Karvonsaroy
Siyosat

Qozogʻiston YOIIning Gʻarb sanksiyalariga javob choralari borasida Rossiya bilan mushtarak emas

Kseniya Bondal

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan mart oyida boʻlib oʻtgan “norasmiy uchrashuv” chogʻida. Kuzatuvchilarga koʻra, faqat Moskvaga qaram boʻlib qolgan Belarusgina Gʻarb sanksiyalariga qarshi Rossiyaning “birlashgan” javobini qoʻllab-quvvatlashi mumkin. [Kreml]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan mart oyida boʻlib oʻtgan “norasmiy uchrashuv” chogʻida. Kuzatuvchilarga koʻra, faqat Moskvaga qaram boʻlib qolgan Belarusgina Gʻarb sanksiyalariga qarshi Rossiyaning “birlashgan” javobini qoʻllab-quvvatlashi mumkin. [Kreml]

OLMAOTA – Moskva Yevroosiy iqtisodiy ittifoqi (YOII) Gʻarb sanksiyalariga qarshi “birlashgan javob” choralari ustida ishlayotganini aytgach, shu oy boshida Qozogʻiston hukumati bu masalada Rossiyani qoʻllab-quvvatlamasligini maʼlum qildi.

2014-yilda Ukrainaning Qrimi anneksiya qilinganidan beri Gʻarb Moskvaga nisbatan sanksiyalar qoʻllab kelgan. Keyingi yillarda muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishi va qamoqqa olinishi, AQSH saylovlariga aralashuv, ommaviy kiberhujumlar va boshqa tajovuzkor harakatlardan keyin Rossiyaga nisbatan qoʻshimcha jazo choralari joriy qilingan.

Oʻtgan oy Yevropa aviareysini qaytarib, uning bortidagi dissidentni qoʻlga olganidan keyin, YOII aʼzosi Belarusga nisbatan ham sanksiyalar eʼlon qilindi.

Tengri News nashriga koʻra, “YOII aʼzolariga nisbatan uchinchi davlatlar tomonidan qoʻllanilgan tajovuzkor sanksiyalarga nisbatan javob choralari koʻrib chiqilmoqda va koʻrib chiqiladi”, deb aytgan 3-iyun kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Pankin Sankt-Peterburgdagi Xalqaro iqtisodiy forumda.

Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi binosining asosiy kirish joyi, Nur-Sulton, 10-iyun. 5-iyun kuni vazirlik Qozogʻiston YOII davlatlariga boshqa mamlakatlar tomonidan qoʻllanilgan sanksiyalarga qarshi “qoʻshma choralar” boʻyicha hech qanday muzokaralar olib borilmayotgani haqida bayonot bergan. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy]

Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi binosining asosiy kirish joyi, Nur-Sulton, 10-iyun. 5-iyun kuni vazirlik Qozogʻiston YOII davlatlariga boshqa mamlakatlar tomonidan qoʻllanilgan sanksiyalarga qarshi “qoʻshma choralar” boʻyicha hech qanday muzokaralar olib borilmayotgani haqida bayonot bergan. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy]

YOII Gʻarb mamlakatlariga qarshi “birlashgan javob” ustida ishlamoqda, deb daʼvo qilgan u.

Bu daʼvo Qozogʻistonga xush kelmagan – Tashqi ishlar vazirligi 5-iyun kuni Qozogʻiston boshqa mamlakatlarning sanksiyalariga javoban YOIIning “birlashgan choralarini” muhokama qilmasligi haqida xabar tarqatgan.

“2014-yil 29-may kuni imzolangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi toʻgʻrisidagi kelishuvga koʻra, ittifoqni tuzishdan koʻzlangan maqsad – mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini taʼminlash, aʼzo davlatlar aholisining farovonligini oshirish niyatida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish”, deyiladi bayonotda.

“Yevroosiyo integratsiyasi bilan shugʻullanuvchi organlar oʻz vakolatiga kirmaydigan ishlarga aralashishi notoʻgʻri ekanligini muntazam ravishda taʼkidlab kelganmiz va ittifoqning siyosiylashuviga qarshimiz”, deyiladi unda.

“Yevropa Ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnomani tartibga solish doirasidan tashqarida boʻlgan tashabbuslarni, shu jumladan, uchinchi davlatlar sanksiyalariga qarshi javob choralarini qoʻllashni muhokama qilish masalasida biz Gʻarb sanksiyalari siyosiy maqsadni koʻzlashini va butun YOIIga emas, balki alohida davlatlarga qarshi qaratilganidan kelib chiqamiz”, deyiladi bayonotda.

Soxta kuch namoyishi

Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyodagi YOII mamlakatlari ikki guruhga boʻlingan: Rossiyaga doʻst boʻlib koʻrinuvchilar va ochiqdan-ochiq Rossiyani qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortayotganlar, deydi olmaotalik iqtisodchi Arman Beysembayev.

“Rossiya uni qoʻllab-quvvatlaydiganlar borligini va oʻz qudratini namoyish qilishga urinmoqda, aslida esa buning aksi”, deydi u.

“Kreml aslida ahamiyatsiz boʻlgan bir vaqtda oʻzini muhim qilib koʻrsatishga urinmoqda”, deydi u. “Rossiyaning global YIMga qoʻshayotgan hissasi bor yoʻgʻi 1,5 foiz, ammo u global YIM 20 foizga teng boʻlgan Qoʻshma Shtatlarga qarshi chiqishga harakat qilyapti.”

Beysembayevga koʻra, Rossiya Qoʻshma Shtatlar yetakchiligidagi, xalqaro siyosat va iqtisodiyotda tendensiyalarni belgilab beruvchi dunyoning eng katta iqtisodiyotlaridan iborat G7 mamlakatlari bilan bir davrada boʻlishni talab qilmoqda.

Bunga erishish uchun Rossiya oʻzini qudratli davlat qilib koʻrsatishga harakat qilyapti, aslida esa Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Armaniston iqtisodiyotlari Qoʻshma Shtatlarga qaram ekanligini hamma tushunadi, deydi u.

“Agar YOII ajratib qoʻyilsa va u yerga import-eksport taqiqlansa, qashshoqlashuv sababli YOIIdagi turmush darajasi oʻn baravar yomonlashadi”, deydi u. “Rossiya oʻzini qanchalar kuchli qilib koʻrsatmasin, Gʻarb texnologiyasi va innovatsiyalaridan voz kecha olmaydi.”

Moskvaning YOII AQSH va Yevropaga qarshi yagona pozitsiyada ekaniga oid qatʼiy bayonotlaridan Qozogʻistonning qochishi haqida soʻzlar ekan, Beysembayev Putin Qozogʻistonni ilgari Rossiyaga tegishli boʻlgan hudud deb hisoblashini, shuning uchun bu masalada Qozogʻistonning pozitsiyasi bilan qiziqmasligini aytdi.

“Ammo biz qatʼiy turib, Rossiyaning AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlaridagi pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlamasligimizni aytishimiz kerak”.

“Ikkinchi Sovet ittifoqi”dan voz kechish

Pankinning keskin daʼvosi reaksiyani baholashga qaratilgan siyosiy oʻyinning bir qismidir, deydi Markaziy Osiyolik kuzatuvchilar.

Bunday gap-soʻzlarga nisbatan sukut – rozilik alomati, deydi Nur-Sultonlik moliyaviy tahlilchi Andrey Chebotarev.

“Menimcha bu odam [Pankin] katta forumdan hayratda qolgan, bu koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri birinchi ommaviy onlayn tadbir boʻlgani uchun u auditoriya eʼtiborini jalb qilmoqchi boʻlgan”, dedi u.

Albatta, YOII yoki Qozogʻiston tomonidan Qoʻshma Shtatlarga qarshi hech qanday javob choralari amalga oshirilmaydi, dedi Chebotarev.

“Fikrimcha, hozirgidek vaziyatda YOII aʼzolari orasida, ehtimol Belarusdan boshqa hech bir mamlakat Rossiya bilan birgalikda bunday sanksiyalarni joriy qilishga rozi boʻlolmaydi, chunki ularning Yevropa Ittifoqi va AQSH bilan oʻzaro savdo hajmi katta”, dedi u.

“Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev YOIIning siyosiy emas, iqtisodiy ittifoq ekanligini bir necha bor taʼkidlagan”, dedi Chebotarev.

Pankin bergani kabi bayonotlar “Yevroosiyo hamjamiyatiga siyosiy tus berilishiga qarshi boʻlgan, “bizga ikkinchi Sovet Ittifoqi kerak emas ” deb aytgan Toqayev maʼmuriyatiga toʻgʻri kelmaydi, deb qoʻshimcha qildi u.

Agar Qozogʻiston Gʻarbga qarshi sanksiyalar urushiga aralashadigan boʻlsa, uning AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya bilan munosabatlari yomonlashgan boʻlar edi, deydi Nur-Sultonlik siyosiy sharhlovchi Gaziz Abishev.

Moskva va Minsk xalqaro maydonda oʻzini tutish qoidalariga mutlaqo rioya qila olmaydi, Qozogʻiston esa bu qoidalarga qatʼiyan amal qiladi, deb yozadi u oʻzining Telegram kanalida.

“Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi aniq bayonot bilan chiqdi: Qozogʻiston Yevroosiyo integratsiyasining siyosiylashtirilishiga qarshi, Gʻarb sanksiyalari butun YOIIga emas, balki alohida mamlakatlarga qaratilgan... Nur-Sulton birgalikda chora koʻrish haqida muzokara olib bormayapti”, deb yozgan Abishev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 16

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Beshinchi kolonna akillayapti. Rashizm fashizmdan battar!

Javob berish

Qozogʻiston Rossiya emas. Kim bilan doʻst boʻlishni oʻzi hal qiladi. Qrim anneksiyasidan keyin qozoq xalqi Rossiyaga qarshi boʻlib qolgan. Shu sababli biz Rossiya va Qozogʻiston oʻrtasida urush boʻlmasligi uchun Qrim platformasiga qoʻshilishimiz kerak. Tatarlar, boshqirdlar, yakutlar, chechenlar, ingushlar va Rossiyaning 135 nafar etnik ozchiliklariga ushbu ittifoqqa qoʻshilishni taklif qilaman.

Javob berish

Oʻtaketgan tentak va ashaddiy millatchining javobi. לנשק אותי בתחת

Javob berish

Sovet Ittifoqi respublikadagi barcha xalqqa bepul taʼlim, tibbiy xizmat, bepul uy, kurortla, dam olish maskanlari, pioner lagerlarini berdi. Hozirgi kapitalizm bilan biz faqat kambagʻallikni koʻryapmiz – na yaxshi nafaqalar, na ishlar bor, Sovet davri ish stajini hisobga olishmaydi. Ota-onalarimiz, aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz kapitalizm uchun emas, sotsializm uchun urushga borib qon toʻkishgan. Tartib va adolatni qaytaring

Javob berish

Bir toʻda ...........................................!!!!!!!!..............................................!!!!!!!! ichida bittagina boʻlsa ham normal, sogʻlom fikrlovchi odam bor ekan. Boshqa gap yoʻq. Oʻzlari q......... ham qilishmaydi, qoʻllaridan kelmaydi, xohlamaydi. Yana Rossiya aybdormi yoki bu ham SSSR qolgan merosmi

Javob berish

Beshinchi kolonna akillayapti. Rashizm fashizmdan battar!

Javob berish

Prezidentimiz mamlakatimiz iqtisodiy barqarorlik tarafdori ekanligini aniq aytib oʻtdi.

Javob berish

Hammaga, hatto feodal rahbarlarga ham iqtisodiy “barqarorlik” kerak.

Javob berish

Qozogʻiston tezroq YeOIIdan chiqishi kerak - vaziyat borgan sari yomonlashmoqda

Javob berish

Oʻzingiz ishlashni boshlang. Kamroq oʻgʻirlash kerak.

Javob berish

Oʻzing pishirgan osh, aylanib ham, oʻrgilib ham ichaverasan. Shunaqa maqol bor

Javob berish

Qozoqlar biz uchun begona boʻlgan urushlarda Rossiya tarafida turib jang qilishgan va haqoratdan boshqa hech narsa eshitishmagan. Shunday ekan, muammoni endi oʻzlari bizsiz hal qilishsin. Bizning ular bilan ishimiz yoʻq.

Javob berish

Toʻgʻri eʼtirof

Javob berish

Rossiya oʻzini qudratli davlat deb biladi; Oʻylaymanki, barcha masalalarni ulugʻvorlik bilan hal qiladi.

Javob berish

Barakalla – toʻgʻri gapirding.

Javob berish

Bu Tayga ittifoqi nega kerak?

Javob berish