Karvonsaroy
Tahlil

AQSHda hokimiyatning tinchlik yoʻli bilan topshirilgani demokratiya barqarorligining belgisi boʻldi

Karvonsaroy

AQSH milliy gvardiyachilari Kapitoliy binosini qoʻriqlamoqda, Vashington, 17-yanvar. [Andrew Caballero-Reynolds/AFP]

AQSH milliy gvardiyachilari Kapitoliy binosini qoʻriqlamoqda, Vashington, 17-yanvar. [Andrew Caballero-Reynolds/AFP]

VASHINGTON – Qoʻshma Shtatlar tarixidagi eng bahsli saylovlar ortidan hukumatning tinch yoʻl bilan AQSH prezidenti Jo Baydenga oʻtishi AQSH demokratiyasining kuchi va barqarorligiga urgʻu beradi, deydi kuzatuvchilar.

Har toʻrt yoki sakkiz yilda amerikaliklar AQSH harbiy kuchlarini ham boshqaruvchi yangi prezidentga ovoz berishadi.

Qoʻshma Shtatlar uchun hatto eng qiyin siyosiy nizolar vaqtida ham hukumat tepasida prezident yangi yetakchini tan olishi va oʻz oʻrnini tinch yoʻl bilan topshirishi faxrli masala boʻlgan.

Bunday voqea ilk marta 1800 yilda Jon Adams ishtirokida yuz bergan, oʻshanda u Tomas Jeffersonga magʻlub boʻlganidan keyin prezidentlik bir partiyadan ikkinchisiga topshirilgan va bu 200 yildan beri davom etib kelayotgan anʼanaga aylangan.

2017-yil, 20-yanvarda olingan bu suratda oʻsha vaqtdagi AQSH prezidenti Donald Tramp avvalgi prezident Barak Obama va sobiq vitse-prezident Jo Bayden bilan suhbatlashmoqda. Senator Chak Shumer Vashingtondagi inaguratsiya marosimini kuzatmoqda. [Pol Richards/AFP]

2017-yil, 20-yanvarda olingan bu suratda oʻsha vaqtdagi AQSH prezidenti Donald Tramp avvalgi prezident Barak Obama va sobiq vitse-prezident Jo Bayden bilan suhbatlashmoqda. Senator Chak Shumer Vashingtondagi inaguratsiya marosimini kuzatmoqda. [Pol Richards/AFP]

AQSH va Saudiya qurolli kuchlari Forz koʻrfazida qoʻshma harbiy mashgʻulotlar olib bormoqda, 2020-yil, 17-dekabr. [CENTCOM]

AQSH va Saudiya qurolli kuchlari Forz koʻrfazida qoʻshma harbiy mashgʻulotlar olib bormoqda, 2020-yil, 17-dekabr. [CENTCOM]

Shu sababli ham yakunda 20-yanvar kungi inaguratsiyaga olib kelgan noyabrdagi ziddiyatli prezident saylovlari, jumladan, 6-yanvar kuni AQSH Kapitoliysiga hujumdan keyin ham Donald Tramp Qoʻshma Shtatlarning 46-prezidenti Jo Baydenga oʻz oʻrnini topshirishga rozi boʻldi.

Ittifoqdoshlarga sodiqlik

Yana bir faxrli jihat – kim prezident boʻlishidan qatʼiy nazar, AQSH armiyasining dunyo boʻylab oʻz ittifoqdoshlariga sodiqligidir.

AQSH armiyasi generali, shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi Mark Milli bir necha marotaba bu sodiqlikni taʼkidlab oʻtgan.

“Amerika qadriyatlari ikki yarim asrdan beri bizga kuch berib kelgan va biz hech qachon AQSH konstitutsiyasiga sodiqligimizdan voz kechmaymiz”, degan edi u dekabr oyida. “Ikkinchi jahon urushidan beri mavjud boʻlgan buyuk tinchlikni saqlab qolish va bizga qarshi chiqqanlar bilan qatʼiy kurashish – maqsadimiz boʻlishi kerak.”

2018-yil oktyabrda AQSH mudofaa vazirligi oʻz Milliy mudofaa strategiyasini eʼlon qilgan, unda Rossiya va Xitoyning “joriy xalqaro muvozanatni buzmasligini” taʼminlash asosiy maqsad ekanligi taʼkidlangan.

“Avtoritar mamlakatlar xalqaro tizimning sabrini sinamoqda”, deb aytgan Milli. “Ittifoqchilarimiz va hamkorlarimizdan iborat tarmoq Qoʻshma Shtatlarning qudratidir. Shu bois ham AQSH dunyodagi har qanday muammolarni hal qilishi mumkin.”

“Biz tinchlikni kuch bilan taʼminlashimiz kerak”, deb aytgan u. “Bu xavfli dunyoda doʻstlar bilan boʻlish yaxshi.”

Umumiy dushmanga qarshi birlashish

Oktyabrda AQSH harbiylari hamkor davlatlar bilan ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash tashabbusni eʼlon qildi va Rossiya va Xitoyning global taʼsiriga qarshi kurashda oʻz qurolli kuchlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yangi usullarni topish yoʻlini topdi.

“Xitoy va Rossiya jadallik bilan oʻz qurolli kuchlarini zamonaviylashtirmoqda va oʻsib borayotgan qudratini xalqaro qonunchilikka nisbatan bepisandlik, davlatlar suverenitetiga daxl qilish va kuchlar muvozanatini oʻzgartirish uchun qoʻllamoqda”, deb aytgan AQSH mudofaa vaziri Mark Esper oʻtgan yil 20-oktyabrda Vashingtondagi tahlil markazi boʻlgan Atlantik kengashidagi nutqida.

Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi provokatsiyasi va Kremlning Ukraina bilan urushi “oʻzgalarning avtonomiyasiga, mamlakatlar va tashkilotlarning barqarorligi va birdamligiga surbetlarcha putur yetkazishga urinayotganini koʻrsatmoqda”, dedi u.

“Amerikaning ittifoqchilari va sheriklari tarmogʻi bizga dushmanlarimiz tenglasha olmaydigan ustunlik beradi”, dedi Esper.

“Xitoy va Rossiyaning ittifoqchilari birga qoʻshib hisoblaganda oʻntadan kam”, dedi u. Shuningdek, ularning qonunbuzarlik tabiati potentsial sheriklarni choʻchitadi, deb qoʻshimcha qildi u.

Ayni vaqtda Qoʻshma Shtatlar keng koʻlamli “ittifoqchilar va sheriklar tarmogʻiga”, shuningdek “mushtarak qadriyatlar va manfaatlar bilan bogʻlangan” munosabatlarga ham ega, dedi Esper.

Bu tashabbus ittifoqchilik va sheriklikni rivojlantirish boʻyicha qoʻllanma deb nomlangan.

AQSH strategiyasi Amerikaning qurol-yarogʻ savdosi hajmini kengaytirish, ittifoqlarni kuchaytirish, Rossiya va Xitoy raqobatiga qarshi AQSH mudofaa sanoatini rivojlantirishni oʻz ichiga oladi, dedi Esper.

AQSH demokratik tizimini badnom qilishga urinish

Shu oy boshida Qoʻshma Shtatlarda saylovga oid notinchliklardan keyin Rossiya, Eron va Xitoy rasmiylari tartibsizliklardan mamnun ekanliklarini izhor etib, oʻz mamlakatlarida davom etayotgan repressiv kampaniyalarini oqlash maqsadida bu xabarlarni oʻz foydalariga sharhlashga urindilar.

6-yanvar kuni AQSH Kapitoliysiga hujum Amerikaning tanazzuliga ishoradir, deb aytgan Rossiya parlamenti yuqori palatasining tashqi ishlar qoʻmitasi raisi Konstantin Kosachev. AQSH demokratiyasining “ikki oyogʻi ham oqsamoqda”, deb qoʻshimcha qilgan u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin har qanday demokratik meʼyorlarga zid ravishda “umrbod” prezident boʻlish imkoniyatiga ega boʻlgan, yangi qonun esa Putin va uning oila aʼzolarini hayotlari davomida sodir etgan har qanday jinoyat uchun javobgarlikdan, shuningdek, tintuvlar, hibs va soʻroqdan ozod qilgan.

Kapitoliyda boshlangan tartibsizlik “eng avvalo Gʻarb demokratiyasi qay darajada kuchsiz va zaif ekanligini koʻrsatadi”, deb aytgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

Biroq Eronda demokratiyaning faqat nomi bor, xolos.

Eron saylovlarini nazorat qiluvchi Qoʻriqchilar kengashi muntazam ravishda nomzodlikka harakat qilayotganlarni tekshirib boradi. Oʻtgan yili 14500 nafar daʼvogarning deyarli uchdan ikki qismi – 9500 ga yaqin potentsial nomzodning saylovda ishtirok etishi taqiqlangan edi.

“Demokratiya va milliy suverenitetga eng katta tahdid saylovlar rasmiyatchilikka aylangan kundan boshlanadi”, degan edi Ruhoniy oʻtgan yil yanvarda kengash qarori chiqarilgandan keyin.

Bundan tashqari, oʻtgan yil fevralda Erondagi parlament saylovlarida 1979-yilgi inqilobdan beri eng kam ishtirok qayd etilgan, unda ovoz berishi huquqiga ega odamlarning 42,6 foizi ishtirok etgan. Tehronda esa saylov qatnashchilari 25 foizdan sal oshgan.

Bu orada Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari Kapitoliydagi isyonchilarni 2019-yil iyuldagi Gonkong qonunchilik kengashi binosini qoʻlga olgan namoyishchilarga oʻxshatgan.

Ikki guruhning sabab va niyatlari tubdan umuman farq qiladi.

Gonkongdagi namoyishchilar toʻlaqonli demokratiya talab qilish va shaharning saylanmagan rahbariyati tomonidan tizim orqali ilgari surilayotgan nooʻrin qonun loyihasini toʻxtatish uchun Qonunchilik kengashi binosiga bostirib kirishgan.

Pekin 2019-yilgi tartibsizliklarni shafqatsiz tarzda bostirib, notinch shaharda qattiq qonunni joriy qildi, oʻnlab tanqidchilarni hibsga olib, oʻzgacha fikrni boʻgʻishga urindi. Bu harakati bilan u 1997-yildagi Gonkongning fuqarolik erkinliklarini 50 yil davomida saqlab qolish toʻgʻrisidagi vaʼdasini buzdi.

AQSH Kapitoliysiga bostirib kirganlarning maqsadi esa erkin va adolatli prezident saylovlari natijalarini bekor qilish edi. Mamlakat boʻylab aksari Tramp tomonidan tayinlangan sudyalar saylov natijalarini savol ostiga olib, oʻzboshimchalik bilan 60 dan ortiq asossiz daʼvolar chiqargan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Amerikaning qatʼiy siyosati bilan Rossiyaning qamoqxonaga oʻxshagan tizimini solishtirmaslik kerak.

Javob berish

AQSH bu kuch demakdir!

Javob berish