Karvonsaroy
Xavfsizlik

Ukrainadagi magʻlubiyat Rossiyaning “yengilmas” quroli haqidagi afsonalarni yoʻqqa chiqardi

Karvonsaroy va AFP

Rossiyaning Ukrainaga bosqini vaqtida Xarkov sharqidagi Malaya Rogan qishlogʻi yaqinida yonib ketgan Rossiya tanki vayronalari oldida turgan rossiyalik askar, 1-aprel. [Sergey Bobok/AFP]

Rossiyaning Ukrainaga bosqini vaqtida Xarkov sharqidagi Malaya Rogan qishlogʻi yaqinida yonib ketgan Rossiya tanki vayronalari oldida turgan rossiyalik askar, 1-aprel. [Sergey Bobok/AFP]

Ukrainadagi urush Rossiya qoʻshinlarining yetarlicha jihozlanmagani, oziq-ovqat bilan taʼminlanmayotgani va toʻgʻri boshqarilmayotganini isbotlashda davom etayotgan bir paytda, bu mojaro Rossiya eng yaxshi harbiy texnikalarga ega degan afsonani ham yoʻqqa chiqargan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin anchadan beri uning mamlakatining yangi avloddagi “yengilmas” qurollarga ega ekanligi bilan maqtanib keladi.

2018-yilda Putin Rossiya yangi gipertovushli “Avangard” raketa tizimini barpo etgani, u tovush tezligidan 20 baravar tezroq ucha olishi hamda yuqoriga va pastga manevr qila olishini taʼkidladi.

“Bu har qanday turdagi havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari oldida mutlaqo yengilmas quroldir”, degan edi Putin oʻsha yilgi millatga murojaatida uni “ideal” deb atab.

8-may kuni Ukrainaning Xarkov shahridan uncha uzoq boʻlmagan dalada Rossiya raketasining qoldiqlari yonidan oʻtib ketayotgan traktor. [Sergey Bobok/AFP]

8-may kuni Ukrainaning Xarkov shahridan uncha uzoq boʻlmagan dalada Rossiya raketasining qoldiqlari yonidan oʻtib ketayotgan traktor. [Sergey Bobok/AFP]

Oʻtgan oyning oʻzida Putin Rossiyaning keyingi avlod “yengilmas” raketalaridan yana biri – “Sarmat” qitʼalararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgani eʼlon qilgan.

“Bu chinakam noyob qurol qurolli kuchlarimizning jangovar salohiyatini mustahkamlaydi, Rossiyaning tashqi tahdidlardan xavfsizligini ishonchli taʼminlaydi va agressiv ritorika alangasida mamlakatimizga tajovuz qilishga urinayotganlarni ikki marta oʻylab koʻrishga majbur qiladi”, dedi Putin Qurolli kuchlar oldida 20-aprel kungi televideniyedagi chiqishida.

“Sarmat” – nishonni yoʻq qilish masofasi eng uzoq boʻlgan dunyodagi eng qudratli raketa boʻlib, bu mamlakatimiz strategik yadroviy kuchlarining jangovar qudratini sezilarli darajada oshiradi”, deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi bayonotida.

Mart oyida Rossiya Ukrainadagi nishonga zarba berish uchun ilk marta yana bir “yengilmas” qurol – gipertovushli “Kinjal” raketasini ishga solganini aytgan edi.

Moskvada 9-may Gʻalaba kuni munosabati bilan oʻtkazilgan parad Rossiya jamoatchiligi va butun dunyoni mamlakatning harbiy qudratiga ishontirishga navbatdagi urinish boʻldi, biroq bayram tantanalarida Rossiya harbiy samolyotlari koʻrinmagan.

Rasmiylar noqulay ob-havo sababli ular ishtirok eta olmaganini aytganlar, ammo kuzatuvchilarga koʻra, Rossiya harbiy samolyotlari, uchuvchilari va “havo-yer” turidagi qurollari Ukrainada juda past natijalar koʻrsatgan.

Tugab borayotgan zaxiralar

Putinning daʼvolaridan farqli oʻlaroq, Rossiya qoʻshinlari Ukrainada eskirgan va taʼmirlangan texnikadan foydalanishga majbur boʻldi.

10-aprel kuni Ukraina mudofaa vazirligi Ukrainada halokatga uchragan Rossiyaning “Orlan-10” harbiy kuzatuv dronini demontaj qilayotgan askar videosini eʼlon qilgan.

Askarning aytishicha, dron yopishqoq lenta bilan oʻralgan boʻlib, unga tasodifan rejimlari almashib ketmasligi uchun menyusi yopib qoʻyilgan Canon kamerasi oʻrnatib qoʻyilgan.

Askar, shuningdek, dronning yoqilgʻi baki plastik suv idishining yuqori qismi va qopqogʻidan bilan yasalgan boʻlishi mumkinligini aytgan.

Rossiya qoʻshinlarining yaxshi jihozlanmagani va tayyor emasligining yana bir belgisi oʻlaroq, Ukraina qoʻshinlari jang maydonida 1978-yildagi Rossiya armiyasining bintlarini topgan, deb xabar beradi ITV News 23-mart kuni.

Kremlning balandparvoz iddaolari Ukrainadagi jang maydonida sinovdan oʻtar ekan, tahlillarning koʻrsatishicha, ular oʻz tasdigʻini topayotgani yoʻq.

Har kuni 200-300 marta parvoz qilganiga qaramay, Rossiya samolyotlari Ukraina osmonida ustunlikka ega boʻlolmadi, deb aytgan 9-may kuni jurnalistlarga AQSH mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimi.

Rossiya oʻzining koʻplab qanotli raketalarini hamda qisqa va oʻrta masofaga uchadigan ballistik raketalarini ham ishlatib yuborgan. Ruslar oʻzlarining yuqori aniqlikdagi oʻq-dorilarining koʻpini “portlatib tashlagan”, dedi u ismini oshkor qilmaslik sharti bilan.

Rossiya Ukrainaga shu qadar koʻp raketa uchirganki, “yuqori aniqlikdagi boshqariluvchi oʻq-dorilar yetishmovchiligi yuzaga kelgan, ularning zaxirasini esa toʻldirib boʻlmayapti”, deydi mulozim.

Urushning uchinchi oyiga qadar, Rossiya 2125 dan ortiq yuqori aniqlikdagi qurollarini ishlatdi, deb bayonot bergan Pentagon 2-may kuni. 9-may kuni Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles urushning ikkinchi haftasidan keyin bu qurollardan foydalanish keskin kamayganini aytgan.

AQSH mudofaa vazirligi vakilining aytishicha, Rossiya qurol sanoatiga xalqaro sanktsiyalar ham zarba bergan – elektron komponentlar boʻyicha Moskvaga qarshi embargo joriy qilingani sababli, Rossiya Ukrainada qoʻllanilayotgan boshqariluvchi raketalar zahirasini toʻldira olmayapti.

Vashingtonning AQSH razvedkasiga tayanib aytishicha, ayniqsa elektron komponentlarga qoʻyilgan sanktsiyalar Rossiya mudofaa sanoati bazasiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan.

Shu bois ham Mariupol va Xarkovga harbiy va turar joy binolarini ajratish qobiliyatiga ega boʻlmagan, boshqarilmaydigan bombalar bilan zarba berilgan, deb aytgan rasmiy.

Bundan tashqari, Rossiya kuchlarida taʼminot va tartib-intizom bilan bogʻliq muammolar saqlanib qolmoqda, jumladan, “buyruqqa boʻysunish va harakat qilishdan bosh tortayotgan zobitlar” orasida, deb qoʻshimcha qilgan mulozim.

Rossiyaliklar moddiy-texnik taʼminot muammolarini ham hal qila olmayapti va “jon-jahdi bilan oʻz qoʻshinlari safini qayta toʻldirishga urinmoqda”, dedi rasmiy.

“Zamonaviy texnologiya”

Boshqa asosli dalilga koʻra, urib tushirilgan Rossiyaning qiruvchi samolyotlarida ularning oʻzidagi navigatsiya tizimlari shunchalik yomonligidan “boshqaruv paneliga yopishtirilgan” eski turdagi GPS priyomniklar boʻlgan, dedi Uolles 9-may kuni.

“Urib tushirilgan Rossiya Su-34 samolyotlarining asboblar paneliga yopishtirilgan “GPS” priyomniklari topilgan, samolyotdagi tizimlarining sifatsizligi tufayli uchuvchilar oʻzlarining qayerda ekanliklarini bilib turishi uchun shunday qilingan”, dedi u.

“Natijada esa Rossiya koʻz-koʻz qilishni yaxshi koʻradigan katta miqdordagi artilleriya va zirhli texnikaga boʻlsa-da, ularni umumqoʻshin manevrlarida ishlata olmaydi va betartib ommaviy hujumlarni amalga oshiradi”, dedi u.

“Su-34” Sovet Ittifoqida ilk bor 1990-yillarning boshlarida ishlab chiqarilgan, ammo hozirgacha Rossiyaning yetakchi qiruvchi samolyotlaridan biri hisoblanadi.

Topilgan Rossiya mashinalari ichida koʻp hollarda “1980-yillardagi Ukraina xaritalari” boʻlgan, dedi Uolles. Askarlar “taʼminot mashinalarini vaqtinchalik himoya qilish uchun qaragʻay xodalaridan foydalanishgan” va tanklarining ustini qoplama karkaslar bilan yopishgan.

“Qoplama karkaslar” tanklarning zirhi eng ingichka boʻlgan yuqori qismini tanklarga qarshi qurollar kelib tushishidan himoya qilishga moʻljallangan, deb yozgan Insider nashri 26-mart kuni.

“Bazuka yoki Pantserfaust uchirilganida ular ancha erta portlaydi va tankning oʻziga yetib bormaydi. Samarali ishlashi uchun oʻz quvvatini notoʻgʻri masofada yoyadi”, deb aytgan harbiy veteran va xavflarni tahlil qiluvchi Sibylline kompaniyasi rahbari Jastin Kramp.

Aslida bu qafaslar Javelin va NLAW, yoki yangi avlod yengil tanklarga qarshi qurollar kabi Ukrainada qoʻllanilayotgan zamonaviy tanklarga qarshi vositalar oldida deyarli samarasiz.

“Ular qurollarga qarshi faqat ruhiy himoya beradi xolos, aslida ularning foydasi kam”, deb aytgan Kramp.

Hozirga kelib Rossiya Ukrainada 270 tank yoʻqotgan, bu uning faol qurolli kuchlarining deyarli 10 foizini tashkil etadi, deb xabar beradi ochiq manbali qurollarni kuzatuvchi Oryx sayti.

Rossiya armiyasi 1970-yillarda ishlab chiqarilgan Sovet davridagi T-72 tanklaridan foydalanadi, deb aytadi Kramp.

“Rossiyada katta, zamonaviy armiya bor degan gap boʻlardi”, deydi u. “Zamonaviyligi ham, kattaligi ham quruq gap ekanligini koʻrdik. Katta degan armiyalari borgan sari kichrayib ketmoqda.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya armiyasining shishirilgan surati kundan-kunga kichrayib bormoqda va buni kuzatish sharmandali. Albatta, bir nechta boʻlinmalar hali ham biroz taʼminlangan, lekin boshqalariga qarasangiz, qanday qilib bu “buyuklikka” ishonish mumkinligidan hayratda qolasiz.

Javob berish

Putin Rossiya armiyasi amalda qanday ekanligini koʻrsatmasligi kerak edi; uni faqat televizor ekranida qoldirgan maʼqul edi, u yerda ancha kuchliroq va xavfliroq koʻrinardi.

Javob berish

Buni tekshirish oson – Rossiya armiyasi bilan jang qilib koʻrish kerak.

Javob berish

Bir-ikki oydan keyin “rus armiyasi”dek bemaʼnilik yoʻq boʻladiganga oʻxshaydi.

Javob berish

Kimga qarshi jang? Nogiron armiyaga qarshimi?

Javob berish

Hatto jang qilishning ham hojati yoʻq. Oʻquv mashqlarda qatnashish kifoya. Bu rus choʻloqlarining ustidan kuldim va haligacha kulyapman.

Javob berish

Jang qilishga urinib koʻring; Buyuk rus armiyasi Ukrainada shunchalik rasvo boʻldiki, u tez orada Rossiyaning oʻzi kabi yoʻq boʻlib ketadigandek.

Javob berish

Rossiya armiyasi puch boʻlib chiqdi. Buni kutmagandim, lekin endi bilaman.

Javob berish

Krepostnoy qullar oʻzlariga juda ishonib yuborishdi; endi ularni qattiq jazolashadi.

Javob berish