Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Markaziy Osiyo Ukrainaning Rossiya tashviqotchi ommaviy axborot vositalariga nisbatan sanksiyalarini kuzatmoqda

Kanat Altinbayev

“Rossiya 24”, “RTR-Planeta”, “NTV” va “Birinchi kanal xorijda” kabi boshqa koʻplab Rossiya kanallari Ukrainada taqiqlangan. [Birinchi kanal]

“Rossiya 24”, “RTR-Planeta”, “NTV” va “Birinchi kanal xorijda” kabi boshqa koʻplab Rossiya kanallari Ukrainada taqiqlangan. [Birinchi kanal]

OLMAOTA – Mahalliy aholi va ekspertlarning fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari Ukrainadan oʻrnak olib, Kreml qoʻllovidagi tashviqot kanallarini taqiqlashi kerak.

21-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning 12 kompaniyasi, jumladan, telekanallar, axborot agentliklari va nashrlariga sanksiyalar joriy qilib, ularning veb-saytlarini blokladi va mahalliy banklardagi hisoblarini muzlatib qoʻydi.

Ular orasida rus tilidagi “Vedomosti” tadbirkorlik nashri taʼsischisi Business News Media, “Moskovskiy komsomolets” gazetasi, Strana.ua yangiliklar portali va Rossiyaning “Rostelekom” davlat internet provayderi ham bor.

Shuningdek, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi (DXR) lideri Denis Pushilin bilan aloqador resurslar ham nishonga olingan.

21-avgust kuni Ukraina sanksiyalari ostiga tushgan Rossiyaning 12 kompaniyasi orasida “Rostelekom” davlat internet provayderi ham bor. [Rostelekom]

21-avgust kuni Ukraina sanksiyalari ostiga tushgan Rossiyaning 12 kompaniyasi orasida “Rostelekom” davlat internet provayderi ham bor. [Rostelekom]

“Qozogʻiston” mahalliy telekanali orqali kechki serialni tomosha qilayotgan olmaotaliklardan biri, 18-avgust, 2019-yil. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

“Qozogʻiston” mahalliy telekanali orqali kechki serialni tomosha qilayotgan olmaotaliklardan biri, 18-avgust, 2019-yil. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

Nomi tilga olingan ommaviy axborot vositalari “Ukrainaga qarshi tashviqotga toʻla axborot urushi” olib borgan va “gibrid urushida faol ishtirok etgan”, deyiladi Ukraina xavfsizlik xizmatining (SBU) 20-avgust kungi bayonotida.

Sanksiyalardan koʻzlangan maqsad Ukraina fuqarolarini himoya qilish hamda Rossiya tajovuzi va gibrid urushiga qarshi turishdir, dedi SBU direktori Ivan Bakanov.

“Xavfsizlik xizmati soʻz erkinligi hamda Ukraina davlatchiligi va suverenitetiga tajovuz oʻrtasidagi farqni aniq chegaralaydi”, dedi u. “Davlat xavfsizligini har jihatdan himoya qilish bizning burchimizdir.”

Uning aytishicha, sanksiyalar ostiga tushgan shaxslar orasida “vaqtincha bosib olingan hududda Rossiyaning xabarlarini tarqatish va uning bosqinchilik hokimiyatini targʻib qilish” bilan shugʻullangan rossiyalik va maxsus xizmatlar xodimlari ham bor.

Iyun oyida Zelenskiy Kreml tashviqotiga qarshi kurash choralari doirasida Rossiyaning “Rossiya 24”, “RTR-Planeta”, “NTV” va “Birinchi kanal. Xalqaro tarmoq” telekanallariga qarshi sanksiyalar muddatini uch yilga uzaytirgan edi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 23-avgust kuni yangi sanksiyalarni tanqid ostiga olgan.

“Bu, bizningcha, Ukrainadagi soʻz erkinligini boʻgʻish va mamlakat axborot maydonini istalmagan va noqulay axborot manbalaridan tozalash yoʻlidagi navbatdagi qadamdir”, dedi u.

“Nega Ukrainadek boʻla olmaymiz?”

Ukrainaning choralari Rossiya OAV Kreml kun tartibini ilgari surishda davom etayotgan Markaziy Osiyonikidan farq qilsa-da, ayrim kuzatuvchilar nazarida Rossiyaning taʼsiri bu yerda ham kamayishi mumkin.

Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida yashovchi 29 yashar Sayqal Adenova Rossiya telekanallarini koʻrmasligi va rus nashrlarini oʻqimasligini aytadi.

“Umuman olganda, maʼlumotlar bir yoqlama”, deydi u. “Bir marta qirgʻizistonlik migrantlarni dahshatli suratda tasvirlaganlarini koʻrib, gʻazabga tushgandim.”

“Nega Ukrainadek boʻla olmaymiz?” deb savol beradi Adenova.

Bishkeklik OAV mutaxassisi, Orbita.kg yangiliklar sayti bosh muharriri Yerlan Satibekovning aytishicha, aksar mahalliy mushtariylar va tomoshabinlar uchun Rossiya OAV kontenti qiziq emas.

U Ukraina sanktsiyalari ostiga tushgan kanallardan biri – Rossiyaning “RTR-Planeta” telekanalini misol qilib keltirdi.

Bu kanal Rossiya hukumati tarafidan moliyalashtiriladigan mediaxolding – Umumrossiya davlat teleradiokompaniyasiga (VGTRK) qarashli xalqaro loyiha hisoblanadi.

“Shaxsiy kuzatuvlarimga koʻra, Qirgʻizistondagi rusiyzabon tomoshabinlarning kichik bir qismigina “RTR-Planeta”ni tomosha qiladi va ular asosan yoshi kattaroq odamlar. Oʻta tajovuzkor tashviqot materiallari va teleboshlovchilarning noxolisligi aksariyat tomoshabinlarning gʻashiga tegadi”, dedi Satibekov Karvonsaroyga.

Bu gap shuningdek, Kreml koʻrsatmasi asosida ishlaydigan “RIA Novosti”, “Rossiya Segodnya” va “Sputnik” kabi boshqa ommaviy axborot vositalariga ham tegishli, deydi u.

Satibekovga koʻra, Kreml qoʻllavidagi OAV koʻpincha qirgʻiz xalqining fikriga zid keluvchi materiallar tayyorlaydi.

“2005-yil mart va 2010-yil aprel oylarida yuz bergan voqealarini olaylik – oʻshanda Qirgʻizistondagi ommaviy tartibsizliklar va norozilik namoyishlari hukumat almashinuviga olib kelgan edi”, deydi Satibekov.

“Mamlakatimiz aholisining aksariyati bu oʻzgarishlarni olqishladi, lekin Rossiyaning koʻpgina ommaviy axborot vositalari ularni “rangli inqiloblarning zanjirli reaksiyasi” deb izohladilar.”

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya ommaviy axborot vositalari “mamlakat axborot suvereniteti uchun tahdiddir”. Zero, Bishkekning strategik yoʻnalishlarga oid choralari Moskva manfaatlariga toʻgʻri kelmasa, Rossiya Qirgʻiziston axborot makonida uydirma xabarlar tarqata boshlaydi.

Rossiyaning ambitsiyalari

Qozogʻiston ham Rossiya tashviqoti bilan bogʻliq xuddi shunday tahdidga duch kelmoqda.

“Amaldagi Rossiya rahbariyatining maqsadi sobiq postsovet respublikalar, jumladan Qozogʻistonning sobiq mustamlakachi Rossiyadan toʻliq suveren boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik”, deydi Olmaotadagi amaliy siyosatshunoslik va xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Aydar Amrebayev.

Amrebayev bu haqda Kiyevdagi Armiya, konversiya va qurolsizlanish boʻyicha tadqiqotlar markazi uchun yozgan 6-avgust kungi maqolasida aytib oʻtgan.

Axborot-tahliliy xabarnomalar va ijtimoiy tarmoqlarda Qozogʻistonning Rossiyaga raqobatdosh tashqi siyosat va tashqi iqtisodiyotga oid turli loyihalari haqida feyk xabarlar va stereotiplarni atayin tarqatish yoki bevosita tanqid qilish, shuningdek Rossiya yetakchiligidagi Yevroosiyo integratsiyasini faol targʻib qilish Rossiyaning tashviqot kampaniyasiga xos mavzulardan hisoblanadi, deb yozadi u.

Uning qayd etishicha, Qozogʻiston hukumatining qozoq alifbosini ruscha kirill yozuvidan lotin yozuviga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng koʻlamli reaksiyaga sabab boʻlgan.

Qozogʻiston oʻz “ittifoqchisiga” xiyonat qilgani, umumiy madaniyat va axborot makonidan voz kechganlikda ayblanib, unga nisbatan axborot hujumi uyushtirildi va u bugungi kunga qadar davom etmoqda”, deydi Amrebayev.

“Bu qaror bir qator telekoʻrsatuvlar va tok-shoularda keng miqyosda tanqid qilindi.”

Shu bilan bir vaqtda, Rossiya OAV Qozogʻiston rahbariyatining rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida saqlash, shuningdek, tillar va madaniyatlar xilma-xilligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa tashabbuslarini “koʻrmaganga olyapti”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 16

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kelajak Ukrainaniki, bizga Ukraina kanallari kerak

Javob berish

Rossiya yovuzlik demakdir.

Javob berish

Negadir Rossiyada ishlash, oilani taʼminlash, Rossiya fuqaroligini olish yaxshi, lekin boshqa hamma narsa yomon – Rossiya tajovuzkor.

Javob berish

Chunki 70 yil davomida faqat Rossiya rivojlandi, hamma bir xil emasdi

Javob berish

Nega unda millionlab ruslar AQSH va Yevropaga qochmoqda? Nega Rossiya televideniyasida bu davlatlarni tanqid qilishyapti?

Javob berish

Rossiya dunyoda eng oxirgi mustamlakachi davlat va u oʻzining mustamlakachilik siyosatini davlm ettirmoqda.

Javob berish

Turon boʻladi baribir

Javob berish

Men va oilam, shuningdek doʻstlarimiz hech qachon Rossiya telekanallarini koʻrmaymiz. Nimaga? Bizda ishonchli maʼlumotlar olish mumkin boʻlgan Internet bor.

Javob berish

Albatta, yoqlayman! Televizor koʻrib boʻlmay qoldi. Bizda kabel televideniyasi bor. Rossiya kanallarining hech birida qiziqarli, maʼrifiy va koʻngilochar dasturlar qolmagan. Vallohi, u yerda hamma mutantlar yigʻilvolib, ertayu kech nafaqat AQSh va Ukraina, balki Gʻarb mamlakatlarining goʻriga gʻisht qalash bilan ovora, adovat endi qoʻshnilarimizga ham yetib bormoqda. Haddan oshish bu. Asta -sekin oʻsha koʻrsatuvlar va ularning boshlovchilaridan nafratlana boshlaysan. Ular hamma kanallarni egalladi; ularning tahlillaridan odamlar aqlli boʻlib qolmaydilar. Ular dahshatli, jirkanch va yovuz narsalarni tarqatishmoqda; ziyo degan narsa yoʻq.

Javob berish

Unda ishonchli kanallaringni tomosha qil; qim qarshilik qilyapti? Oʻzlaring Rossiya kanallariga yopishasanlar, chunki sizlarnikida koʻradigan narsaning oʻzi yoʻq.

Javob berish

Tayga ittifoqidan chiqish kerak.

Javob berish

Mening fikrimcha, alifbo tanlovi – bu oʻsha tilda soʻzlashuvchilarning ichki ishi, zero rus tilini bilish qozoq kirillchasida yozilgan adabiyotlarni oʻqish koʻnikmalarini saqlab qoladi.

Javob berish

Rossiyadan qancha uzoq turilsa, shuncha yaxshi

Javob berish

Afrikaga ket va unut

Javob berish

Siz ketishingiz kerak, va Afrikaga emas, yaxshisi Oyga. U yerda hech qanday rusofobiya yoʻq.

Javob berish

Siz Xitoyga, ayniqsa, Shinjondagi lagerlariga yaqinlashishingiz kerak

Javob berish