Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Markaziy Osiyoliklar Kreml tashviqoti va telekanallardagi yolg‘onlarga befarq bo‘lib bormoqdalar

Kanat Altinbayev

28-yanvar kuni VGTRK saytidan olingan skrinshotda Vladimiy Solovyov olib boradigan “Moskva. Kreml. Putin” teleshousining reklamasi aks etgan. [File]

28-yanvar kuni VGTRK saytidan olingan skrinshotda Vladimiy Solovyov olib boradigan “Moskva. Kreml. Putin” teleshousining reklamasi aks etgan. [File]

BISHKEK – Rossiyaning davlat nazoratidagi telekanallarning faol ravishda yolg‘on soʻzlashi va tomoshabinlarga qasddan dezinformatsiya tarqatishi Markaziy Osiyolik kuzatuvchilar va jurnalistlar uchun yangilik emas. Ular Kremlning tashviqot mashinasini anchadan beri yaxshi biladilar.

Umumrossiya davlat teleradiokompaniyasi (VGTRK) nazorati ostidagi yangiliklar kanali – “Rossiya-24” tomoshabinlarga qasddan dezinformatsiya tarqatgan va oʻz xodimlarining huquqlarini poymol qilgan, deb aytgan “Rossiya-24” telekanalining sobiq xodimi Leonid Krivenkov Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosiga 23-yanvar kuni bergan intervyusida.

Krivenkovning so‘zlariga ko‘ra, muharrirlar va jurnalistlar ko‘p hollarda Rossiyaning siyosatini qay tarzda targ‘ib qilishni maslahatlashar va barcha muhokama teleshoulari sahnalashtirilar edi.

“Ular tomoshabinlarni aldayotganlarini juda yaxshi bilishardi”, dedi u. “Endi aldash navbati senga” deyish rejissyorlar va moderatorlarning sevimli hazili edi. Jurnalistlar efirga chiqishdan avval shunday der edilar.”

VGTRK direktori oʻrinbosari va RT kanali rahbari Dmitriy Kiselev (oʻrtada) Ostona shahrida “Sputnik-Qozogʻiston” matbuot anjumanini kuzatmoqda, 2018-yil, iyul. [Sputnik Qozogʻiston]

VGTRK direktori oʻrinbosari va RT kanali rahbari Dmitriy Kiselev (oʻrtada) Ostona shahrida “Sputnik-Qozogʻiston” matbuot anjumanini kuzatmoqda, 2018-yil, iyul. [Sputnik Qozogʻiston]

28-yanvar kuni “Sputnik-Qozogʻiston” onlayn nashrida chop etilgan, postsovet mamlakatlardan iborat tashkilot – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining “gullab-yashnayotgani” haqidagi maqola jamoatchilik tanqidiga uchragan. [File]

28-yanvar kuni “Sputnik-Qozogʻiston” onlayn nashrida chop etilgan, postsovet mamlakatlardan iborat tashkilot – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining “gullab-yashnayotgani” haqidagi maqola jamoatchilik tanqidiga uchragan. [File]

Rossiya “qadriyatlarini” eksport qilish

Kreml nazoratidagi OAV ta’siri Rossiyaning oʻzi bilan cheklanmagan. U sobiq Sovet ittifoqi, jumladan Markaziy Osiyo davlatlariga ham kirib bormoqda.

Rossiya televideniyesi va radiostansiyalari, jumladan VGTRK ham hukumatning moliyaviy koʻmagi bilan faoliyat yuritadi, shu sabab “hukumat shartnomalari” bo‘yicha oʻz majburiyatlarini ado etishga majburlar, deydi bishkeklik OAV tahlilchisi Erlan Satibekov Karvonsaroy nashriga.

“Kreml oʻz tashviqot kanallari va nazorati ostidagi OAVdan foydalangan holda olib borayotgan tashqi siyosatini mintaqamiz aholisiga uqtirishga urinmoqda, ammo uning siyosati boshqa davlatlarda keskin tanqid ostida qolmoqda. Maqsad – hukmron elita va Markaziy Osiyo fuqarolarining xayrixohligiga erishish”, dedi Satibekov.

Yanada aniqroq qilib aytganda, Rossiya Suriyada, sharqiyUkraina va Qrimda olib borayotgan tashqi siyosati bo‘yicha Markaziy Osiyoda jamoatchilik fikrini shakllantirishga harakat qilmoqda, dedi u.

Kreml qanoti ostidagi OAV maqsadi Markaziy Osiyo respublikalarida hukumat tepasidagi odamlarni emas, balki eng avvalo hukumat siyosatini belgilashda muhim rol o‘ynaydigan hududdagi millionlab aholining e’tiborini qozonishdir.

“Mustaqil tahlilchilar Rossiyaning qarorlari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kabi tashabbuslarini tanqid qilsalar-da, Kreml telekanallar, onlayn nashrlar va internet trollar yordamida o‘z harakatlarini oqlamoqda”, dedi Satibekov.

Auditoriyani chalgʻitish

Rossiya tashviqoti internetdagi taʼsirini ham oshirib bormoqda, deydi xalqaro munosabatlar bo‘yicha ostonalik mutaxassis Ruslan Nazarov.

“Sputnik-Qozog‘iston” bunga misol boʻla oladi, dedi u.

Sputnik 2014-yil noyabrida Kreml moliyalashtiradigan xalqaro axborot agentligi – “Rossiya Segodnya” tomonidan taʼsis etilgan bo‘lib, bir necha o‘n davlatda faoliyat yuritadigan axborot agentliklari va radiostansiyalar tarmog‘idir.

“Qozog‘istondagi tadbirlarni yoritishda Sputnik OAV talablariga mos ravishda neytral yondashuvni qo‘llaydi. Ammo Rossiya manfaatlariga oid masalalarda tashviqot mashinasi ishga tushadi”, dedi Nazarov.

Nazarov o‘tgan yil aprel oyida Qozog‘iston pezidenti Nursulton Nazarboyevning Qo‘shma Shtatlardagi demokratiyaga oid iqtiboslariga diqqatni qaratdi.

“Sputnik ayrim gaplarni kontekstdan ajratib olib, qozoq yetakchisini g‘arb demokratiyasi qadriyatlarini tan olmaydigan va Amerikani o‘z joyiga qo‘ygandek qilib koʻrsatdi”, dedi u. “Bu Sputnik dezinformatsiya bilan qanday qilib oʻz mushtariylarini chalgʻitishiga misol bo‘la oladi.”

2018-yil yanvar oyida Nazarboyev Vashingtonga rasman tashrif buyurdi hamda Qo‘shma Shtatlar bilan xavfsizlik va iqtisodiy sohada strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻydi, dedi Nazarov.

“Asl voqelik Rossiya OAV ko‘rsatishga harakat qilayotgan manzaradan keskin farq qiladi”, dedi u.

Tashviqotning aks ta’siri

Mustaqil tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Kreml OAVdagi xabarlarini nazorat qilishga harchand urinmasin, soʻnggi yillarda bunday vositalarga nisbatan, ayniqsa Qirg‘izistonda ishonch so‘nib bormoqda.

2017-yil mart oyida “Pro-kg” Bishkek siyosiy texnologiyalar markazi va EL-PIKIR ijtimoiy tadqiqotlar va bashorat markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga asosan, Rossiya OAV taqdim etgan xabarlarga ishonayotgan qirg‘izlar soni yil sayin kamaymoqda.

Qirgʻizistondagi 48 ta shahar va tumandan jami 1200 nafar respondent ishtirok etgan tadqiqotga ko‘ra, 72,9 foiz odam qirg‘iz milliy televideniyesini siyosiy xabarlar uchun asosiy manba sifatida koʻrsatgan. Faqat 17,6 foiz ishtirokchi Rossiya kanallarini tomosha qilishini aytgan, bu ko‘rsatkich 2015-yildan 3,2 foizga pasaygan.

Rossiya davlat kanallariga nisbatan ishonch inqirozga uchragan, dedi bishkeklik siyosiy tahlilchi Askat Dukenbayev Karvonsaroy nashriga.

“Kreml ommaviy axborot vositalari professional jurnalistika emas, balki tashviqot, manipulyatsiya va dezinformatsiya kabi o‘zlari istagan ishlar bilan mashgʻul”, dedi u.

Internet va ijtimoiy tarqmoqlar Rossiya telekanallariga qarshi muqobil manba sifatida xizmat qiladi, u yerda turli onlayn manbalar taqdim etilib, foydalanuvchilar ularga asoslangan holda o‘zlari uchun xulosa chiqarishlari mumkin, dedi u.

Rossiyaning “zombi quti”laridan qochish

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis va Olmaotadagi “Kursiv” biznes gazetasining sobiq reklamalar bo‘yicha ish boshqaruvchisi Mirlan Telebarisov ortiqcha tashviqot olib borilishi sababli Rossiya telekanallarini tomosha qilmasligini aytadi.

“Krivenkovning iqrori meni hayron qoldirgani yoʻq”, dedi u RFE/RL xabarini nazarda tutar ekan. “Rossiya televideniyesi dunyo xabarlarini kerakli nuqtadan – Rossiya prezidenti Vladimir Putin nuqtai nazariga moslab berishini hamma biladi. Shu sabab, men yangiliklarni o‘zim ishongan onlayn manbalardan o‘qiyman.”

“Sputnik” o‘zbeklarga ham Rossiya tashviqotini onlayn tarqatuvchi asosiy kanallardan biri hisoblanadi, dedi toshkentlik jurnalist Pavel Blagovidov Karvonsaroy nashriga.

“www.uz milliy qidiruv tizimida berilgan ma’lumotga ko‘ra, “Sputnik” O‘zbekistonda hatto OAV toifasida ham 10 ta eng mashhur veb-sayt qatoridan joy olmagan”, dedi u.

O‘zbeklar mahalliy OAV, jumladan Daryo.uz yoki Gazeta.uz kabi onlayn-manbalardan ma’lumot olishni afzal ko‘radilar, dedi Blagovidov.

“Shu sababli ham “Sputnik-O‘zbekiston” Podrobno.uz kabi o‘zbek veb-saytlari yordamida xabar tarqatishga kirishdi”, dedi Blagovidov.

“Sputnikning bunday nayranglarga o‘tishi o‘zbekistonlik o‘quvchilarning unga umuman ishonmay qo‘yganidan dalolat beradi”, dedi u Rossiya nashrining Podrobno.uz kabi saytlardan vosita oʻlaroq foydalanayotganini nazarda tutib.

Oʻzbek yoshlari, ayniqsa 30 yoshdan oshganlar, Rossiya telekanallarini umuman tomosha qilmaydilar, “chunki ular, aniqki, bu kanallarni ishonchsiz axborot manbalari deb hisoblaydilar”, deydi toshkentlik sotsiolog Dilmurod Toshxoʻjaev Karvonsaroy bilan suhbatda.

U Rossiya televideniyesini “zombi-quti” deb atadi.

[Ushbu maqolani tayyorlashga Maksim Yeniseyev oʻz hissasini qoʻshgan.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Markaziy Osiyo Rossiyani quli emas. Qachonki rossiyadan uzoqlashib AQSHga yaqinlashsak shunda rivojlanamiz chunki qoʻshnimiz qozogʻiztonni ham rivojlanishiga Rossiya emas AQSh sababchi. Rossiyani oʻzi ham AQSh koʻmagiga muhtoj. Gʻarb biz uchun Taraqqiyot yoʻli .Rossiya esa Eskilik sarhidi. Hali biz kabi yoshlar rahbariyatga kelishsa Oʻzbekiston bundan ham Rivojlanadi AQSh va Oʻzbekiston Hamkor emas Doʻst va Raqobatchi boʻlishadi

Javob berish

Rossiyadan kelayotgan axborotning 90 foizi soxta va yolgʻon

Javob berish

Bu qanday maqola bo‘ldi endi? Maqolaning o‘zi Amerikaparast tashviqot ekanligini o‘ylab ko‘rmay unga ishona qoldingizmi. Bularni G‘arb moliyalashtirayotgani shundoqqina ko‘rinib turibdi. Nima boʻlganda ham, Markaziy Osiyo Rossiya taraf bo‘lgan va shunday boʻlib qoladi. Odamlarni aldashga ne hojat. Amerikaparast jurnalistlar.

Javob berish

Hurmatli Rossiyaparast,

Rossiya OAV noxolis ekanligiga qoʻshilmaysizmi? Ishonchim komilki, bunday daʼvodan barchamiz hayratga tushganmiz, ayniqsa bolaligimizdan bunday eshittirishlarni tinlaganlar.

Karvonsaroyga nima qilibdi? Baʼzi maqolalar quruqroq chiqishini tan olaman, ammo Rossiya-1 va Sputnik kanallari bulardan xolisroq yoki faktlarga asoslan ekanligiga ishonishimizni kutmayotgandirsiz.

Sensatsiyadan koʻra faktlarni afzal koʻrasiz, shundaymi? Yoki krepostnoy tuzumidan minnatdor yana bitta Gerasimmisiz?

Hurmat bilan,

~ Shahzoda Edvard

Javob berish

Rossiya tashviqoti koʻpchilikning ongini zaharlab boʻlgani maʼlum. Odamlarning koʻzi ochilayotgani quvonarli.

Javob berish

Kreml tashviqoti toʻxtatilishi kerak

Javob berish

Hurmatli tashviqotchi,

Oddiy fuqaroga mulk masalalari boʻyicha maʼlumot berish, yumshoq kuch siyosatining keng tarqalgan amaliyoti - tashviqotni taqiqlagandan koʻra samaraliroq boʻlardi.

Shoh oʻz fuqarolariga taʼsir oʻtkazadigan biror usulga ega boʻlishi kerak, shunday emasmi?

Ehtirom bilan,

~ Shahzoda Edvard

Javob berish

AQSH nima qilsa ham, oʻzining fitnali xatti-harakatlariga kimni jalb qilishidan qatʼi nazar, Markaziy Osiyo xalqlari doim Rossiya tarafida boʻladi.

Javob berish

AQSH hech nima qilishi kerak emas. Rossiya hammasini o‘zi qilib qo‘yadi. Markaziy Osiyo xalqlari hech qachon Rossiya bilan bo‘lmaydi. Qozog‘istondan salomlar.

Javob berish

Kreml tashviqotiga ishonch yo‘q.

Javob berish

Odamlar ishonadi-da shunga

Javob berish

Qozog‘iston fuqarosi sifatida allaqachon men Kreml ommaviy tashviqot vositalarini ko‘rmayman va o‘qimayman.

Javob berish