Karvonsaroy
Salomatlik

COVID-19ga qarshi zaif choralar avtoritar rejimlarga putur yetkazmoqda

Salaam Times va AFP

Koronavirus pandemiyasi sharoitida mavsumiy grippga qarshi emlash vaqtida vaktsinatsiyadan soʻng qoʻlini koʻrsatayotgan erkak, Moskva, 7-sentabr. [Natalya Kolesnikova/AFP]

Koronavirus pandemiyasi sharoitida mavsumiy grippga qarshi emlash vaqtida vaktsinatsiyadan soʻng qoʻlini koʻrsatayotgan erkak, Moskva, 7-sentabr. [Natalya Kolesnikova/AFP]

Koʻzboʻyamachilik, bosimlar va faktlarni xushlamaslik – dunyoning avtoritar rejimlari COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga ham koʻp jihatdan boshqa narsalarga kabi yondoshdilar. Xitoy, Rossiya va Eron hukumatlari – shular jumlasidan.

Ammo baʼzida aholi farovonligiga eʼtiborsiz boʻlish va ochiqdan-ochiq layoqatsizlik fuqarolarning bunday rahbarlarga nisbatan ishonchiga putur yetkazmoqda.

“Ulardagi rahbarlik xulq-atvori bir-biriga oʻxshash”, deydi Buyuk Britaniyadagi Reding universitetining taraqqiyot masalalari boʻyicha iqtisodchisi Uma Kambxampati.

“Bu pandemiya oʻlguday ularning gʻashiga tegayotgan boʻlishi kerak.”

COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashgan insonlarni sharaflash marosimidan avval Pekindagi Xalq majlislar zali oldida turgan Xitoy xavfsizlik xizmati xodimlari, 8-sentabr. [NIKOLAS ASFURI/AFP]

COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashgan insonlarni sharaflash marosimidan avval Pekindagi Xalq majlislar zali oldida turgan Xitoy xavfsizlik xizmati xodimlari, 8-sentabr. [NIKOLAS ASFURI/AFP]

Hech kimni ayblab boʻlmaydi

Inqiroz avvalida omma oldida juda koʻp chiqish qilgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi liderlar endi jamoatchilik eʼtiboridan qochishga urinmoqda, dedi Kambxampati AFPga.

“Dastlabki bosqichda ular boshqalarni ayblashi mumkin edi, ammo endi, olti oy oʻtganidan keyin, kimnidir ayblash imkonsiz”, dedi u.

“Bu ular uchun noqulay pozitsiya.”

Tibbiyot xodimlari va boshqa muhim xodimlarning tanqidlarini bostirish odatiy choralardan biri boʻldi, deyiladi “Amnesty International” tashkiloti hisobotida. Bu borada Xitoy, Rossiya, Malayziya va Pokiston misol oʻlaroq keltirilgan.

Tashkilotning iyul oyidagi “Fosh etilgan, ovozi oʻchirilgan va hujumga uchraganlar” deb nomlangan hisobotida aytilishicha, hukumatlar bunday xodimlarning siyosat yuzasidan xavotir bildirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun cheklovlar joriy etgan.

Ularning xavotirlari koʻpincha xavfli mehnat sharoitlari, shaxsiy himoya vositalarining yetishmasligi, tayyorgarlikning yetarli darajada emasligi va tibbiyot xodimlari toʻliq tekshirilmayotgani bilan bogʻliq boʻlgan.

“Mish-mishlar tarqatish”

“Amnesty International” xitoylik oftalmolog Li Venlyan bilan bogʻliq holatni misol qilib keltirgan – u hamkasblarini koronavirus haqida ogohlantirgani sababli “mish-mish tarqatgani uchun” jazolangan.

Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, Misrda mart-iyun oylari davomida “yolgʻon xabarlar tarqatish” va “terrorizm” ayblovlari bilan kamida toʻqqiz nafar shifokor va farmatsevt hibsga olingan.

Bu kabi ayblovlar iyul oyida COVID-19 tufayli qamoqxonada vafot etgan “Al-Jazira”ning 65 yashar jurnalisti Muhammad Munirga ham qoʻyilgan.

Pokistonda mehnat sharoitlari va jihozlarning yetishmasligidan norozi boʻlgan shifokorlarning namoyishi bostirilgan, toʻqmoq bilan qurollangan politsiya olomon ichiga kirib, oʻnlab odamni hibsga olgan, deb xabar beradi Amnesty.

“Avtoritar davlatlarning oʻziga xos xarakteri pandemiya tufayli yanada kuchaydi”, deydi Shveytsariyadagi xavfsizlik tadqiqotlari markazining katta ilmiy xodimi Benno Zogg.

“Ular avtoritar rejimlar bunday inqirozga demokratik tuzumlardan koʻra yaxshiroq kurasha olishini koʻrsatish uchun Rossiya va Xitoydagi kabi qudratli davlat obrazini yaratishni istaydilar”, dedi u AFPga.

“Ular jamoatchilikni nazorat qilish va muqobil axborot yoki muqobil fikrlar boʻlmasligini taʼminlash uchun qator choralarni koʻrdilar”, dedi u.

Dezinformatsiya va yolgʻon

Rossiya va Xitoy rejimlari yangiliklar va ijtimoiy tarmoqlarni virus haqidagi dezinformatsiya bilan toʻldirishda ayblangan.

Kreml “birinchi boʻlib” koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarganini tantanali ravishda eʼlon qildi, ammo butun dunyodagi tibbiyot olimlari va tibbiy mutaxassislar samarasi isbotlanmagan, tekshirilmagan dori aslida COVID-19dan ham xavfliroq boʻlishi mumkin degan xavotirlarni bildirganlar.

Rossiyada oʻtkazilgan soʻrovda qatnashgan shifokorlarning yarmidan koʻpi Kremlning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini qoʻllamasligini aytgan, deb xabar bergan edi Rossiyaning RBС agentligi avgust oyida.

Rossiyalik xakerlar Britaniya, AQSH va Kanadadagi vaksinalarni tadqiq qilish va ishlab chiqish markazlarini nishonga olishgan, deb xabar berdi Britaniyaning Milliy kiberxavfsizlik markazi (NCSC) iyul oyida.

Bu orada Xitoy rejimi tarixni qayta yozishga urinib, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda oʻzining “mardonavor xatti-harakatlari” haqida mahalliy va xalqaro OAVda bong urishda davom etdi.

Inqiroz boshlanganidan beri Pekin koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq aybni oʻzidan soqit qilishga urinib , turli fitna nazariyalarini tarqatdi.

Bu ogohlantirishlar Eron, Shimoliy Koreya, Rossiya va Xitoy hukumati qoʻllovidagi xakerlarni soxta xabarlar yoyinlashdan tortib, ishchilar va olimlarni nishonga olish kabi koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq zararli faoliyatda ayblovchi xabarlarning davomi boʻldi.

Eron rejimi ham COVID-19 pandemiyasiga oid dezinformatsiya va yolgʻon xabarlar tarqatish bilan shugʻullangan.

Avvalroq Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) COVID-19ni aniqlovchi “ajoyib”, ammo soxta moslamani eʼlon qilgani uchun internetda kulgiga qolgan va bu xabar Eron sogʻliqni saqlash vazirligi va prezident maslahatchisi tomonidan rad etilgandi.

Nazoratning kuchayishi

Inson huquqlarining buzilishi asosan fikr erkinligi va yigʻilishlar oʻtkazish huquqini cheklash bilan bogʻliq boʻldi, deydi tahlilchilar.

Eʼtiborga loyiq istisnolardan biri Belarus boʻldi – u yerda pandemiyaga qarshi betartib kurash prezident saylovlaridagi firibgarlik ayblovlari bilan qoʻshilib, ommaviy namoyishlarni keltirib chiqardi.

Maʼlumotlarga koʻra, Filippin, Rossiya, Qirgʻiziston va Qozogʻiston va boshqa mamlakatlar hukumatlari pandemiya bilan bogʻliq tanqidiy fikrlarni jilovlashga uringanlar.

Koʻpgina rejimlar COVID-19 tarqalishini toʻxtatish bahonasida GPS orqali kuzatish uskunalari, kuzatuv kameralari, yuzni tanish va shaxsni aniqlovchi dasturiy taʼminot singari Xitoyda ishlab chiqarilgan kuzatuv texnologiyalariga xarajatlarni oshirgan.

“Kuzatuv yoʻlga qoʻyilganidan soʻng, undan keyingi inqirozda yoki hatto doimiy chora sifatida ham bemalol foydalanish mumkin”, deydi Xavfsizlik tadqiqotlari markazi vakili Zogg.

Bu orada avtoritar rejimlar yetakchilari oʻz kamchiliklari sababli aholi qoʻllab-quvvatlovidan mahrum boʻladilar yoki COVID-19ga qarshi samarasiz usullar, jumladan gidroksixloroxin, qoʻlni benzin bilan yuvish yoki oʻtli damlamalar kabi gʻalati vositalarni targʻib qilgani uchun kulgiga qolishi mumkin.

“Bunday holatlardan keyin avtoritar liderlarning obroʻsiga putur yetadi, deb oʻylayman”, deydi Reding universiteti vakili Kambxampati.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xitoy yetarlicha chora koʻrmadimi??? MRBdagilar aqldan ozdingizmi... Mana shu veb-saytni yaratgan boʻlsangizda, bunday ochiq safsatani gapirishdan ne hojat, yana AQSH kasallanishlar soni boʻyicha yetakchilik qilayotgan bir paytda?

Javob berish

Rossiyada shu darajada qultabiat odamlar yashaydiki, agar Putin ularni har kuni zaharlagan taqdirda ham uning ketini oʻpishdan toʻxtamas edilar.

Javob berish