Karvonsaroy
Texnologiya

Kremlning qora qutilari Rossiyadagi erkin internet ustidan nazorat oʻrnatdi

Karvonsaroy va AFP

2019-yilning 10-mart kuni minglab odamlar Rossiyaning internetdagi cheklovchi choralariga norozilik bildirib, Moskva markazida miting oʻtkazishdi. Koʻpchilikning fikricha, bu choralar oxir-oqibat “mutloq senzura”ga olib keladi va mamlakatni dunyodan ihotalab qoʻyadi. [Aleksandr NEMENOV/AFP]

2019-yilning 10-mart kuni minglab odamlar Rossiyaning internetdagi cheklovchi choralariga norozilik bildirib, Moskva markazida miting oʻtkazishdi. Koʻpchilikning fikricha, bu choralar oxir-oqibat “mutloq senzura”ga olib keladi va mamlakatni dunyodan ihotalab qoʻyadi. [Aleksandr NEMENOV/AFP]

MOSKVA – Kreml Pekinning “Buyuk fayrvoli”dan oʻrnak olib, dunyodagi boshqa avtoritar liderlar takrorlashi mumkin boʻlgan chorani – Xitoydan tashqaridagi eng katta raqamli senzurani joriy qilishga kirishmoqda, deb xabar beradi New York Times nashri.

Internetni oʻz qudratiga xavf soluvchi vosita deb koʻradigan Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshqaruvidagi hukumat qachonlardir erkin va ochiq boʻlgan internetni jilovlashga urinmoqda.

Bu jarayon 2019-yilda Rossiyaning qudratli internet nazoratchisi – “Roskomnadzor”ning internet va telekommunikatsiya xizmatlari provayderlaridan texnik tafsilotlarni talab qiluvchi qator byurokratik xatlari va shakllari bilan boshlangan.

Keyinroq, “Roskomnadzor” hukumat tomonidan tasdiqlangan texnik mutaxassislarni qora qutilar oʻrnatishga yubordi. Ayrim hollarda ular kalit va qulf bilan telekommunikatsiya kompaniyalarining kompyuter tizimlari va serverlari yonida joylashtirilgan.

Moskva markazidagi Qizil maydonda telefonidan foydalanib turgan erkak, 2021-yilning 10-marti. Shu kuni Rossiya “noqonuniy” kontentni oʻchirib tashlamagani uchun Tvitterni sekinlatishini maʼlum qilgan edi. [Dimitar Dilkoff/AFP]

Moskva markazidagi Qizil maydonda telefonidan foydalanib turgan erkak, 2021-yilning 10-marti. Shu kuni Rossiya “noqonuniy” kontentni oʻchirib tashlamagani uchun Tvitterni sekinlatishini maʼlum qilgan edi. [Dimitar Dilkoff/AFP]

17-sentabr kuni Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovo davlat qarorgohida kompyuter qarshisida oʻtirgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Aleksey Drujinin/SPUTNIK/AFP]

17-sentabr kuni Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovo davlat qarorgohida kompyuter qarshisida oʻtirgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Aleksey Drujinin/SPUTNIK/AFP]

Qutilar Moskvadagi boshqaruv markazi bilan ulangan boʻlib, ular yordamida Rossiya aholisi koʻrishini istamaydigan veb-saytlar senzura qilinishi yoki sekinlashtirilishi mumkin.

Twitter ishini sekinlashtirish

Tadqiqotchilar va faollarga koʻra, Kreml joriy yil avvalida oʻzining yangi imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazgan.

10-mart kuni Rossiyadagi Twitter foydalanuvchilari tezlikning keskin kamayib ketganini payqaganlar, odatda toʻrt soniyada yuklanadigan fotosuratlar sakkiz baravar uzoqroq – 34 soniyada yuklangan.

Roskomnadzor Twitter tarmogʻini 3000 dan ortiq “noqonuniy”, jumladan narkotik moddalarning noqonuniy isteʼmoli, bolalar pornografiyasi yoki voyaga yetmaganlarni “oʻz joniga suiqasd qilishga undovchi” kontentga aloqador postlarni oʻchirmaganlikda ayblagan.

Internetni nazorat qiluvchi tashkilot bu choralar “Rossiya fuqarolarini himoya qilish va internet xizmati koʻrsatuvchilarni Rossiya qonunlariga rioya qildirishga” qaratilgani haqida xabar bergan.

Bu harakat Amerikaning boshqa internet kompaniyalariga ogohlantirish oʻlaroq amalga oshirildi, deb aytgan “Roskomnadzor”ning internet trafikni sekinlashtirishga imkon beruvchi qonunni ishlab chiqishga koʻmaklashgan parlament aʼzosi Aleksandr Xinshteyn.

Rossiyada kuzatuvchilari kam boʻlgan Twitter ishining sekinlashtirilishi “boshqa ijtimoiy tarmoqlar va yirik xorijiy internet kompaniyalarning qonunlarimizga amal qilmasligini Rossiya jimgina kuzatib turmasligini tushunib yetishga undaydi”, degan edi u 10-mart kuni.

Oʻzgacha fikrni boʻgʻish

Huquqbon tashkilotlarga koʻra, asosiy maqsad oʻzgacha fikrlashni bostirishdir.

Muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning hibsga olinishi ortidan Kremlga qarshi namoyishlarda Twitter, “Facebook”ning Instagram, “Google”ning YouTube va Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmoqlari muhim rol oʻynadi.

Germaniyada davolangan Navalniy yanvarda Rossiyaga qaytib kelgan edi. U avgust oyida Sovet davriga oid “Novichok” asabni falajlantiruvchi moddasi bilan zaharlangan, koʻpchilik bu voqeani Rossiya hukumati tarafidan uning hayotiga uyushtirilgan suiqasd deb biladi.

Navalniyning Twitter tarmogʻida 2,6 million, Instagramda 3,7 million va YouTube platformasida 6,45 million kuzatuvchisi bor.

Hukumatdagi korrupsiya va Navalniyga koʻra “tarixdagi eng yirik pora” evaziga barpo qilingan Putinning Qora dengiz boʻyidagi 1,35 mlrd. dollarlik saroyi haqidagi videolavha YouTube tarmogʻida shu kunga qadar 119 million marta tomosha qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlar rossiyaliklarga rejimga qarshi maʼlumotlarni boʻlishish, tashkiliy ishlarni olib borish va ochiq fikr bildirish imkonini beradi.

Qora qutilar muxolifatning ovozini oʻchirish va rejim uchun nomaqbul kontentni olib tashlash boʻyicha Gʻarbdagi texnologik kompaniyalariga nisbatan chora koʻrish imkoniyatini beradi.

Sentabrda oʻtgan umummilliy saylovlar oldidan hukumat mahalliy Apple va Google xodimlarini hibsga olish bilan tahdid qilgach, kompaniyalar Navalniyni qoʻllab-quvvatlovchilarning ilovalarini oʻchirib tashlashga majbur boʻlganlar.

Navalniyga aloqador bir nechta veb-sayt ham bloklangan.

“Buni butun dunyo koʻchirishi mumkin”, deb aytgan AQSH davlat departamentining internet erkinligi dasturining sobiq rahbari Laura Kanningem oktabrda New York Times nashriga.

“Rossiyaning senzura modeli boshqa avtoritar tuzumlar tomonidan tez va oson oʻzlashtirilishi mumkin”, deb ogohlantirgan u.

Soʻnggi yillarda Hindiston, Myanma, Efiopiya va boshqa mamlakatlar hukumatlari internetni bloklash amaliyotidan noroziliklarni tinchitish uchun foydalangan.

Rossiya bu usulni ikki marta, 2018-yilda Ingushetiya va 2019-yilda Moskvada hukumatga qarshi namoyishlarni bostirishda qoʻllagan edi.

Xitoy izidan

Kreml va boshqa avtoritar rejimlar bu borada Xitoydan oʻrnak olishmoqda.

Pekinning “Buyuk fayrvoli” Xitoydagi xorijiy veb-saytlar, jumladan Facebook, Twitter, Instagram, Google, Yahoo, YouTube, WhatsApp, Telegram va boshqalarga kirishni bloklaydi.

Elektronika mahsulotlarini import va eksport qilish Xitoy Milliy Korporatsiyasi (CEIEC) internetni nozik siyosiy materiallardan tozalaydigan “Buyuk fayrvol”ning tijoriy versiyasini taklif etmoqda.

Rasmiy veb-saytida CEIEC oʻzini dunyoning 160 mamlakati va hududida faoliyat yurituvchi, 24 ta asosiy shoʻbasiga ega “Xitoy markaziy hukumati boshqaruvidagi davlat tashkiloti” deb taʼriflaydi.

Misollarning yana birida CEIEC Venesuelaning davlat telekommunikatsiya kompaniyasiga ekspertlik xizmatlari koʻrsatgani maʼlum boʻldi. Bu kompaniya mustaqil ommaviy axborot vositalarini, 50 mamlakat muvaqqat prezident deb tan olgan muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoning bevosita efirini bloklagan.

Prezident Nikolas Maduro oʻtgan yili 6-dekabr kuni qonunchilik organlariga saylovlarda gʻalaba qozondi. Bu saylovlar muxolifat partiyalari tomonidan boykot qilingan va dunyo yetakchilari tomonidan firibgarlik deb qoralangan.

Oʻtgan yil 30-noyabr kuni Qoʻshma Shtatlar CEIECga nisbatan sanksiyalar qabul qilishi va 50 foizdan ortiq aksiyasi unga tegishli boʻlgan har qanday kompaniyaning aktivlarini muzlatishi haqida eʼlon qilgan.

CEIEC Eron va Suriyaga yoki ushbu mamlakatlardan tashqariga qurol tashishda yordam berishni taqiqlovchi qonunga koʻra, 2006-2008-yillar davomida AQSH sanksiyalari ostida boʻlgan.

“Haqiqiy internetga” nazar

Xitoyning internetga oid temir mushtiga yana bir misol, shu yil avvalida senzura mashhur Clubhouse ilovasini oʻchirib qoʻygani boʻldi.

Kontinental Xitoydagi va boshqa xitoyzabon foydalanuvchilar noyob “haqiqiy” internetdan bir haftagina cheklovsiz foydalandilar.

Xitoyning Shinjondagi musulmonlarga nisbatan zulmi, Tyananmen maydonidagi namoyishning bostirilishi va taqiqdagi boshqa mavzularga eksklyuziv tarzda, faqat taklif bilan kirish mumkin boʻlgan “Clubhouse” audioilovasining filtrlanmagan chatxonalarida umuman cheklov yoʻq edi.

8-fevral kuni xavfsiz ulanish imkoniyatini beruvchi VPNsiz internetga kirgan xitoylik foydalanuvchilarda xatolik haqidagi ogohlantirishlar paydo boʻlgan – davlat senzorlari bu muhokamalardan xabar topishgan.

“Xitoy prezidenti Si Szinpin davrida taqiq vaqt masalasi edi”, deydi Gonkongning Xitoy universiteti kommunikatsiya boʻyicha professori Lokman Suy.

Onlayn muhokamalar maydoni Si prezident etib saylangan 2013-yildan beri “keskin qisqargan”, deb qoʻshimcha qilgan Xitoyda siyosiy ishtirok va vakillikni tadqiq qiluvchi Parijning Kretey universiteti dotsenti Emili Frenkil.

Pekin “Xitoy madaniyatiga” zid keladigan materiallarni toʻxtatish uchun qonuniy yoʻllarni izlamoqda.

Oʻtgan oyda rasmiylar Xitoyda internet tarmogʻida kitoblar va jurnallarni tarqatish uchun ruxsatnoma talab qiluvchi qonun yordamida dunyo boʻylab millionlab musulmonlar ishonchini qozongan Quron ilovasini oʻchirtiribtashladi.

Quran Majeed ilovasi noqonuniy diniy matnlarni joylashtirgani uchun olib tashlandi , deb xabar bergan BBC 15-oktabr kuni, ammo ilova Xitoydagi qaysi qonunlarni buzgani aniq emas.

Xuddi shu vaqtda yana bir mashhur diniy Olive Tree's Bible ilovasi ham Xitoydagi App Store doʻkonidan olib tashlangan.

Butun dunyo boʻylab Apple App Store doʻkonidagi ilovalarni kuzatib boruvchi Apple Censorship veb-sayti ilova oʻchirilgani haqida ilk marta 12-oktabr kuni xabar bergan.

Oʻtgan oy Amazon oʻzining Audible audiokitoblar va podkastlar ilovasini “ruxsat talablari tufayli” Xitoydagi App Store doʻkonidan olib tashlashga majbur boʻlgan edi, deb xabar beradi Mac Observer 15-oktabr kuni.

14-oktabr kuni Microsoft Pekinning senzura qoidalariga rioya qilish bilan bogʻliq “muammolar” tufayli oʻzining LinkedIn ijtimoiy tarmoq ilovasini olib tashlaganini eʼlon qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Temir parda yopilmoqda.

Javob berish

Rossiyada YouTube va Google tezroq bloklansa edi!

Javob berish