Karvonsaroy
Inson huquqlari

Pekin Shinjondagi musulmonlarning azob-uqubatlarini musiqali melodramaga aylantirdi

Karvonsaroy va AFP

YouTube tarmogʻidagi “Qoʻshiqlar qanotlari” myuziklidan olingan skrinshot. [Fayl]

YouTube tarmogʻidagi “Qoʻshiqlar qanotlari” myuziklidan olingan skrinshot. [Fayl]

PEKIN – Shinjonda hukumat tomonidan ishlab chiqarilgan yangi myuzikl Xitoy kinoteatrlarida namoyish etilmoqda, unda etnik birdamlikning rang-barang osoyishtaligi aks ettirilgan. Aslida bu hudud unga xos boʻlgan voqelik – “qayta taʼlim” lagerlari, ommaviy kuzatuv tizimlari va mudhish zoʻravonliklardan xoli qilib koʻrsatilgan.

Milliondan ortiq uygʻurlar va boshqa turkiyzabon musulmonlar, jumladan qozoqlar va qirgʻizlar “qatliom” amalga oshirilayotgan Shinjondagi lagerlarga joylashtirilgan.

Dastavval lagerlar mavjudligini rad etgan Pekin hozirda ularni terrorchilikka barham berish va ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan “kasb-hunar markazlari” deb himoya qilmoqda.

Ammo Shinjon paxta sanoatidagi qullik va majburiy mehnatga oid aniq dalillar xalqaro hamjamiyatning eʼtiroziga sabab boʻlar ekan, muslima ayollarning muntazam ravishda zoʻrlanishi, bichilishi va tahqirlanishi xalqaro miqyosda qoralangan.

Xitoy hukumati Shinjon viloyatidagi uygʻur musulmonlariga nisbatan munosabat tanqidiga qarshi kurash uchun tashviqotning yangi toʻlqinini boshlab yuborgan. “Qoʻshiqlar qanoti” nomli rang-barang musiqiy film – shular jumlasidan. YouTube tarmogʻidan olingan skrinshot.

Xitoy hukumati Shinjon viloyatidagi uygʻur musulmonlariga nisbatan munosabat tanqidiga qarshi kurash uchun tashviqotning yangi toʻlqinini boshlab yuborgan. “Qoʻshiqlar qanoti” nomli rang-barang musiqiy film – shular jumlasidan. YouTube tarmogʻidan olingan skrinshot.

Haqiqat: Shinjondagi koʻp sonli “qayta taʼlim lagerlaridan” birining kuzatuv minorasi. [Greg Beyker/AFP]

Haqiqat: Shinjondagi koʻp sonli “qayta taʼlim lagerlaridan” birining kuzatuv minorasi. [Greg Beyker/AFP]

Mamlakatning Shinjondagi etnik ozchilikka nisbatan munosabati u yerdagi inson huquqlari sohasidagi taraqqiyotning “yorqin namunasidir”, degan edi Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi fevral oyida.

Hollivuddan taʼsirlanish

Eʼtiroz kuchayib borar ekan, Xitoy mamlakat ichi va uning tashqarisida narrativni oʻzgartirish maqsadida puxta “piar” kompaniyasini boshlab yuborgan.

Rep qoʻshiqlar, suratlar koʻrgazmasi, endi esa “Qoʻshiqlar qanotlari” nomli yangi myuzikl mintaqadagi madaniy qayta anglash boshida turgan bir vaqtda, koʻplab mashhur shaxslar Shinjonning tekstil sanoatini himoya qilishga begʻaraz yordam bera boshlaganlar.

Pekin tahqirlashlar haqidagi barcha ayblovlarni rad etmoqda va bir necha yillar davom etgan halokatli ekstremizmdan hukumatning xayrixoh aralashuvidan keyin Shinjonni etnik birdamlik, iqtisodiy yangilanish maskaniga aylantirganini taʼkidlamoqda.

Namoyishi bir yilga kechikkan filmda turli etnik guruhlarga mansub uch erkak mashhurlikni orzu qilib, turfa madaniyatlardan taʼsirlangan holda qorli togʻlar va bepoyon choʻllarda musiqiy ilhom izlashadi.

Hukumatga qarashli Global Times nashri film haqida yozar ekan, Hollivudning “La La Land” kabi filmlari “Xitoy kinostudiyalarini” mahalliy xit ishlab chiqishga ilhomlantirganini aytgan.

Ammo myuziklda Shinjonda keng tarqalgan kuzatuv kameralari va tekshiruv punktlari koʻrsatilmagan.

Shuningdek, Shinjonda yashovchilarning yarmidan koʻpi musulmon boʻlishiga qaramay, filmda islom dini, masjidlar yoki hijobli ayollar zikr qilinmagan.

Sahnalarning birida bosh qahramonlardan biri – soqoli qirtishlangan uygʻur qoʻlida pivo ushlab turgani koʻrsatilgan.

Ayovsiz voqelik

Xitoy ichkarisida uygʻurlar muammosining muhokamasi bostiriladi.

Fevral oyida Xitoyda Clubhouse ilovasi yopilgan edi. Bu audioplatformada, jumladan, Shinjonga oid senzurasiz muhokamalar qizgʻin tus olib, uygʻurlar xitoylik xanlarga oʻz hayotlarini yashirmay tasvirlab bergan edilar.

Xitoyda bir oz muddat davomida “haqiqiy” internetning ochilishi taqiqlangan ijtimoiy-siyosiy mavzularning ommalashuvi uchun noyob imkoniyat boʻldi. Odatda fikrlar xilma-xilligi Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) tomonidan boʻgʻib kelinadi.

Pekindagi texnologik startaplardan birining muharriri, 30 yashar Aleks Su “Clubhouse” ilovasida oʻtkazgan qisqa vaqt davomida uygʻur musulmonlarining Shinjondagi tahqirlanishiga oid voqealardan qattiq taʼsirlanganini aytadi.

“Odatda Xitoyning materik qismida bu kabi maʼlumotlarga kirish imkoni yoʻq”, deb aytgan u New York Times bilan telefon orqali suhbatida.

Pekin “ming marta qaytarilgan yolgʻon rostga aylanishini” biladi, deb aytgan AQSHda joylashgan SinoInsider kosalting kompaniyasi xodimi Larri Ong AFP nashriga.

Boshqalar uchun Shinjonda olib borilayotgan tashviqot ishlari samara berayotgan koʻrinadi.

“Shinjonda boʻlganman, film juda haqqoniy chiqibdi”, deb aytgan “Qoʻshiqlar qanotlari”ni tomosha qilgan pekinliklardan biri AFP nashriga.

“Odamlar baxtli, ochiq va ozod”, deb aytgan oʻz ismini ochiqlashni istamagan tomoshabin.

Uygʻur huquqbonlari tezlik bilan film haqidagi taxminlarni rad etgan.

“Uygʻurlar qoʻshiq aytib raqsga tushayotgan boʻlsa, qatliom yoʻq degan narsani tasavvur qilib boʻlmaydi”, deydi amerikalik uygʻur yurist va Vashingtondagi Xadson universitetining katta ilmiy xodimi Nuriy Turkel New York Times nashriga.

Genotsid har qanaqangi goʻzal yurtda ham boʻlishi mumkin.”

Xitoyning “jangchi boʻrilari” hujumga oʻtgan

Xitoyning “jangchi boʻri” diplomatlari oʻz ritorikalari, xalqaro va mahalliy, jumladan, Shinjon masalasida javob berishda tobora tajovuzkor boʻlib bormoqdalar, Xitoyda taqiqlangan Twitter tarmogʻida haqoratli xabarlar qoldirib, tanqidchilarni qoralab, fitna nazariyalarini tarqatmoqdalar.

“Jangchi boʻri diplomatiyasi” atamasi Xitoy elchilari (ular orasida eng taniqlisi Xitoy TIV vakili Chjao Litszyan) ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat mudofaasini kuchaytirgan 2019-yilda umum qabul qilingan edi.

Bu taxallus Rembo kabi xitoylik maxsus kuchlar askari haqidagi filmidan olingan.

Pekinning Shinjondagi musulmonlarga nisbatan munosabatiga qarshi global bosimning kuchayishi ortidan elchilarning soʻnggi vaqtdagi faolligi ham ortgan.

Mart oyi oxirlarida Yevropa Ittifoqi, Britaniya, Kanada va Qoʻshma Shtatlar Shinjondagi vaziyat tufayli sanktsiyalar joriy qilishi bilan Xitoy tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Xua Chunin AQSH markaziy razvedka agentligi Xitoyni beqarorlashtirish maqsadida Shinjondagi holat boʻyicha ritorikani tayyorlashda yordam bergan, degan gapni tarqatishgacha borgan.

6-aprel kuni Turkiya Xitoy elchixonasi ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar turkiyalik siyosatchi Pekinning musulmonlarga nisbatan munosabatini tanqid qilganini qoralashi ortidan elchini chaqirtirgan.

Xuddi shu kuni Xitoy sudi “ayirmachilik faoliyati” bilan shugʻallangani uchun Shinjonda ikkita sobiq uygʻur amaldorini oʻlim jazosiga hukm qilgan.

Bosim ommaviy madaniyat sohasida ham olib borilmoqda. Mart oyida “gʻarbliklarning” mintaqadagi paxta haqidagi “yolgʻoni” toʻgʻrisida rep qoʻshigʻi chiqarilgan, davlatga qarashli CGTN teleradiokompaniyasi esa Pekindagi bosqinlarga sabab boʻlgan noroziliklar haqida hujjatli film chiqarmoqchi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500