Karvonsaroy
Inson huquqlari

Islom dunyosi Xitoyning musulmonlarga nisbatan zulmini toʻxtatish yoʻlida “birlashmogʻi lozim”

Sulton al-Baray

Xitoyning Shinjondagi musulmonlarga nisbatan zoʻravonligiga qarshi namoyishga chiqqan arablar. [Devid Ferst/AFP]

Xitoyning Shinjondagi musulmonlarga nisbatan zoʻravonligiga qarshi namoyishga chiqqan arablar. [Devid Ferst/AFP]

Arab va islom davlatlari hamda ittifoqlari Xitoyning musulmonlarga nisbatan zulmiga qarshi oʻz pozitsiyalarini birlashtirishi va mudhish vaziyatga barham berish boʻyicha qatʼiy chora koʻrishi kerak, deydi Yaqin Sharqdagi imomlar va ulamolar.

Shuningdek, ularning aytishicha, Xitoyni javobgarlikka tortish boʻyicha keng qamrovli kampaniya olib borilishi zarur.

Pekin aholisining aksari musulmonlardan iborat Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjonda musulmonlarga nisbatan bir qator qonunbuzarliklar sodir etib kelmoqda.

Asosan uygʻurlardan iborat hududdagi milliondan ortiq odam “siyosiy qayta taʼlim” lagerlarida sudsiz hibsda saqlanmoqda.

Fevral oyida Istanbulda Shinjondagi jinoyatlar yuzasidan adolat talab qilib namoyishga chiqqan uygʻurlar va boshqa musulmonlar. [Yasin Akgul/AFP]

Fevral oyida Istanbulda Shinjondagi jinoyatlar yuzasidan adolat talab qilib namoyishga chiqqan uygʻurlar va boshqa musulmonlar. [Yasin Akgul/AFP]

2019-yil Indoneziyada Xitoydagi musulmonlarni qoʻllab-quvvatlab namoyish oʻtkazayotgan Islom himoyachilari jabhasi (IHJ) aʼzolari. [Chaydir Mahyuddin/AFP]

2019-yil Indoneziyada Xitoydagi musulmonlarni qoʻllab-quvvatlab namoyish oʻtkazayotgan Islom himoyachilari jabhasi (IHJ) aʼzolari. [Chaydir Mahyuddin/AFP]

2019-yil Gonkongda politsiya Shinjondagi musulmonlarni qoʻllab-quvvatlab namoyish oʻtkazgan odamlarni hibsga olgan. [Dale de la Rey/AFP]

2019-yil Gonkongda politsiya Shinjondagi musulmonlarni qoʻllab-quvvatlab namoyish oʻtkazgan odamlarni hibsga olgan. [Dale de la Rey/AFP]

Mustaqil tergovlar va sobiq mahbuslar bilan oʻtkazilgan suhbatlardan maʼlum boʻlishicha, qamoqxona vazifasini oʻtovchi lagerlarda jismoniy va ruhiy qiynoqlar, ongni zaharlash, muntazam zoʻrlashlar, jinsiy tahqirlash va boshqa dahshatli amaliyotlar qayd etilgan.

Shuningdek, Xitoy rasmiylari turli bahonalar bilan hududdagi masjidlar va boshqa islomiy obyektlarning uchdan ikki qismini yoʻq qilgan yoki ziyon yetkazgan, deyiladi Human Rights Watch (HRW) tashkilotining aprel oyidagi hisobotida.

Ammo, aholisining aksariyati musulmonlardan iborat arab davlatlari bunday yovuzliklarga sovuqqonlik bilan javob bergan, ayrim arab yetakchilari esa Xitoy tarafini olishgacha borganlar.

2019-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) inson huquqlari kengashiga Xitoyning Shinjondagi “havfsizlik va tinchlikni” saqlash choralarini olqishlab yozilgan maktubni imzolagan 37 davlat orasida Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Misr ham bor edi.

2019-yil mart oyida nomusulmon mamlakatlarda yashovchi musulmonlar huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan rezolyutsiyada Saudiyadagi Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) Xitoyning “musulmon fuqarolariga gʻamxoʻrlik koʻrsatishga oid” saʼy-harakatlarini olqishlagan.

HRWning taʼkidlashicha, rezolutsiyada “Pekinni tanqid qiluvchi yoki qoralovchi birorta soʻz yoʻq”.

Saudiya Arabistoni, Misr va BAA hukumatlari Pekinning talabi bilan uygʻurlarni qoʻlga olib, Xitoyga deportatsiya qilgani haqida xabarlar bor.

Musulmonlar birdamligi

Al-Mashariq nashri bilan suhbatda boʻlgan diniy arboblarga koʻra, Xitoy hukumatining uygʻurlarga nisbatan shafqatsiz munosabatini keng qamrovli kampaniyalar va Xitoy mahsulotlarini boykot qilish qilish orqali toʻxtatish mumkin.

Shuningdek, arab davlatlari IHT va Koʻrfaz hamkorligi kengashi (KHK) kabi tashkilotlar va ittifoqlar orqali Xitoyning musulmon ozchilikka qarshi repressiv amaliyotlarini qoralash boʻyicha umumiy pozitsiyani egallashi kerak, deb aytishgan.

“Diniy nuqtai nazardan, musulmonlar zulm ostida qolgan birodarlariga yordam berishi kerak”, deydi Al-Azhar universitetining shariat va fiqh boʻyicha professori, ulamo Nayif Abd Rabbu.

“Xitoylik musulmonlar faqat musulmon boʻlgani uchun ommatan zulmga uchramoqda”, dedi u bu gaplar Al-Azharning rasmiy munosabati emas, balki shaxsiy fikr ekanligini taʼkidlab. Bu universitetda bir necha oʻn yillardan beri Xitoydan kelgan uygʻur talabalar tahsil olib kelgan.

Soʻnggi yillarda Al-Azhar Xitoy va Birmadagi musulmonlarni qoʻllab-quvvatlab bir qator, jumladan 2015-yilda Xitoyda Ramazon oyida uygʻurlarga roʻza tuttirmaslikni qoralovchi bayonotlarni eʼlon qilgan, deb aytgan Abd Rabbu.

Bayonotda Al-Azhar “Xitoyda uygʻur musulmonlariga nisbatan olib borilayotgan barcha zulmlarga qarshi” ekanligi aytiladi.

Keng miqyosli ommaviy namoyishlar “hukumatlarni oʻz pozitsiyasini oʻzgartirishga yoki Xitoyni oʻz manfaatlari yoʻlidagi harakatlarini toʻxtatishga majbur qiladi”, deb aytgan Abd Rabbu.

Ayrimlar Afgʻonistondagi holatga ishora qilganlar – u yerda jangarilar hatto butun dunyo musulmonlarini Pekinning jinoyatlariga qarshi “jihod” yoʻlida birlashishga chaqirgan.

Muvofiqlashtirilgan javob choralari

Misrdagi Oʻrganishlar va dala tadqiqotlari boʻyicha Ibn al-Valid markazining yangi media boʻyicha rahbari Mazin Zakiy ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy musulmonlari mavzuida kuzatuv olib borgan.

U “musulmon davlatlarda, ayniqsa Yaqin Sharqda ularga nisbatan hamdardlik toʻlqini koʻringanini”, ammo hamjihatlik yoʻqligi va “ularning ovozi yuqori darajada tinglanishi uchun birlashgan kampaniya” yetishmayotganini aytadi.

Xeshteglarni muvofiqlashtirish bilan namoyishlar olib borish Arab yoki islom davlatlari hukumatlarini Pekinni oʻz harakatlaridan qaytaradigan pozitsiyani egallashga undashi mumkin, deydi Zakiy.

“Xitoyning Yaqin Sharq, ayniqsa islomiy mamlakatlarda keng qamrovli iqtisodiy manfaatlari bor”, deb aytgan Umm al-Quro universitetining qiyosiy huquqshunoslik boʻyicha professori Abdulloh al-Muqrin.

Davlatlar bundan Xitoy hukumatini musulmonlarga nisbatan olib borayotgan harakatlaridan voz kechishga undash yoʻlida foydalanishlari mumkin, deb aytgan u.

Al-Muqrin hukumatlarni Xitoy harakatlariga qarshi munosabat bildirishga undash uchun ommaviy namoyishlar samarasi va Xitoydagi musulmonlarga qarshi zulmlar haqidagi xabarlarni yoyinlashda ijtimoiy tarmoqlarning oʻrnini alohida taʼkidlagan.

“IHT va KHK kabi guruhlarning umumiy harakatlaridan farqli oʻlaroq, alohida davlatlar pozitsiyasi biror sezilarli natija olib kelmasligi mumkin”, deb qoʻshimcha qilgan u.

Ijtimoiy masʼuliyat

Arab mintaqasi 2013-yilda ishga tushirilgan, Osiyo, Afrika, Yevropa va Okeaniya boʻylab 78 davlatni temiryoʻl, yuk tashish yoʻllari va boshqa infratuzilma loyihalarini oʻz ichiga olgan Xitoyning “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusida markaziy oʻrinni egallaydi.

Xitoy “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi orqali Eron kabi zaif davlatlarga kreditlar taqdim etgan. Bu Pekinga qarzni toʻlashga qurbi yetmaydigan mamlakatlarga bosim oʻtkazish vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Bunday iqtisodiy hamkorlik nima uchun ayrim davlatlar Xitoyning Shinjondagi musulmonlarga nisbatan jinoyatlari borasida sukut saqlayotganini qisman izohlaydi.

Al-Azhar ulamosi, Misrdagi al-Maʼdiy tumanining an-Nur masjidi imomi, shayx Abdul Munaym Muhammadga koʻra, Xitoydagi musulmonlar muammosiga yanada koʻproq eʼtibor qaratilishi kerak.

“Masjidga kelayotganlarning koʻpchiligi bu mavzudan bexabar va boʻlayotgan ishlardan hayratda”, deydi u Al-Mashareq bilan suhbatda.

Musulmonlar jamoatchilikni oʻz birodarlari haqida xabardor qilish borasida ijtimoiy jihatdan maʼsuldirlar, deb aytgan u.

“Xitoy mahsulotlarini Yaqin Sharq va islomiy davlatlarda boykot qilishga chaqirish kabi ommaviy kampaniyalar hukumat yoki rasmiy pozitsiyalardan koʻra kuchliroq taʼsir qilishi mumkin”, deb aytgan Muhammad.

“Agar bu ish amalga oshsa, Xitoy uchun ogʻriqli zarba boʻladi”, deydi u, chunki arab mintaqasi Xitoy mahsulotlari uchun yirik bozor hisoblanadi va boykot Xitoy iqtisodiga sezilarli taʼsir qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yoʻqolsin Xitoy fashizmi!!!!!

Javob berish