlik hukm suradi.
Javob berishToʻgʻri
Javob berishHar kim ekkanini oʻradi
Javob berishFikrlar 34
Rossiyadan iloji boricha uzoqroq turinglar. Bu ishdan hech qanday yaxshilik chiqmaydi. Ular Tolibon bilan oʻyin qilib, Oʻzbekiston va uning qoʻshnilariga taʼsir oʻtkazmoqchi.
Javob berishFikrlar 34
Bu foydasiz KXSHT nega kerak? AQSH bilan hamkorlik qilganimiz yaxshi.
Javob berishFikrlar 34
Rossiya agressor mamlakat, toki diktator Putin mamlakatni boshqarar ekan, bu davlat agressor boʻlib qolaveradi. Oʻzbekiston satelit davlat boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda lider boʻlishi kerak.
Javob berishAlbatta. Bunga toʻlaqonli haqlimiz.
Javob berishFikrlar 34