Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning koʻrinmas bombardimonchi samolyot ishlab chiqayotgani haqidagi daʼvolari xavfsizlikka oid xavotirlarni keltirib chiqarmoqda

Kanat Altinbayev

2-mart kuni Rossiyaning Tver shahri yaqinidagi poligonda oʻquv mashgʻulotlari olib borayotgan harbiy transport aviatsiyasi ekipaji. [Rossiya mudofaa vazirligi]

2-mart kuni Rossiyaning Tver shahri yaqinidagi poligonda oʻquv mashgʻulotlari olib borayotgan harbiy transport aviatsiyasi ekipaji. [Rossiya mudofaa vazirligi]

OLMAOTA – Oʻz qurolli kuchlarini rivojlantirishda davom etayotgan Rossiya koʻzga koʻrinmas strategik bombardimonchi samolyotining ilk namunasini ishlab chiqishga kirishgani haqidagi xabar xavotirlarni kuchaytirdi.

TASS davlat axborot agentligining mudofaa sanoatidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, mazkur loyiha davlatga qarashli Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi nazoratida amalga oshirilmoqda, deb yozadi AFP.

Loyiha uchun materiallar yetkazib berilib, PAK DA yoki “Kuryer” deb nomlangan bombardimonchi samolyotning kabinasi ustida ish olib borilmoqda, deb xabar beradi TASS.

“Yigʻish ishlari 2021-yilda tugallanishi koʻzda tutilmoqda”, deb aytgan manbalardan biri 26-mart kuni TASS agentligiga.

25-mart kuni Federatsiyalar kengashi majlisida nutq soʻzlayotgan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu. [Rossiya mudofaa vazirligi]

25-mart kuni Federatsiyalar kengashi majlisida nutq soʻzlayotgan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Stels rusumidagi bombardimonchi radarlarga koʻrinmaydi va katta miqdorda qurollar tashiy oladi.

Rossiya rasmiylari loyiha tafsilotlarini oshkor qilmagan boʻlsa-da, oʻtgan yili mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksey Krivoruchko bu ish bilan Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi “Tupolev” davlat korxonasi shugʻullanayotganini aytgan edi.

Xabar qilinishicha, samolyot Amerikada ishlab chiqarilgan stels-bombardimonchilar kabi “uchar qanot” sxemasi boʻyicha loyihalashtirilgan boʻlib, tezligi tovush tezligidan pastroq. U strategik qanotli raketalar va gipertovushli qurollarni tashiy oladi.

“Samolyot dushman oldiga 30 tonna bomba va raketalar bilan yashirincha uchib keladi”, deb taʼkidlanadi 26-may kuni “Komsomolskaya pravda” Rossiya kremlparast gazetasining Qozogʻistondagi onlayn-nashrida chop etilgan maqolada.

Xabarlarga koʻra, “Kuryer”ning parvoz masofasi 12000 kilometrga teng, u toʻla yoqilgʻi baki bilan dunyoning chorak qismidan koʻprogʻini uchib oʻtishi mumkin.

Samolyot bortidagi raketalar 2000 km dan 7000 km masofaga ucha oladi, ular orasida yadro kallakli raketalar ham boʻladi, deb yozadi gazeta.

Uning qoʻshimcha qilishicha, yangi samolyot oʻzidan avvalgi havo kemalarining kamchiliklarini “toʻldiradi”.

“Bugungi kundagi “Tu” rusumli bombardimonchi samolyotlar yo dushmanning havo-mudofaa tizimini yorib oʻtadi yoki rekord daraja uzoq masofaga ucha oladi. Ammo Rossiyaning “yangi stelsi” bu ikkala xususiyatni oʻzida birlashtiradi”, deyiladi xabarda.

Shubhali iddaolar

Bu xabar Rossiya qurolli kuchlari va uning modernizatsiyasi namoyishiga bagʻishlangan Kreml axborot kompaniyasi davomida paydo boʻlgan.

Ammo, Kremlning koʻplab daʼvolari shubhali, zero soʻnggi yillarda yuz bergan halokatli muvaffaqiyatsizliklar Rossiya harbiylarining obroʻsini tushirib yuborgan.

Jumladan, 2018-yil oktyabr oyida Rossiyaning birdan-bir aviatashuvchisi boʻlmish “Admiral Kuznetsov” sahniga kran qulab tushishi natijasida jiddiy shikastlanib, ikki yildan koʻproq vaqt davomida Murmanskda taʼmirda boʻlgan va oʻtgan yil dekabr oyida kutilmaganda yongʻinga uchragan edi.

Oʻtgan yil avgustda Severodvinsk yaqinidagi yadroviy raketa sinovlari chogʻida yuz bergan portlash tufayli Rossiya atom agentligining besh xodimi halok boʻlgan va radiatsiya darajasining koʻtarilgani qayd etilgan edi.

Oʻtgan yil avgust oyi boshida Krasnoyarsk viloyatining Achinsk shaharchasidagi oʻq-dori omborxonasida portlashlar yuz bergan edi.

Oʻtgan yil iyulda Barents dengizida 14 nafar dengizchi, jumladan yetti nafar yuqori martabali zobit suvosti kemasidagi yongʻin sababli halok boʻlgan.

Rossiyaning urush qoʻzgʻash siyosati

Bir vaqtning oʻzida Moskva rasmiylarining muhmal bayonotlari xavotirga sabab boʻlmoqda.

27-may kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning vazirlik rasmiylari bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishidan iqtibos keltirgan “Nezavisimaya gazeta” shunday yozadi: “Rossiya xavfsizligi uchun eng katta tahdid Gʻarbdir”.

Nashr boshqa davlatlar bilan oʻz harbiy qudratini oshirayotgan Rossiya va Germaniya oʻrtasida yuz berishi mumkin boʻlgan ziddiyatga oid xavotirlarni zikr qilar ekan, bu “Yevropa davlatlari uchun xavfli boʻlishi mumkin”ligini aytgan.

Odatda Moskva undan qoʻrqish lozimligini koʻrsatib qoʻyish uchun oʻz harbiy imkoniyatlarini mashqlar va paradlarda namoyish etadi, deydi tahlilchilar.

Soʻnggi misol – COVID-19 pandemiyasi tufayli fuqarolar salomatligi va hayoti xavf ostida qolishiga qaramay, natsist Germaniyasi ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan paradning 24 iyun kuniga belgilanganidir. 9-may kuni oʻtkazilishi kerak boʻlgan tadbir Rossiyadagi koronavirus pandemiyasi sababli boshqa kunga qoldirilgan edi.

Gʻalaba paradi va yangi koʻrinmas bombardimonchi samolyotning ishlab chiqilishi Kremlning Qoʻshma Shtatlar va Xitoy kabi boshqa davlatlar koʻz oʻngida “oʻz kuchini koʻrsatib” qoʻyishga urinayotganidan darak beradi, deydi qirgʻizistonlik sobiq diplomat Murat Konokbayev.

Shu bilan birga, Rossiyaning Qoʻshma Shtatlar bilan siyosiy ziddiyati anʼanaviy tusga ega. Ammo, uning Markaziy Osiyoda oʻz hozirligini kengaytirib borayotgan Pekin bilan munosabatlari yaqin kelajakda keskinlashishi mumkin, dedi Konokbayev.

“Voqealarning bunday rivoji Markaziy Osiyo barqarorligiga putur yetkazishi mumkin”, dedi u.

Aksincha, Moskvaning oʻzi Markaziy Osiyoda beqarorlik manbaiga aylandi va mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning sezilarli yomonlashuviga sabab boʻldi.

Yaqinda Rossiyada COVID-19ga qarshi joriy qilingan karantin choralari minglab tojikistonlik mehnat migrantlarini ishidan mahrum qilib, ularning oilalarini nochorlikda qoldirdi , deydi dushanbelik siyosiy tahlilchi Parvez Mullojanov.

Rossiyadan pul oʻtkazmalari keskin qisqargani tufayli iqtisodiyoti zarar koʻrgan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ham xuddi shunday muammolarga duch kelishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Men bu holatni Markaziy Osiyo davlatlari kelajak taqdiri uchun xavfli deb oʻylayman. Rossiya rahbarlari sobiq SSSRni zamonaviysini, mustahkamini yaratmoqchi. Ular shu bilan butun dunyoda Amerikadan ham kuchli imperiyani tashkillashtirmoqchi. Biz ularni oddiy bir shtatiga aylanib qolishimiz mumkin. Men Amir Temurni 12-avlodi sifatida aytaman: bunga keskin qarshiman. Biz aslida Turkiy millatlarni, moʻmin-musulmonlarni birlashtirib, Rossiyani ham, Yevropani ham, Amerika va Xitoyni xam biz bilan hisoblashishiga majbur qilishimiz kerak. Buni amalga oshirish uchun aqli yetmayotganlar, qoʻlidan kelmayotganlar mard boʻlib bizga oʻrnini boʻshatib bersin. Eplay olmasam men ham oʻrnimni boʻshataman deb omma oldida aytgan. Erkak bitta gapiradi. Men hech kimdan qoʻrqmayman, hech kimdan qarz ham emasman, muttaham ham emasman. Xalqimiz tang holatga kelib qoldi. Kelajaka ishonchimiz yoʻqolmoqda. Bu rahbarni ixtiyori oʻzida emas, kimdir buni boshqarib turganga oʻxshaydi. Bu birgina mening fikrim emas, millionlab xalqimizni fikri. Instagram va Feysbuk va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni kuzatgan kishi meni gaplarimni qanchalik toʻgri ekanligiga amin boʻladi. Bu gaplarim uchun meni va oilamni yoʻq qilishi mumkin. Men bunga tayyor man. Jonim, oilam, farzandlarim fido boʻlsin xalqimiz, vatanimiz, moʻmin-musulmonlar uchun. Bizni yoʻq qilgan bilan bizdan soʻng millionlab aqlli, bilimli, iymon-eʼtiqodli, oʻz haqqini talab qiladigan yoshlar chiqishiga aminman. Rahbarni tez kunlarda oʻziga kelishini va Xalq

Javob berish

Bu haqiqatan ham ruslarning koʻzga koʻrinmas samolyoti. Uni hech kim koʻrmagan va koʻrmaydi ham )))

Javob berish

Birorta ham mix ishlatmay yigʻilgan va qaragʻay daraxtidan oʻyib ishlangan bu moʻjizaviy samolyotni ham xuddi dunyonda tengi boʻlmagan Armata super-tankining taqdiri kutib turibdi.

Javob berish