Karvonsaroy
Inson huquqlari

Keksa juftlik Kiyev yaqinidagi kichik yertoʻlada ruslardan yashirinib yashagani maʼlum boʻldi

Metyu Rattman

Stepan va Mariya Borodenkolar qoʻshnilari bilan birga uylarining mitti yertoʻlasida portlashlar va ochlikka dosh berib bir oydan koʻproq yashadilar. Ular Mariyaning rossiyalik bosqinchilaridan yashirgan uni bilan jon saqlaganlar. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

DMITROVKA, Ukraina – 82 yoshli Stepan Borodenko eng ogʻir xotiralarini Ikkinchi jahon urushi bilan bogʻliq deb oʻylar edi.

Ammo fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganida uning fikri oʻzgardi.

Asossiz urush sobiq sovet davlatlaridagi koʻpchilik insonlarda ogʻriqli xotiralarni uygʻotar ekan, Markaziy Osiyoliklarda ularning mamlakatlari Rossiya tajovuzining navbatdagi nishoni boʻlishi mumkinligiga oid xavotirlarni kuchaytirgan.

Kiyevdan taxminan ikki soatlik masofada joylashgan Dmitrovka qishlogʻida yashovchi Stepan va uning rafiqasi – 75 yashar Mariyaning aytishicha, portlashlar mart oyi boshida boshlangan.

Kiyevdan taxminan ikki soatlik masofada joylashgan Dmitrovka qishlogʻida yashovchi Stepan va uning rafiqasi Mariya Borodenkoning aytishicha, portlashlar mart oyi avvalida boshlangan. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Kiyevdan taxminan ikki soatlik masofada joylashgan Dmitrovka qishlogʻida yashovchi Stepan va uning rafiqasi Mariya Borodenkoning aytishicha, portlashlar mart oyi avvalida boshlangan. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Borodenkolar oilasi oʻz uyini tark etishidan avval bir nechta qoʻshnisi bilan kichikkina yertoʻlada portlashlar va ochlikka qaramay, bir oydan koʻproq yashagan. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Borodenkolar oilasi oʻz uyini tark etishidan avval bir nechta qoʻshnisi bilan kichikkina yertoʻlada portlashlar va ochlikka qaramay, bir oydan koʻproq yashagan. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Qishloqda asosan dala hovlisi bor kiyevliklar istiqomat qilishadi, lekin ikkita koʻcha borki, ularda faqat mahalliy aholi, asosan keksalar yashaydi.

“Tovuqlarga yem berish uchun tashqariga chiqqan edim. Toʻsatdan dahshatli portlash ovozi eshitilib, hovlimga bomba qoldiqlari tushdi... Hammayoqni chang bosdi”, deydi Stepan oʻzi terib olgan snaryad parchalarini koʻrsatib.

“Bu ruslarning bizni – tinch aholini bombardimon qilganiga dalil”, deydi u.

Keyinroq Rossiya kuchlari qishloqqa tanklar bilan ziyon yetkazgan, uylarni buzib, talon-taroj qilgan.

“Ular qishlogʻimizga kirgan paytda u yerda bir nechta oila qolgandi, koʻpchilik oʻsha tunda uyini tark etgandi”, dedi Mariya. “Darhol yertoʻlamga borib, oʻzimda bor unning hammasini yashirib qoʻydim.”

Rossiya askarlari tinimsiz kelib-ketib turishdi, deydi u.

Koʻplab aviazarbalar va doimiy tank hujumlaridan soʻng, Borodenkolar oʻz uyining yertoʻlasiga yashirinishga majbur boʻlgan.

Oʻtgan oy Kiyev atrofidagi Rossiya qoʻshinlari ortga chekinar ekan, omon qolganlar ham xuddi shunday voqealarni soʻzlab berishgan.

Oʻshandan beri Ukraina qoʻshinlari Moskva bosqini boshlanganidan beri tinmay oʻqqa tutilayotgan mamlakatning ikkinchi eng yirik shahri – Xarkov yaqinidagi Rossiya bilan chegaradosh hududni qayta nazoratga olgan.

Yakshanba (15-may) kuni kechqurun Ukraina mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Ukrainaning Xarkov viloyatidagi 127-brigada qoʻshinlari “rossiyaliklarni quvib chiqarib, davlat chegarasini egallagani” maʼlum qilindi.

Qoʻshnilarga yordam

Ukraina kuchlari aprel oyi boshida Dmitrovka ustidan nazoratni qoʻlga olgan, hukumat esa qishloqda elektr va aloqa tarmogʻini qayta tiklashga kirishdi.

Borodenkolar oilasi oʻz uyini tark etishidan avval bir nechta qoʻshnisi bilan kichikkina yertoʻlada portlashlar va ochlikka qaramay, bir oydan koʻproq yashadi.

Ular Mariya rossiyalik bosqinchilaridan yashirib qoʻygan un bilan jon saqladilar.

“Oʻsha kunlarda yertoʻlamda olti kishi yashar edi. Ular kelib-ketishar, men ularni yashirardim”, deydi u.

“Non pishirishni yaxshi koʻrganim uchun un gʻamlab qoʻygandim. Qoʻshnilarim buni bilishardi va shuning uchun menikiga kelishardi”, deydi Mariya.

“Ertoʻlada oltita karavotim bor edi. Hammamiz bir necha kun shu kichik xonada yashadik.”

“Har tunda yashirincha uyimga kirardim. U yerda non pishiradigan pechim bor. Pishira olganimcha non pishirib, yertoʻlaga qaytardim”, deydi u. Baʼzida uch kunlab yertoʻladan chiqolmay qolardim.

“Ruslar qishloqda ekanini aniqlash oson edi”, dedi Mariya. “Ular shu yerdaligida tanklarning ovozini eshitilar edi. Menimcha, ular mast holatda boʻlib, doim baqirar edilar”.

Ammo bir kun Borodenkoning xotirasida yaxshi saqlanib qolgan.

“Bir kuni, mart oyi boshlarida, ruslar ilk bor kirib kelganidan keyin jimjitlik choʻkkach, koʻchaga chiqishga qaror qildim”, deydi Mariya.

“Baʼzi uylardan hali ham tutun koʻtarilar edi, ular yonmayotgandi, lekin tutun koʻrinib turardi.”

Uzoqdan Mariyaning koʻziga jasad koʻringandek boʻldi.

“Yaqinroq kelganimda uning hali tirik ekanini bildim. Agʻdarib qaradim, u qoʻshnimiz Lesha edi. Ogʻir nafas olayotgandi”.

“Uyga qaytib, suv bilan non oldim va biz bilan birga yashayotgan qoʻshnilardan uni yertoʻlaga olib kelishga yordam berishni soʻradim. Borib unga suv va non berdim. U non yeya olmay, suvning oʻzini ichdi”.

Lyosha tirik qoldi. Keyinroq Borodenkolar uning bir necha kun suvsiz-yemaksiz qolib ketganini bildilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Biz, Markaziy Osiyoliklar UKRAINA va uning aholisi bilan hamdardmiz! Ammo, Ukrainada ultra-irqchi nashr bor! Bu nashr bizni haqorat qiluvchi narsalarni efirga uzatadi, tahqirlaydi! Uning nomi Radio NV! Ularning doʻppilar haqidagi maqolasini koʻring! Ukrainaliklar, yaʼni bu nashrda ishlovchi jurnalistlar oʻta ketgan shovinist va irqchi! Men Markaziy Osiyoliklarni Radio NVga obuna boʻlmaslikka chaqiraman!!! Unga eʼtiborsiz qoldiring!

Javob berish

Keyin esa siz uch boshoq bugʻdoy va buvilaringiz hech nimani tashlab yubormaslikni aytganlari haqida hikoyalarni eslab yurasiz, urush davri va xuddi oʻsha “rus dunyosining” oqibati bir, buni rad etib boʻlmaydi.

Javob berish

Rossiya armiyasida yovvoyilardan iborat ekanligini tasdiqladi, ular oʻgʻrilik qilish va odam oʻldirishdan boshqasini bilishmaydi.

Javob berish

Gitlerdan oʻzimizni qutqardik, endi ruslardan qutqaramiz

Javob berish

Ayol ehtiyotkor boʻlgani va uning yigʻib qoʻyganlarini topisha olmagani yaxshi boʻlibdi. Boʻlmasa quruq qolishardi. Rossiyaliklar zamin tanasidagi yaralarga oʻxshaydi.

Javob berish

Dahshatli voqea, odamlar omon qolgani yaxshi boʻlibdi. Amin boʻlish uchun bir nechta granatalar otilgan bunga oʻxshagan cherdaklar haqida hikoyalar koʻp. Mintaqaviy mudofaa xizmatchilari qishloqlarni ozod qilishayotganda bunday yertoʻla va cherdaklarni topishgan, ularga koʻra u yerda qonli manzara boʻlgan.

Javob berish

Bechora odamlar, bunga oʻxshagan ammo biz bilmagan bunday voqealar talay :(

Javob berish

Orklar odamzotga qarshi kurashmoqda.

Javob berish